140
o‘quv usuli tamoyillari xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Shulverk” to‘plamida
o‘zining badiiy-metodik talqinini topdi. Besh jildlik “Shulverk” uslubiy
qo‘llanmasi, asosan umumta’lim maktablari va bolalar muassasalaridagi 4 yoshdan
16
yoshgacha bolgan bolalarning uzluksiz musiqiy ta’lim-tarbiyasiga
mo‘ljallangan.
Xalq musiqa ijodiga asoslangan bu qo‘llanmadagi pyesalar bolalar ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Barcha namunalarga etnografik yoki
tarixiy manbalar asosida izoh berilgan. Bu o‘ziga xos majburiy musiqa ta’limini
beradigan boshlangich maktabdir. K.Orfning fikriga ko‘ra,
boshlangich musiqa
tarbiyasi – bu nafaqat musiqa o‘quvi hamda ritm hissiyotini rivojlantirish,
kuylashga
yoki biror cholg‘uda ijro etishga o‘rgatish, balkim bolalarning ijodiy tafakkurini
rivojlantirish, badiha malakalarini kengaytirish, yakka va jamoaviy ijro jarayonida
musiqani ijod etish qobiliyatini rivojlantirish hamdir. Guruhdagi bolalar soni 10-12
kishidan oshmasligi kerak. Barcha mashg‘ulotlar jamoaviy tarzda olib boriladi,
bunda bolalar qo‘shiq
ijro etib, raqsga tushadilar, navbat bilan musiqa
cholg‘ularida
chaladilar, turli jismoniy mashqlarni bajaradilar. Asta-sekin bolalar shu darajaga
yetib boradiki, ular
butun tomosha sahnachalarni, keyinchalik hatto spektakl,
undagi musiqa, she’riy matn, sahna jihozini, barcha xatti-harakatlarni ham o‘zlari
o‘ylab topadilar. K.Orf cholg‘u jo‘rnavozligiga ham katta ahamiyat beradi.
“Shulverk”da
nazarda tutilgan jamoaviy cholg‘u ijrochiligi bolalardan maxsus tayyorgarlik va
bilimlarni talab qilmaydi, ammo bunda ta’limning
oddiyligi bilan musiqa
yangrashining yuqori sifatlari uyg‘unlashadi. “Shulverk”dagi aksariyat namunalar
vokal mashqlarga asoslangan. Orfning uslubi notaga qarab ijro etish (ya’ni nota
savodi)ga bog‘liq bo‘lmasa-da, institut pedagoglari relyativ solfedjioga o‘zgacha
yondashadilar: bolalarga tovushlarning nisbiy va mutlaq nomlarini baravar
o‘rgatadilar. Hozirda “Shulverk” to‘plamlaridan ko‘p mamlakat larda
foydalanilmoqda. K.Orf ta’kidlab o‘tganki, “Shulverk” kitobini har bir mamlakatda
141
milliy musiqa, shu jumladan bolalar folklori bilan boyitish zarur. “Shulverk”ning
fransuz, yapon, ingliz, shved va boshqa milliy nashrlari mavjud.
Mazkur kitob
ko‘r, soqov, maxsus logopedik bolalar maktablarida joriy etilmoqda.
K.Orf institutida ertalabki darslar yosh pedagoglar, oliygoh talabalari bilan
o‘tkaziladi. Bolalar mashg‘ulotlari kunning ikkinchi yarmida o‘tadi. K.Orfning
didaktik konsepsiyasi jahon o‘quv amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, turli uslubiy
yechimlarga yo‘l ochadi va ijodiy tafakkurni rag‘batlantirishga, badiha malakalari
va musiqiy ritmik his-tuyg‘uni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Dostları ilə paylaş: