Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. XX asr oxirlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qanday dars shakllari 
mavjud bo‘lgan?
2. Hozirgi kunda musiqiy ta’limda qanday noan’anaviy dars turlari 
qo‘llanilib kelinmoqda?
3. Konsert darslarini tashkil etish yo‘llarini aytib bering.
4. Suhbat, ma’ruza, bahs-munozara darslari qaysi faoliyat turlarida 
qo‘llanilishi mumkin? 
5. Viktorina darslarini tashkil etish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? 
6. Musiqa savodini o‘zlashtirish uchun qaysi dars turlaridan foydalanish 
mumkin? 
7. O‘zingiz biror-bir noan’anaviy dars turini rejasini tuzib, izohlab bering. 
 
 


128 
4.4. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA 
TA’LIMI VA TARBIYASINING RIVOJLANISHI 
Mustaqil Respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jamiyatimizni 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy jihatdan jahonning eng 
rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olmoqda.
O‘zbekistonning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra 9 yillik umumiy 
o‘rta ta’lim joriy etildi. Ta’limni mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda 
musiqa predmeti bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi.
1992-yil 25-noyabrda «Ma’rifat» gazetasida musiqa ta’lim-tarbiyasining 
konsepsiya loyihasida musiqa ta’limining milliy va ilmiy asoslari, mazmuni, 
tuzilishi, tabaqalanishi, musiqa o‘qituvchisiga bo‘lgan zamonaviy talablar hamda 
ta’limning ilmiy-uslubiy ta’minoti bayon etiladi. Bugungi o‘zligimizni anglash o‘z 
taqdirimiz va farzandlarimiz istiqbolini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 
Mustaqil 
O‘zbekistonda milliy madaniyatimizni o‘ziga xos xususiyatini tiklash umumta’lim 
maktablarida yoshlarni badiiy tarbiyalash va kamol toptirish hamda hozirgi 
kunimizni to‘laroq idrok etish uchun eng avvalo tariximizni yaxshi bilmoqlik 
hisoblanadi. Chunki, har bir yangilik tarixiy bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. 
Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy 
faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy 
faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi 
avlodni 
tarbiyalashda, ularning barkamol bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos, takrorlanmas 
manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa ta’limidan davlat standartlari asosida yangi 
ta’lim mazmuni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda 
kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, 
mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni 
ta’minlaydi. Demak, yosh avlodni yetuk qilib tarbiyalashda «Musiqa madaniyati» 
darslarini ahamiyati katta. Musiqiy madaniyat darslari o‘quvchilarni axloqiy-


129 
estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ulardagi go‘zallikka bo‘lgan his-
tuyg‘ularini o‘stiradi, musiqa san’atiga mehr-muhabbat, qiziqish uyg‘otadi, ona-
Vatanni sevishga, bir-birini, kattalarni hurmat qilish, mehnatni, tabiatni sevishga, 
qadrlashga 
o‘rgatadi va hayotda o‘z o‘rnini topa olishga madad beradi. Bunda o‘quvchilar 
musiqa san’atini butun nafosati bilan o‘rganishlari, musiqani idrok etish, yakka va 
jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash va raqsga tushish, ijodkorlik malakalarini 
shakllantirish, musiqa tarbiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, 
o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratib berish va 
ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta’lim-tarbiyasining vazifasini 
tashkil 
etadi. Hozirgi musiqiy ta’lim-tarbiyasi shuni ko‘rsatadiki, milliy musiqa 
merosimizni o‘rganishda musiqa darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiya 
tizimini ahamiyati katta. Musiqa darslarini hayotga joriy etish maqsadida umumiy 
o‘rta ta’lim maktablari uchun musiqadan 1999-yili davlat ta’lim standartlari 
asosida yangi dastur ishlab chiqildi. Yangi dasturning asosiy mohiyati avvalo 
darsning mavzulari, har bir chorak belgilangan mavzulardan kelib chiqadi. Darsni 
qiziqarli bo‘lishi uchun musiqa ijodkorligi qo‘llanildi, barcha musiqa faoliyatlari 
(xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash) dars mavzusining ajralmas 
qismi va mantiqan uzviy bog‘lanib o‘tiladi.
«Dars» – ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va samarali 
shaklidir. Jamiyatimizning turli jabhalarida bo‘layotgan siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy, 
ma’rifiy o‘zgarishlar barcha fanlar qatori musiqa darslarining mazmuni va 
metodikasiga ham qo‘yildi:
Darsda ta’limiy-didaktik, tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlarni bilish va 
ularni amalga oshirish. 
1. Darsda ta’ limning faol usul va uslublaridan foydalanish. 
2. Dars jarayonida xalq pedagogikasi an’analarini, jahon pedagogika va 
psixologiyasi, san’atimiz, buyuk ajdodlarimiz o‘gitlari, rivoyatlarimiz, 
hadislarimizdan unumli foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.


130 
Ma’lumki, keyingi yillarda tajribali metodistlar, olimlar va amaliyotchi 
o‘qituvchilarning o‘quv jarayonini tahlil qilish sohasida o‘tkazilgan va didaktik 
shart-sharoitlarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda. Eng muhim shart-sharoitlar 
quyidagilardan iborat:
1. Darsliklar, qo‘llanmalar, dasturlar, tavsiyanomalar, didaktik va metodik 
ko‘rgazmali qurollar hamda texnik vositalardan foydalanish.
2. Sinfda ijobiy psixologik muhit bo‘lishi.
3. O‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish. 
Ushbu pedagogik shart-sharoitlarga amal qilib, darsning maqsadi va mavzusi 
to‘g‘ri tashkil qilinsa, dars sifatli, samarali bo‘lishi mumkin.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» muhim tarixiy, amaliy hujjat bo‘lib ta’lim 
tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyoning ilg‘or demokratik davlat darajasiga 
yetkazish va yosh kadrlarni yuksak ma’naviy-axloqiy, yuqori bilimlarga ega qilib 
tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Talabalarimizni olgan nazariy bilimlari bilan 
birga amaliy mashg‘ulot o‘tkazgan darslari va o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlarida 
guruhning barcha talabalari o‘qituvchi ishtirokida tahlil va muhokama qilishlari
lozim. Tahlil jarayonida eng muhimi talaba o‘zining dars o‘tkazuvchi o‘qituvchi 
sifatida tasavvur qilib, o‘z ishini uddasidan qanchalik chiqa olishini to‘g‘ri baholay 
olganidadir. Talaba tomonidan o‘tqazilgan darslarning va tarbiyaviy ishlarning 
tahlili odatda o‘z-o‘zini baholashda, o‘zini hisobotini reja va konspektalarni tahlil 
qilishdan, o‘z ishini baholay olishdan boshlanadi. Metodist – o‘qituvchi, 
amaliyotchi – talabaga metodik yordam ko‘rsatish va maslahatlar berib, kamchilik 
va yutuqlarini aniqlab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi lozim. Bunda eng asosiy maqsad 
talaba-yoshlarimizni qobiliyat va imkoniyatlarini aniqlab, to‘g‘ri shakllantirish va 
yuzaga chiqarishdir. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning – 
«Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi 
ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq 
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, 


131 
an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy 
bog‘liqdir»
4
, degan so‘zlari ma’naviyat cho‘qqisiga intilishga chorlamoqda. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin