Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


LITVA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

LITVA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI 
Litvada bolalar va yoshlarga beriladigan musiqiy tarbiya uzoq va o‘ziga xos 
rivojlanish yo‘liga egadir. Musiqiy tarbiya ko‘p yillar davomida folklor avloddan 
avlodga o‘tayotgan xalq an’analariga asoslangandir. Litva musiqa madaniyatini 
rivojlantirishga ko‘p asrlar davomida maktab tarbiyasining asosini tashkil qilgan 
diniy musiqaning ta’siri kam emas. XX asrning ikkinchi yarmida bolalarga 
beriladigan musiqiy tarbiya sohasida o‘zgarishlar ro‘y berdi. 1966-yil umumiy 
ta’lim maktabi isloh qilindi. Bolalar musiqiy tarbiya uslubiyoti, uning qoidalari va 
mazmunidagi o‘zgarishlar musiqa sohasida yangi o‘quv qo‘llanmalarini vujudga 
kelishi, natijada respublikada musiqiy tarbiya saviyasini oshirishga sabab bo‘ldi. 
Musiqa bo‘yicha eski dasturlarda bolalarning musiqiy tarbiyasida, tor va keng 


155 
ma’noda ayrim cheklanishlar bor edi. Masalan, umumta’lim maktablari 
dasturlaridan musiqa nazariyasi asosiy o‘rin olgan edi, musiqani tinglash, bolalarga 
musiqiy cholg‘ularda kuy ijro etish o‘rgatilmas edi. Darslarning mazmuni va 
uslubiyoti ko‘p hollarda kasbiy musiqa ta’lim yo‘nalishlarini to‘gridan-to‘g‘ri 
qaytarar edi. Jahon musiqa tarbiyasi va ta’lim tizimlarini diqqat bilan o‘rganib 
chiqqan litvalik mutaxassislar barcha tizimlarda ta’limning ma’lum bir shakliga 
(Z.Koday tizmida – solfedjio uslubida kuylash qo‘shiq, K. Orfda – bolalar 
cholg‘ularida kuy ijro etish. Kabalevskiyda musiqani eshitish va u haqida 
suhbatlashish) Diqqat-e’tibor berilgan, degan xulosaga keldilar. Shuning uchun 
ular 
“musiqiy tarbiya tizimi bir-biri bilan mazmuni va uslubi orqali mahkam birlashgan 
faoliyat turlarining izchilligiga asoslanishi kerak”, degan farazni ilgari surdilar. 
Shunday qilib, Litvadagi musiqa darslari quyidagi bo‘g‘inlarga ajratila boshlandi: 
musiqani eshitish, musiqa o‘quvi asosida kuylash, solfedjio usulida kuylash, ritmik 
tarbiyasi, musiqa cholg‘ularida ijro etish. Undagi bo‘g‘inlar musiqiy tarbiya va 
ta’limda yagona bir tizimni tashkil etdi va ayni paytda har bir bo‘g‘in o‘zining 
maqsadiga ega bo‘ldi. Musiqani eshitish – darsning kerakli qismi hisoblanadi. 
Musiqani tinglash orqali bolalar o‘qib, bilim oladilar, kompozitorlar ijodi bilan 
tanishadilar, eshitib malakalarini rivojlantiradilar. Ayni paytda, Litvalik 
mutaxassislar fikricha, musiqiy tarbiyaning bu shakliga ortiqcha baho berish va 
musiqiy tarbiyaning butun tizimini faqat shu asosida tuzish maqsadga muvofiq 
emas, deb hisoblaydilar. Litva maktabida musiqani tinglash, malakasini 
rivojlantirish bilan birga quyidagi vazifalar ham muhim deb hisoblanadi: bolalarni 
to‘gri va aniq kuylashga o‘rgatish, ma’lum repertuarga ega bo‘lish shuningdek, 
musiqa tinglashga qiziqishini uyg‘otish. Musiqa uquvi (savodi) asosida kuylash 
murakkabroq qo‘shiqlarni ijro etish imkonini beradi (umumta’lim maktablarida 
notaga qarab kuylash musiqa o‘quvi yordamida kuylashga nisbatan kamroq 
rivojlangan).
Solfedjio uslubida kuylash esa musiqa o‘quvini rivojlantirishga, ovozni 
yaxshilashga, ohanglarni aniq ijro etishga yordam beradi. Ritmik harakat –


156 
tovushning davomiyligini va uning turlarini idrok etishining eng qulay va 
ta’sirchan yo‘lidir. Musiqa cholg‘ularida ijro etish ijodiy imkoniyatlarini ochilishi 
va boyishiga yordam beradi, tovushning jilvadorligini rivojlantiradi, orkestr 
yangrashi bilan tanishtiradi va nihoyat, bolalarga katta quvonch baxshetadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan musiqiy faoliyat shakllari nafaqat bolalarning musiqaviy 
qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsatadi, balki ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, pedagogik jarayonda faoliyatning 
hamma turlari yagona bir majmuaga birlashadilar, unda barcha tarkibiy qismlar 
bir-birlari bilan yaqindan aloqada bo‘ladi hamda bu o‘zaro aloqadorlik musiqa 
darsidagi pedagogik jarayonni tashkil etishning muhim qoidasi hisoblanadi. 
Musiqali faoliyatning asosiy bo‘g‘inlaridagi o‘zaro tenglik – eng muhim 
qoidalardan biri hisoblanadi, buning ustiga bu tenglik o‘quv materialini mavzular 
bo‘yicha taqsimlashda o‘z ifodasini topishi kerak. Musiqa darslari sharoitlarining 
xilma-xilligi darslarning qiziqarli bo‘lishiga ta’sir etadi va bolalarga katta 
xursandchilik baxsh etadi. Ta’lim mazmuni, o‘quv materialini tanlash va 
taqsimlash musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol shaxsni tarbiyalash 
bilan bevosita bog‘liqdir. Musiqiy tarbiyaning “litva uslubi” samaradorligining 
yorqin misoli sifatida Vilnyus o‘g‘il bolalari xori “Ayuolyukash”ni olish mumkin. 
Zamonaviy musiqa pedagogikasini yaratish muammosini hal qilish, umumta’lim 
o‘rta maktablarida musiqaning ahamiyatini asta-sekin to‘g‘ri anglashga qaratilgan 
yo‘l, xalq madaniyatining umumiy masalalari va tinglovchini shaklantirish 
muammolariga ahamiyat berilishi Litva davlatining musiqa sohasiga beradigan 
katta e’tiboridan dalolat beradi. Xor madaniyati (ommaviy qo‘shiqlar bayrami, 
yosh avlodni turli musiqa jamoalari orqali xor san’atiga jalb etish)ning miqdor va 
sifat jihatdan o‘sib borishi Litva musiqa san’atining yetuklik darajasiga 
chiqayotganligidan dalolatdir. 


157 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin