135
kompozitor va ijrochilarni jalb etish ehtiyojini tug‘diradi. Natijada, maktablarda
yagona musiqiy ijro repertuari vujudga keladi. Ixtisoslashgan musiqiy ta’lim
kollejlardan boshlanadi. Kollejlarda o‘qish muddati to‘rt yil bo‘lib, talabalar
keyinchalik o‘qishni davom ettirishlari va magistr unvonini olish uchun ikki yil.
Doktorlik ilmiy darajasini olish uchun besh yil, jami yetti yil o‘qishlari kerak
bo‘ladi. Musiqaga ixtisoslashgan kollejlarning uch xil yo‘nalishi – ijrochilik,
musiqashunoslik va pedagogik yo‘nalishlarda musiqa o‘qituvchilari tayyorlanadi.
Kollejdagi ta’limdan keyin talabalar o‘qishni universitetlarda davom
ettirishlari mumkin. AQSHda XIX asrda konservatoriyalar tashkil etilgan bo‘lib,
hozirgi kunda ular universitetlarga qo‘shib yuborilgan. Bundan asosiy ko‘zlangan
maqsad ta’lim sifatini yaxshilash, yoshlarga musiqiy ta’lim bilan birga adabiyot,
san’atning boshqa turlaridan ham kerakli bilimlarni berish, ularning
dunyoqarashlarini kengaytirishdir.
Dostları ilə paylaş: