Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Bo‘lajak pedagog qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak? 
2. Musiqiy ta’lim berishning asosiy shakllarini izohlab bering. 
3. Musiqa o‘qitish metodikasi fani qanday faoliyat turlaridan iborat? 
4. Bo‘lajak musiqa pedagoglari oldiga qanday vazifalar qo‘yiladi? 
 
Tayanch tushunchalar 
Sahna – teatr va konsertlar qo‘yish uchun tomosha zalining ko‘tarilgan joyi. 
Orkestr – yunoncha so‘z bo‘lib, turli cholg‘u asboblarida chaluvchi 
sozandalardan tuzilgan jamoa deyiladi.
 
Seminar 
1. Talaba-yoshlarni zamon talablariga javob beradigan kadrlar qilib 
tayyorlashning maqsadi va mazmuni.
2. Pedagogik kollejlarda musiqa fanini o‘qitishning mazmuni.
3. Musiqa fanini o‘rganish bo‘yicha talabalarda bilim va malakalariga 
qo‘yiladigan talablar.
4. Talaba-yoshlarni zamonaviy kadrlar qilib tayyorlashning tarbiyaviy 
ahamiyati. 
4.2. 1920–1990-YILLARDA MUSIQA O‘QITISH 
METODIKASINING QISQACHA TARIXI 
 
O‘zbek xalqi ko‘p asrlik taraqqiyot tarixiga ega bo‘lgan an’analar sohibidir. 
O‘zbek musiqa san’atining ildizlari qadim zamonga borib taqaladi. Qadim 


114 
madaniyatining ko‘pdan-ko‘p obidalari buyuk o‘zbek mutafakkiri, shoirlari, 
yozuvchilari, ulug‘ daholalari Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Navoiy, Jomiy, 
Nizomiylar lirikasida, keyinchalik esa o‘zbek shoirlari va ma’rifatparvarlari 
Muqimiy, Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish borasida 
talaygina qiziqarli fikrlar bildirganlar.
Musiqa ta’limining rivojlanishiga nihoyatda katta ahamiyat bergan, o‘rta 
Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Muhammad Forobiy yosh avlodni 
tarbiyalash va o‘qitish masalalariga, etika va estetika masalalariga ko‘plab ilmiy va 
amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschilaridir. 
Taniqli tojik olimi, musiqachisi, faylasufi Jomiyning «Risola idarnami musiqa» 
nomli kitobida kompozitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan.
O‘zbek shoiri, mutafakkiri Alisher Navoiy musiqa san’ati sohasida 
nihoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy – estetik qarashlari 
«Sabbai sayyor», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlarida aks etgan.
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati xalq va professional ijod mahsuli 
bo‘lgan musiqa asarlari, og‘izdan-og‘izga o‘tishi asosida asrlar davomida 
to‘plangan an’ana zamirida rivojlangan. U bizgacha hofizlar, musiqachilar, 
baxshilar orqali yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi namunalari hamda 
professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan. So‘nggi 
yillarda olib borilgan 
tadqiqotlarning natijalari XVIII asrda o‘ziga xos nota yozuvi bo‘lgan bo‘lsa ham 
faqat musiqa folklori emas, balki o‘zbek xalqining professional musiqasi ham 
1920-yillariga qadar asosan og‘izdan-og‘izga o‘tish yo‘li bilan tarqalgan. Shunga 
qaramasdan, musiqa o‘zbek xalqi hayotida muhim va katta o‘rin egallagan. Xalq 
ommasining madaniyatini yaratishdagi ishtiroki turlicha xarakterda edi. Avvalo 
savod chiqarish harakati keng quloch yoydi, chunki, aholi yoppasiga savodsiz 
bo‘lgan. Xalqning savodsizligini tugatish hamda xalq maorifining yangi tizimini 
yaratish, jamiyatni ma’naviy qayta qurish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekistonda o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ishi xalq maorifi tizimida asos qilib 
olingan edi. Tarbiyaviy va ta’lim ishlari, diniy muassasalarni ajratish ishlari yo‘lga 


115 
qo‘yilda. Shuningdek, 7 yillik majburiy bepul o‘qitish joriy qilindi. Ishchi va 
o‘quvchi yoshlar orasida havaskor «duxovoy» orkestrlar keng tarqaldi. Bu 
orkestrlar birinchi marta 1918-yilda o‘zbek umumta’lim maktablari qoshida tashkil 
etila boshladi. Keyinchalik esa musiqa jamiyatlari va xususiy tarzdagi musiqa 
darslari Turkistonning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘la boshladi. Qo‘qondagi 
maktablarda o‘zbek musiqasining mashhur targ‘ibotchisi H.H. Niyoziy, 
Toshkentda Abdulla Avloniy, Samarqandda Abduqodir Shakuriylar bo‘lishgan. A. 
Avloniy faoliyati alohida diqqatga sazovordir. 1908-yilda Toshkentning Mirobod, 
Degrez mahallalarida bolalarni ona tilida o‘qitish uchun mo‘ljallangan maktab 
ochgan, keyinroq 1919-yilning sentabrida Turkiston respublikasida Xalq maorifi 
Komissarligi tuzilgan bo‘lib, u bir qancha bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. Bular 
ichida san’at bo‘limi alohida e’tiborga sazovor edi. O‘z navbatida uning ichki 
bo‘limiga – musiqa (Muzo), teatr (Teo), tasviriy san’at (izo) bo‘limlariga ajralgan.
Musiqa bilimiga Turkiston respublikasida ta’limi-tarbiyani shakllantirish 
yosh avlodni musiqa madaniyati durdonalari bilan tanishtirish masalalari qo‘yilgan 
edi.
1921–22-yillarda maorif institutlari qoshida fabrika va zavod to‘garaklari 
hamda maktablar qoshida havaskorlik to‘garaklari tashkil etila boshlagan edi. 
Shuning uchun yoshlar orasida havaskor «duxovoy » (puflab chalinadigan mis 
cholg‘u asboblari) orkestrlar keng tarqalgan. Chunki urush yillari duxovoy musiqa 
maxsus ramziy ma’no kasb etgan edi. Bu davrda Hamza juda faol qatnashib, 
Farg‘onadagi maktablarning birida ashuladan dars beradi. Bo‘sh vaqtlarida 
otaonalar bilan ishlab, savod chiqarish va musiqa haqida tushuntirish ishlarini olib 
bordi. Aholining keng qatlami orasida musiqa ta’limiga qiziqish kuchaya boshladi. 
O‘rta Osiyoda dastlabki, musiqa o‘quv yurti 1917-yili Turkiston xalq 
konservatoriyasi ochildi. 1919-yili Samarqandda konservatoriya tashkil etildi. 
Keyinroq xalq konservatoriyalari maxsus o‘quv yurtlari musiqa texnikumlariga 
aylantirildi. 1936-yili Toshkentda Xalq konservatoriyalari qayta tashkil etildi. 
Maxsus o‘quv yurtlari bilan bir qatorda musiqa maktablari, musiqa o‘qituvchilari 
tayyorlaydigan instruktor kurslari ochildi. Turkiston maktablari uchun dastlabki 


116 
o‘quv dasturlari va rejalari yaratildi. Yetti yillik o‘rta va uch yillik boshlang‘ich 
maktablari o‘quv dasturlari yaratildi.
Musiqa darslari majburiy dars tariqasida kiritilgan bo‘lsa ham ba’zi hollarda 
«bo‘sh» soat bo‘lib, undan maktab ma’muriyati o‘z bilganicha foydalangan edi. 
Ko‘p joylarda maxsus darsliklar, metodik ko‘rgazmalar yo‘qligi sababli musiqa 
dars soatlari ancha kamaytirildi. Musiqa tarbiyasini tashkil etishning samarali 
yo‘llarini izlash lozim edi. Buning uchun 40-yillarning oxirida musiqa dasturini 
maktablarga 
moslab qayta ishlash va o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ishlari bosh vazifa qilib 
qo‘yildi. Musiqa maorifini yanada rivojlanishi hamda professional musiqa 
ta’limining shakllanishi uchun zamin yaratildi
O‘zbekistonda 1941-yilning 7-ll-yanvar kunlari respublikamizda tarbiyaviy 
ishlarga bog‘langan birinchi pedagogik konferensiya o‘tkazildi. Unda maktablarga 
yetarli miqdorda musiqa o‘qituvchilari yo‘qligi, bolalar xori kamligi haqida 
o‘qituvchilarning malakasini oshirishga jiddiy e’tibor berish kerakligi haqida 
ta’kidlab o‘tildi. Shundan keyin musiqa ta’limi sohasida jadal ishlar olib borildi. 
Musiqa maktablari yuzaga keldi. Texnika va maorif institutlari, texnika bilim 
yurtlari tashkil etildi. Bolalar musiqa maktablari, o‘quvchilar saroylari, havaskorlik 
to‘garaklari, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va qayta o‘qitish institutlari, ilmiy 
tekshirish institutlari ochildi. Musiqa ta’limi tizimida jiddiy qayta qurish ishlari 
amalga oshirildi. 
1960–61-o‘quv yillari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutida 
«Musiqa nazariyasi va cholg‘u asboblarini chalish» kafedrasi tashkil etilgan. Shu 
yilning o‘zida musiqa o‘qituvchilari tayyorlaydigan maxsus «musiqa fakulteti» 
ochildi.
Shuningdek, viloyat pedagogika institutlar huzurida musiqa pedagogika 
kafedralari tarmoqlari ko‘paya boshlandi. 60–70-yillarda va 80-yillar boshida xalq 
maorifi tizimida musiqa o‘quv yurtlar soni yanada ortib bordi. Yosh musiqachilar 
«San’at bayrami», «Yosh ijrochilar konkurslari», «Bolalar musiqa haftaligi», «Do, 
re, mi, fa, sol» teleko‘rsatuvlari, O‘zbekiston Televideniyasi va radiosi orqali 


117 
bolalar musiqiy ko‘rsatuvlari musiqa ta’limi va tarbiyasini targ‘ibot qilishda 
muntazam ishlar olib borildi.
Xalq maorifi ministrligi o‘quvchi va talabalarga estetik tarbiya berish 
sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. Yangi dasturga o‘tish munosabati bilan 
to‘plamlar, tavsiyanomalar, umumiy ta’lim maktab lari uchun «Musiqa alifbosi», 
«Musiqa darsligi» va boshqalar Respublika umumiy ta’lim makablarida «Musiqa 
madaniyati» fanidan 1-7 sinflar uchun darsliklar chop etish bosh vazifa qilib 
qo‘yiladi. Jumladan, «Musiqa alifbosi», «Musiqa darsligi» va boshqalar 
Respublika umumiy ta’lim maktablarini malakali kadrlar bilan ta’minlash asosiy 
masala bo‘lib qoldi. Yangi dastur bo‘yicha darslarni olib borish uchun umumiy 
ta’lim maktablarida malakali o‘qituvchilar rahbarlik qila boshladilar. 1985–86-
o‘quv yillarida musiqa xonalari tashkil etildi, ular texnik vositalari hamda cholg‘u 
asboblari bilan ta’minlandilar. Maxsus musiqa ma’lumotiga ega bo‘lganlar 
amaliyotchi – student bo‘lib tayyorgarlik ko‘rdilar. Sinflar uskunalar va musiqali 
cholg‘u asboblari bilan ta’minlansin, degan qaror qabul qilindi. 1986–87-yillarda 
musiqa o‘qitish metodikasi bo‘yicha respublika seminari o‘tkazildi. Shuningdek, 
yangi dastur, darsliklar nashr etildi. Ushbu ma’lumotlar musiqa madaniyati 
markaziga uzoq viloyatlarda, shaharlarda musiqa ta’limotini targ‘ib qilish 
vositalariga aylandi.
Ularning ijodi tufayli o‘zbek bolalar musiqasi rivojlandi, musiqa orqali 
o‘quvchilarning ma’naviy dunyosi shakllandi. Respublikamizda har yili 
«O‘zbekiston – Vatanim, manim», «Ilhom chashmalari », «Qo‘shiq bayram»larini 
o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. O‘zbekistonda musiqa o‘tish metodikasini 
rivojlantirishda yangi dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratishda ilmiy-tadqiqot 
ishlari olib borilmoqda. D. Omonullayeva, H. Nurmatov, O. Ibragimov, O. 
Fayziyev, Sh. Yormatov, A. Mansurov, Q. Mamirov, N. Norxo‘jayev kabi olimlar, 
kompozitorlar va tajribali o‘qituvchilar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Hozirgi kunda 
musiqa madaniyati yosh avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi. 


118 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin