Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O‘zbekistonda musiqa madaniyatining shakllanishiga qaysi mutafakkirlar
o‘z hissalarini qo‘shganlar?
2. O‘zbekistondagi maktablarda musiqa fani qachondan boshlab dars sifatida
kiritilgan?
3. Musiqa fani bo‘yicha ilk dastur – musiqa kitobi qachon va kim tomonidan
yaratilgan?
4. Konfederatsiya ko‘rsatmalari qachon qo‘llanilgan?
Tayanch tushunchalar:
Musiqa folklori – xalq og‘zaki ijodi.
Musiqa estetikasi – musiqa san’atining mohiyati, voqelikka munosabati,
ijtimoiy roli.
Ashula – keng tarqalgan musiqa janri va shakli bo‘lib, unda she’riy va
musiqiy tovushlar bir-biriga uyg‘unlashgan.
Seminar
1. O‘zbekistonda 1920–1950-yillarda musiqa ta’limini rivojlanishi.
2. 1950–1980-yillarda musiqa ta’limini rivojlanishi
3. Mustaqillik yillarida musiqa ta’limini rivojlanishi.
4.3. MUSIQA TA’LIMIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODLARI
Musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish shakllari XX asrning 1970-yillarda
sobiq ittifoq, jumladan O‘zbekiston maktablarida musiqiy ta’limning quyidagi
tizimi joriy etilgan edi. Unda dasturlar darslarning alohida, ammo bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq turlari ishlab chiqilgan:
– mavzuga kirish darsi;
– mavzuni chuqurlashtirish darsi;
– mavzuni o‘zlashtirish darsi;
119
– yakuniy dars – konsert.
Musiqa ta’lim tizimining tahlillari va o‘zidagi ijobiy jihatlarini
umumlashtirish musiqa darslarining yangi turlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Zamonamiz taqozosi bilan musiqa darslari yanada qiziqarliroq bo‘lishi uchun
ularda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi natija bermoqda. Darslar
qiziqarliroq, jo‘shqin, ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun biz quyidagi dars turlarini
taklif etamiz:
Bu darslarning har biri o‘z tuzilishi, vazifasi va metodik asosiga egadir.
Boshlang‘ich sinflarda darslarni o‘yin tarzida olib borilsa, o‘quvchilarning faolligi
oshib boradi va ular berilgan vazifalarni nisbatan oson bajaradilar. Masalan,
musiqiy cholg‘ular mavzusini o‘tganda o‘quvchilarga turli xildagi musiqa
cholg‘ulari surati solingan kartochkalar beriladi. O‘qituvchi magnitofon yordamida
birorbir cholg‘uda ijro etilgan musiqani qo‘yadi. O‘quvchilar musiqiy asar qanday
cholg‘uda ijro etilganligini qo‘llaridagi kartochkalar orqali qo‘rsatadilar. Eng faol
qatnashgan o‘quvchilar baholanadilar va rag‘batlantiriladilar. Masalan, viktorina –
dars, konsert
– darslari o‘quvchilarning bilimlariga asoslangan holda o‘tiladi. Dars – sayohat
video tasma yordamida tabiat qo‘yniga, shaharlarga musiqiy sayohatga asoslanadi.
Hozirgi paytgacha keng qo‘llanilib kelingan dars turlaridan:
1. Tashkiliy darslar.
2. Aralash darslar.
3. Dominantali (darsdagi biror faoliyat turi – qo‘shiq kuylash, musiqa
tinglash, musiqa savodi, musiqiy ijodkorlik – boshqalaridan ustunroq bo‘ladi.
4. Kontrol-tekshiruvchi darslar.
5. Kompleks darslar.
6. Intervyu darslari.
7. Himoya darslari.
8. Yakunlovchi darslar.
Hozirgi kunda zamonamiz taqozosi bilan musiqiy ta’lim tizimiga ham
noan’anaviy dars turlari kirib kelmoqda. Biz mavjud pedagogik texnologiyalar
120
asosida musiqa ta’limida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir necha noan’anaviy dars
turlarini ishlab chiqdik. Endi har bir dars turiga izoh berib o‘tamiz.
Konsert darslari – o‘quvchilardagi bor musiqiy-nazariy bilimlari amalda
qo‘llash, o‘zlari va boshqalarning bilimlariga baho berish, sahnada o‘zini tutishni
o‘rganish, jamoa bo‘lib kuylash va yakkanavozlik malakalarini shakllantirish,
bolalar musiqiy cholg‘ularida jo‘r bo‘lish, raqs elementlarini bajarish va
hokazolarga keng imkoniyat yaratadi. Bunday darslarni asosan bir chorak tugab,
boshqasi boshlanganda uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu dars turida
o‘quvchilar chorak davomida o‘zlari o‘rgangan qo‘shiqlari asosida «konsert»
o‘tkazadilar. Bunday darslar o‘quvchilar bilim darajasini aniqlashga va baholashga
keng imkoniyat beradi. Dars avvaldan rejalashtiriladi. O‘quvchilar o‘zlari
o‘rgangan qo‘shiqlarini tayyorlab keladilar. O‘qituvchi avvalgi darsida har bir
o‘quvchiga vazifa belgilab bergan bo‘lishi kerak. Darslar hammaning birgalikda
davlat madhiyasini kuylashlaridan boshlanadi. Bu darslar shunisi bilan
ahamiyatliki, o‘quvchilar o‘zlarining barcha ijodiy qobiliyatlarini, ijrochilik
mahoratlarini ishga soladilar. Bunday darslar o‘quvchilarning musiqiy did va
musiqiy dunyoqarashlarini shakllantirishga asos soladi. Shuningdek, o‘quvchilarda
sahnada o‘zlarini tuta olish, artistizm, jamoa bo‘lib kuylash, mustaqil
tashabbuskorlik malakalari shakllanadi. O‘qituvchi darsdan bir dars avval
o‘quvchilarga qanday qo‘shiq kuylashlarini taqsimlab bersa, qaysi qo‘shiqdan
keyin qaysinisi ijro etilishini taqsimlab bersa, darslar aniq bir tizimga asoslangan
holda, tartibga rioya qilingan holda uyushtiriladi. Bunday darslarda o‘qituvchi
deyarli barcha o‘quvchilarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. «Konsert»
darslariga qo‘shiqlarining mazmuniga mos holda kiyinib kelish o‘quvchilarning
qiziqishlarini yanada orttiradi va darsning samaradorligi oshadi. Konsert darslarda
o‘quvchilar o‘zlarining bor bilim va iste’dodlarini ishga solishlariga imkon
yaratilishi kerak. Masalan, kimdir yaxshi qo‘shiq kuylasa, kimdir raqsga tushishni
o‘rniga qo‘yadi, kimdadir aktyorlik qobiliyati kuchli. O‘qituvchi ziyrak bo‘lgan
holda har bir o‘quvchining xohish-istaklarini, imkoniyatlarini hisobga olib konsert
uyushtirishi zarur.
121
Konsert darslarni biror-bir kompozitor yoki yozuvchining tavallud kuniga
yoki ijodiga bag‘ishlab ham o‘tkazish mumkin. Bunda konsert darsda shu ijodkor
yaratgan asarlar ijro etiladi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar Viktorina darslari
asosan musiqa tinglash jarayonlarida o‘tkaziladi.
O‘qituvchi biror texnik cholg‘u yordamida o‘quvchilarga musiqa qo‘yib
beradi. Biror-bir boshlovchi muallifning hayot va ijodi haqida so‘zlab beradi.
O‘quvchilar o‘z navbatida bu musiqaning nomi, ijrochisi, kompozitorini topadilar.
Bunday darslar «Kompozitor, ijrochi va tinglovchi» mavzusi. O‘quvchilar o‘z
navbatida bu musiqaning nomi, ijrochisi, kompozitorini topadilar. Bunday darslar
«Kompozitor, ijrochi va tinglovchi» mavzusi o‘tilganda juda qo‘l keladi. Bunday
darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarni qatorlarga, ya’ni jamoalarga bo‘ladi. Har bir
jamoaning faolligiga, to‘g‘ri berilgan javoblariga qarab ball berib boriladi.
Viktorina darslari o‘quvchilarni nafaqat musiqa tinglash, balki qo‘shiq kuylash
jarayonida ham
qo‘llanilishi mumkin. Bunda o‘quvchilar musiqiy asarlarining yaratuvchilari –
kompozitori, shoirlari va ijrochilari haqida ham ma’lum tushunchalarga ega bo‘lish
kerakligini o‘rgatadi. Bunday darslarni har bir mavzuga moslab o‘tish mumkin.
Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarga qardosh xalqlar musiqalarini o‘rgatganda har xil
millat va xalqlar musiqasini tinglab, ularni qaysi xalqqa, qaysi millatga
mansubligini aniqlash o‘quvchilarning musiqiy idrokligini rivojlantiradi. Ular
boshqa millat musiqalarini bir-biridan ajratishni o‘rganadilar. Shuningdek ularning
musiqiy dunyoqarashlari shakllana boradi. Viktorina darslari musiqiy did, musiqiy
idrok va musiqiy dunyoqarashning shakllanishiga asos soladi.
Bahs-munozara darslari – musiqiy asarlarni chuqur tahlil qilish, musiqa
savodiga oid bilimlar – musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili,
musiqa shakli kabi musiqiy- nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan
bo‘ladi. Bu mashg‘ulot turida asosan chorak yoki yarim yil davomida olingan
musiqiy-nazariy
bilimlarga
asoslangan
bo‘ladi. Bahs-munozara darslari
o‘quvchilarning avval egallagan bilimlari asosida tashkil etiladi. Imkoni bo‘lmagan
masalalarni anglatish, munozarali qarashlarda bir to‘xtamga kelish va shu asosda
122
o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga erishish, musiqiy tafakkur,
musiqiy idroklarini, musiqiy madaniyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil
etiladigan dars sanaladi. Bahs-munozara darslari boshqa darslardan o‘ziga xos
jihatlari bilan farq qiladi. Ya’ni bu darsda biror-bir masala yuzasidan tortishuv
bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Bunday darslarda bahs kuchli bo‘ladi va har bir fikr o‘z isboti bilan tasdiqlanadi va
eng maqbul variant qabul qilinadi. Bahs-munozara darslari o‘quvchilardan katta
tayyorgarlikni talab etadi. Bu darslar o‘quvchilarni hozirjavoblikka, mustaqil
fikrlashga, voqealarga ijodiy yondashishga, nutqlarining teranlashishiga asos
bo‘ladi. Bir musiqiy asardan sinfdagi o‘quvchilar turli xil taassurotlar oladilar.
Shuning uchun o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishlari ularning tafakkurlarini
va tasavvurlarini yanada boyitishga imkon beradi. Bahs munozara darslari
pedagogik jihatdan ham katta ahamiyatga ega. U o‘quvchilarning estetik
tuyg‘ularini tarbiyalashda talablariga, shuningdek, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga mosligi nuqtai nazaridan ham muhim vositalardan hisoblanadi.
Munozara mavzusini uning o‘quv dastur mazmuni va o‘qituvchi tanlaydi. Bunda
o‘quvchilarning xohish-istaklari va qiziqishlari ham hisobga olinmog‘i lozim.
Munozarali savollarni o‘qituvchi tuzadi va o‘quvchilarni bahsga chorlaydi.
O‘qituvchi savollar bilan o‘quvchilarni faollashtirib turadi va
o‘quvchilarning javoblarini izchil va aniq bo‘lishiga ko‘maklashib turadi. Bahs-
munozara darslari o‘quvchilarning nutqlarini aniq va ravon bo‘lishiga, ularning
muomala madaniyatlarini o‘sishiga zamin yaratadi. Bunday darslarni tashkil etish
o‘qituvchi bilan o‘quvchilarni bir-birlariga yaqinlashtiradi, do‘stona munosabat
uyg‘otadi, musiqiynazariy bilimlarni o‘zlashtirishning samaradorligini oshiradi.
Bunday darslarni uyushtirish o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars jarayonida bir
qancha qoidalarga amal qilishlarini talab qiladi:
Dostları ilə paylaş: |