Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. O‘zbekistonda musiqa madaniyatining shakllanishiga qaysi mutafakkirlar 
o‘z hissalarini qo‘shganlar? 
2. O‘zbekistondagi maktablarda musiqa fani qachondan boshlab dars sifatida 
kiritilgan? 
3. Musiqa fani bo‘yicha ilk dastur – musiqa kitobi qachon va kim tomonidan 
yaratilgan? 
4. Konfederatsiya ko‘rsatmalari qachon qo‘llanilgan? 
Tayanch tushunchalar: 
Musiqa folklori – xalq og‘zaki ijodi. 
Musiqa estetikasi – musiqa san’atining mohiyati, voqelikka munosabati, 
ijtimoiy roli. 
Ashula – keng tarqalgan musiqa janri va shakli bo‘lib, unda she’riy va 
musiqiy tovushlar bir-biriga uyg‘unlashgan. 
Seminar 
1. O‘zbekistonda 1920–1950-yillarda musiqa ta’limini rivojlanishi. 
2. 1950–1980-yillarda musiqa ta’limini rivojlanishi 
3. Mustaqillik yillarida musiqa ta’limini rivojlanishi. 
4.3. MUSIQA TA’LIMIDA PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODLARI 
Musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish shakllari XX asrning 1970-yillarda 
sobiq ittifoq, jumladan O‘zbekiston maktablarida musiqiy ta’limning quyidagi 
tizimi joriy etilgan edi. Unda dasturlar darslarning alohida, ammo bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘liq turlari ishlab chiqilgan: 
– mavzuga kirish darsi; 
– mavzuni chuqurlashtirish darsi; 
– mavzuni o‘zlashtirish darsi; 


119 
– yakuniy dars – konsert. 
Musiqa ta’lim tizimining tahlillari va o‘zidagi ijobiy jihatlarini 
umumlashtirish musiqa darslarining yangi turlarini ishlab chiqish imkonini beradi. 
Zamonamiz taqozosi bilan musiqa darslari yanada qiziqarliroq bo‘lishi uchun 
ularda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi natija bermoqda. Darslar 
qiziqarliroq, jo‘shqin, ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun biz quyidagi dars turlarini 
taklif etamiz:
Bu darslarning har biri o‘z tuzilishi, vazifasi va metodik asosiga egadir. 
Boshlang‘ich sinflarda darslarni o‘yin tarzida olib borilsa, o‘quvchilarning faolligi 
oshib boradi va ular berilgan vazifalarni nisbatan oson bajaradilar. Masalan, 
musiqiy cholg‘ular mavzusini o‘tganda o‘quvchilarga turli xildagi musiqa 
cholg‘ulari surati solingan kartochkalar beriladi. O‘qituvchi magnitofon yordamida 
birorbir cholg‘uda ijro etilgan musiqani qo‘yadi. O‘quvchilar musiqiy asar qanday 
cholg‘uda ijro etilganligini qo‘llaridagi kartochkalar orqali qo‘rsatadilar. Eng faol 
qatnashgan o‘quvchilar baholanadilar va rag‘batlantiriladilar. Masalan, viktorina – 
dars, konsert 
– darslari o‘quvchilarning bilimlariga asoslangan holda o‘tiladi. Dars – sayohat 
video tasma yordamida tabiat qo‘yniga, shaharlarga musiqiy sayohatga asoslanadi. 
Hozirgi paytgacha keng qo‘llanilib kelingan dars turlaridan:
1. Tashkiliy darslar. 
2. Aralash darslar. 
3. Dominantali (darsdagi biror faoliyat turi – qo‘shiq kuylash, musiqa 
tinglash, musiqa savodi, musiqiy ijodkorlik – boshqalaridan ustunroq bo‘ladi. 
4. Kontrol-tekshiruvchi darslar. 
5. Kompleks darslar. 
6. Intervyu darslari. 
7. Himoya darslari. 
8. Yakunlovchi darslar. 
Hozirgi kunda zamonamiz taqozosi bilan musiqiy ta’lim tizimiga ham 
noan’anaviy dars turlari kirib kelmoqda. Biz mavjud pedagogik texnologiyalar 


120 
asosida musiqa ta’limida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir necha noan’anaviy dars 
turlarini ishlab chiqdik. Endi har bir dars turiga izoh berib o‘tamiz.
Konsert darslari – o‘quvchilardagi bor musiqiy-nazariy bilimlari amalda 
qo‘llash, o‘zlari va boshqalarning bilimlariga baho berish, sahnada o‘zini tutishni 
o‘rganish, jamoa bo‘lib kuylash va yakkanavozlik malakalarini shakllantirish, 
bolalar musiqiy cholg‘ularida jo‘r bo‘lish, raqs elementlarini bajarish va 
hokazolarga keng imkoniyat yaratadi. Bunday darslarni asosan bir chorak tugab, 
boshqasi boshlanganda uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu dars turida 
o‘quvchilar chorak davomida o‘zlari o‘rgangan qo‘shiqlari asosida «konsert» 
o‘tkazadilar. Bunday darslar o‘quvchilar bilim darajasini aniqlashga va baholashga 
keng imkoniyat beradi. Dars avvaldan rejalashtiriladi. O‘quvchilar o‘zlari 
o‘rgangan qo‘shiqlarini tayyorlab keladilar. O‘qituvchi avvalgi darsida har bir 
o‘quvchiga vazifa belgilab bergan bo‘lishi kerak. Darslar hammaning birgalikda 
davlat madhiyasini kuylashlaridan boshlanadi. Bu darslar shunisi bilan 
ahamiyatliki, o‘quvchilar o‘zlarining barcha ijodiy qobiliyatlarini, ijrochilik 
mahoratlarini ishga soladilar. Bunday darslar o‘quvchilarning musiqiy did va 
musiqiy dunyoqarashlarini shakllantirishga asos soladi. Shuningdek, o‘quvchilarda 
sahnada o‘zlarini tuta olish, artistizm, jamoa bo‘lib kuylash, mustaqil 
tashabbuskorlik malakalari shakllanadi. O‘qituvchi darsdan bir dars avval 
o‘quvchilarga qanday qo‘shiq kuylashlarini taqsimlab bersa, qaysi qo‘shiqdan 
keyin qaysinisi ijro etilishini taqsimlab bersa, darslar aniq bir tizimga asoslangan 
holda, tartibga rioya qilingan holda uyushtiriladi. Bunday darslarda o‘qituvchi 
deyarli barcha o‘quvchilarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. «Konsert» 
darslariga qo‘shiqlarining mazmuniga mos holda kiyinib kelish o‘quvchilarning 
qiziqishlarini yanada orttiradi va darsning samaradorligi oshadi. Konsert darslarda 
o‘quvchilar o‘zlarining bor bilim va iste’dodlarini ishga solishlariga imkon 
yaratilishi kerak. Masalan, kimdir yaxshi qo‘shiq kuylasa, kimdir raqsga tushishni 
o‘rniga qo‘yadi, kimdadir aktyorlik qobiliyati kuchli. O‘qituvchi ziyrak bo‘lgan 
holda har bir o‘quvchining xohish-istaklarini, imkoniyatlarini hisobga olib konsert 
uyushtirishi zarur.


121 
Konsert darslarni biror-bir kompozitor yoki yozuvchining tavallud kuniga 
yoki ijodiga bag‘ishlab ham o‘tkazish mumkin. Bunda konsert darsda shu ijodkor 
yaratgan asarlar ijro etiladi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar Viktorina darslari 
asosan musiqa tinglash jarayonlarida o‘tkaziladi. 
O‘qituvchi biror texnik cholg‘u yordamida o‘quvchilarga musiqa qo‘yib 
beradi. Biror-bir boshlovchi muallifning hayot va ijodi haqida so‘zlab beradi. 
O‘quvchilar o‘z navbatida bu musiqaning nomi, ijrochisi, kompozitorini topadilar. 
Bunday darslar «Kompozitor, ijrochi va tinglovchi» mavzusi. O‘quvchilar o‘z 
navbatida bu musiqaning nomi, ijrochisi, kompozitorini topadilar. Bunday darslar 
«Kompozitor, ijrochi va tinglovchi» mavzusi o‘tilganda juda qo‘l keladi. Bunday 
darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarni qatorlarga, ya’ni jamoalarga bo‘ladi. Har bir 
jamoaning faolligiga, to‘g‘ri berilgan javoblariga qarab ball berib boriladi. 
Viktorina darslari o‘quvchilarni nafaqat musiqa tinglash, balki qo‘shiq kuylash 
jarayonida ham 
qo‘llanilishi mumkin. Bunda o‘quvchilar musiqiy asarlarining yaratuvchilari – 
kompozitori, shoirlari va ijrochilari haqida ham ma’lum tushunchalarga ega bo‘lish 
kerakligini o‘rgatadi. Bunday darslarni har bir mavzuga moslab o‘tish mumkin. 
Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarga qardosh xalqlar musiqalarini o‘rgatganda har xil 
millat va xalqlar musiqasini tinglab, ularni qaysi xalqqa, qaysi millatga 
mansubligini aniqlash o‘quvchilarning musiqiy idrokligini rivojlantiradi. Ular 
boshqa millat musiqalarini bir-biridan ajratishni o‘rganadilar. Shuningdek ularning 
musiqiy dunyoqarashlari shakllana boradi. Viktorina darslari musiqiy did, musiqiy 
idrok va musiqiy dunyoqarashning shakllanishiga asos soladi.
Bahs-munozara darslari – musiqiy asarlarni chuqur tahlil qilish, musiqa 
savodiga oid bilimlar – musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili, 
musiqa shakli kabi musiqiy- nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan 
bo‘ladi. Bu mashg‘ulot turida asosan chorak yoki yarim yil davomida olingan 
musiqiy-nazariy 
bilimlarga 
asoslangan 
bo‘ladi. Bahs-munozara darslari 
o‘quvchilarning avval egallagan bilimlari asosida tashkil etiladi. Imkoni bo‘lmagan 
masalalarni anglatish, munozarali qarashlarda bir to‘xtamga kelish va shu asosda 


122 
o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga erishish, musiqiy tafakkur, 
musiqiy idroklarini, musiqiy madaniyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil 
etiladigan dars sanaladi. Bahs-munozara darslari boshqa darslardan o‘ziga xos 
jihatlari bilan farq qiladi. Ya’ni bu darsda biror-bir masala yuzasidan tortishuv 
bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar. 
Bunday darslarda bahs kuchli bo‘ladi va har bir fikr o‘z isboti bilan tasdiqlanadi va 
eng maqbul variant qabul qilinadi. Bahs-munozara darslari o‘quvchilardan katta 
tayyorgarlikni talab etadi. Bu darslar o‘quvchilarni hozirjavoblikka, mustaqil 
fikrlashga, voqealarga ijodiy yondashishga, nutqlarining teranlashishiga asos 
bo‘ladi. Bir musiqiy asardan sinfdagi o‘quvchilar turli xil taassurotlar oladilar. 
Shuning uchun o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishlari ularning tafakkurlarini 
va tasavvurlarini yanada boyitishga imkon beradi. Bahs munozara darslari 
pedagogik jihatdan ham katta ahamiyatga ega. U o‘quvchilarning estetik 
tuyg‘ularini tarbiyalashda talablariga, shuningdek, o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlariga mosligi nuqtai nazaridan ham muhim vositalardan hisoblanadi. 
Munozara mavzusini uning o‘quv dastur mazmuni va o‘qituvchi tanlaydi. Bunda 
o‘quvchilarning xohish-istaklari va qiziqishlari ham hisobga olinmog‘i lozim. 
Munozarali savollarni o‘qituvchi tuzadi va o‘quvchilarni bahsga chorlaydi. 
O‘qituvchi savollar bilan o‘quvchilarni faollashtirib turadi va 
o‘quvchilarning javoblarini izchil va aniq bo‘lishiga ko‘maklashib turadi. Bahs-
munozara darslari o‘quvchilarning nutqlarini aniq va ravon bo‘lishiga, ularning 
muomala madaniyatlarini o‘sishiga zamin yaratadi. Bunday darslarni tashkil etish 
o‘qituvchi bilan o‘quvchilarni bir-birlariga yaqinlashtiradi, do‘stona munosabat 
uyg‘otadi, musiqiynazariy bilimlarni o‘zlashtirishning samaradorligini oshiradi. 
Bunday darslarni uyushtirish o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars jarayonida bir 
qancha qoidalarga amal qilishlarini talab qiladi: 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin