27
asbobi va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi, yangi dasturdan
foydalanib, dars reja – konspektalarini tuzib yangi texnologiyani qo‘llab olib
borilishi kerak. Shunday qilib, musiqa darslarining barcha faoliyatlarini maqsadi va
mazmuni darsni yoritib, hayot bilan bog‘lab darsning
hamma qismlarini bir-biri
bilan uzviy olib borishini talab etadi.
Musiqa darsi boshqa darslardan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga
ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan
ajralib turadi. Shuning uchun musiqa darsi eng avvalo, tarbiya darsidir. Musiqa
darslari quyidagi spesifik xususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi:
1. Musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir beshta faoliyat turlaridan: vokal –
xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg‘u asbobida
chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari bilan farq qiladi.
2. Musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, ya’ni “tili” (kuy,
lad, dinamik belgilari, temp, alteratsiya belgilari, intervallar) bilan farq qiladi. Agar
badiiy adabiyot so‘z bilan, tasviriy san’at
ranglar bilan, raqs harakati bilan
ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang bilan
ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak,
musiqani faqatgina
quloq bilan tinglabgina ifoda etamiz, shuning uchun ko‘zi ojiz kishilardan ham
yetuk musiqachilar yetishib chiqqan.
3. Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan belgilangan san’atdir. Shuning uchun ijro
etilayotgan
musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan
tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta
tinglaganda uning yangi-yangi badiiy qirralarini his etamiz. Musiqa aniq vaqt
o‘lchoviga ega.
4. Musiqa bolalarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, quvontiradi hamda
ijodiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli
musiqa darslaridan
bolalar hordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo‘lib chiqadilar.
Xullas musiqa darsi o‘zining faol psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq
qiladi.
28
5. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tasviriy san’at, adabiyot,
ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya,
vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa darsini hayot bilan bog‘lashga,
mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Musiqa darsi
o‘zining aralash dars tipi bilan ham boshqa fanlardan farq qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsi beshta faoliyat turidan tuziladi:
1. Xor bo‘lib kuylash.
2. Musiqa savodi.
3. Musiqa tinglash.
4. Musiqaga mos harakatlarni bajarish.
5. Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: