Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi nima? 
2. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini qanday shakllari bor? 
3. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyaviy ishlar rejasi qanday tuziladi? 
4. Maktabdan tashqarida musiqa tarbiyasi ishlariga nimalar kiradi? 
Tayanch tushunchalar 
Sahna – teatr va konsertlar qo‘yish uchun tomosha zalining ko‘tarilgan joyi. 
Orkestr – yunoncha so‘z bo‘lib, turli cholg‘u asboblarida chaluvchi 
sozandalardan tuzilgan jamoa deyiladi. 
Akappella – xo‘r jamoasida ijro etiladigan jo‘rsiz asar. 
Diskant – bolalarning birinchi ovozi. 
Alt – bolalarning ikkinchi ovozi. 
Seminar 
1. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakli. 
2. Sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish. 
3. Sinfdan tashqari to‘garak ishlariga o‘quvchilarni qabul qilish yo‘llari. 
4. Bolalar ovoz apparatini tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari. 
5. O‘quvchilarda mutatsiya davrida ovozini asrash va tarbiyalash metodlari. 
 
 
4.1. PEDAGOGIK KOLLEJLARDA MUSIQA FANINI 
O‘QITISHNING MAZMUNI VA METODIKASI 
Respublikamizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar barcha sohalardagi kabi 
bo‘lajak pedagoglarning zimmasiga ham o‘ta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. 


111 
Pedagogik kollejning bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa o‘qitish 
metodikasi fanidan maxsus bilim va malakalarga ega bo‘lishi, axloqiy pok, halol 
va sofdil, yuksak fazilatli, o‘z kasbining jonkuyari, talabalarga va o‘smir yoshlarga 
nisbatan o‘ta mehribon, o‘ta talabchan va o‘zbek xalqining urf-odatlarini, 
qadriyatlari va an’analarini mukammal biladigan hamda o‘z kasbiga talabalarni 
qiziqtira oladigan shaxs bo‘lmog‘i lozim. 
Bugungi talaba – bo‘lajak pedagog o‘tmishi bor o‘zbek xalqining musiqa 
san’atini noyob namunalarini o‘zlashtirgan bo‘lib, o‘quvchiyoshlarga ulashmog‘i 
davr talabidir. Shu sababli bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchisi oldiga quyidagi 
talablar qo‘yiladi:
1. O‘zlari ta’lim berishi lozim bo‘lgan talaba-yoshlarga musiqa san’ati 
sirlarini o‘rgatish borasida doimo izlanish.
2. Talaba-yoshlarga pedagogika, psixologiya, musiqa o‘qitish metodikasi 
fanlarini mukammal o‘rgatish. 
3. O‘quvchi-yoshlarni musiqa san’ati bo‘yicha ijodkorlikka yetaklash. 
Iqtidorli talabalarni to‘garaklarga jalb qilish.
4. Zamon talablariga mos dars va mashg‘ulotlarni noan’anaviy dars rejalari 
asosida o‘tkazish.
5. Jahon andozalariga xos yangi pedagogik texnologiyalarni darslarda 
qo‘llash.
Yuqorida qayd etilgan talablarni o‘zida mujassam etgan har qanday talaba 
kelajakda yetuk barkamol pedagog bo‘lib voyaga yetishi mumkin.
Talabalarga musiqiy ta’lim berishning asosiy shakllari ma’ruza, amaliy 
mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ish yo‘nalishlarida amalga 
oshiriladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin