Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Germaniya davlatining yirik kompozitori, pedagogi Karl Orfning musiqa 
madaniyati rivojlanishida didaktik konsepsiyasining ahamiyati nimada? 
2. Bolgariyada musiqa san’ati rivojlanishida xalq qo‘shiqlari, folklor, 
ommaviy havaskorlik jamoalarining tutgan o‘rni. 
3. Vengriyada musiqa ta’limi rivojlanishida Zoltan Kodayning qo‘shgan 
hissasi. 
 
 


147 
5.3. 
GOLLANDIYA, RUMINIYA, CHEXIYA, SHVETSARIYA 
MAMLAKATLARIDA MUSIQA O‘QITISH TIZIMI. 
GOLLANDIYA MUSIQA TA’LIMI 
Gollandiyadagi bolalar musiqiy tarbiyaning tizimi umrining 35 yilini musiqa 
faoliyatiga bag‘ishlagan Fransiya van Xauve (Delft shahri) nomi bilan bog‘liqdir. 
U Parij va Bryusselda konservatoriyalarining dirijorlik, musiqa nazariyasini hamda 
kompozitsiya sinflari bo‘yicha tugatgan. Delftdagi musiqiy maktabini tashkil etishi 
hamda uni boshqarish takliflarini qabul qilgandan so‘ng u xor va orkestr 
jamoalarida dirijorlik faoliyatini to‘xtatdi. Hozirgi zamon pedagogik usullar bilan 
tanishish maqsadida Fransiya van Xauve Yevropa mamlakatlariga birinchi 
navbatda, Bavariyaga yo‘l oldi. U yerda Karl Orf va uning bolalar musiqiy 
tarbiyasi tizimi bilan tanishib, uning ashaddiy muxlisiga aylandi. Shuningdek, 
Fransiya, Belgiya, Italiya va Ispaniyada bo‘lib qaytdi. Vengriyada u Z.Koday bilan 
tanishdi. Kodayning musiqiy tarbiya tizimi Fransiya van Xauveda katta yutuqlarga 
erishishga asos bo‘lgan relyativ tizimini qunt bilan o‘rganishga kirishdi. Bolalar 
bilan olib borgan amaliy faoliyat natijasida Pyer van Xauve musiqiy tarbiyadagi 
o‘zining yangi tizimini yaratdi, bu tizim ikki – Orf va Koday usullarining o‘zaro 
uyg‘unlashgan mahsuli bo‘lib, unda psixologiya va bolalar tasavvuriga mos 
keladigan asosiy tomonlari olingan edi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan 
iborat: bolalarni o‘yinga jalb etib (masalan, qarsak chalish, tarelkalar, 
qo‘ng‘iroqchalar, bubenlarni urib tovush chiqarish), pedagoglar ularda musiqa 
bo‘yicha malakalarni hosil qiladilar. Shu ravishda hamma bolalar musiqaviy bilim 
saviyalari turlicha bo‘lishiga qaramay ta’lim jarayoniga kirishib ketadilar. 
Ta’kidlash joizki, Gollandiya musiqa maktablari bolalarga kasbiy ma’lumot 
berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi, gap o‘zining musiqaviy vaqtichog‘ligi 
va xursandchiligi haqida ketadi. Delft musiqa maktabi tashkil topish davridan 
keyin Pyer van Xauve o‘z amaliyotida sinovdan o‘tgan shaxsiy tajribalariga 
asoslanib, har bir sinf uchun “musiqa bilan o‘yinlar” nomli qator darsliklar yaratdi. 
Darsliklarda ko‘plab musiqali pyesalar, mashqlar, o‘yinlar, qo‘shiqlar va aniq 


148 
vazifalar mavjud bo‘lib, ularni bajarib, bola asta-sekin notani yozish va o‘qishni, 
nota bo‘yicha qo‘shiq aytish va o‘yin o‘ynashni o‘rganadi.
“Musiqani eshitamiz” keyingi kitobi esa Gollandiya va Belgiyada nashr 
etildi. Bundan tashqari Gollandiyada grammplastinkalar chiqarilgan edi, ulardan 
Pyer van Xauvening musiqiy tarbiya usullari va tizimini aniq tushunish mumkin. 
Pyer van Xauvening “musiqa bilan o‘yinlar” nomli musiqiy tarbiya usuli nafaqat 
Gollandiyada, shuningdek, Zalsburgdagi Motsarteumda, Belgiya, Norvegiya, 
Fransiyada keng tarqalgan. Uning kitoblari turli tillarga tarjima qilingan va Delft 
shahriga jahonning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan muallimlar musiqa 
pedagogikasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminarlarda uning tizimi bilan 
yaxshiroq tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘tkir qobiliyatga ega musiqachi, 
mohir psixolog, olijanob va xushchaqchaq inson, o‘ta farosat sohibi bo‘lmish Pyer 
van Xauve birinchi sinf o‘quvchilari bilan, turli yoshdagi bolalar bilan va 
shuningdek, o‘zini o‘rab turgan hamma kishilar bilan ham til topa oladi. “Musiqa 
shodlik ulashishi lozim” – bu Pyer van Xauve hayotidagi asosiy shiordir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin