Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bo‘lajak pedagog qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
2. Musiqiy ta’lim berishning asosiy shakllarini izohlab bering.
3. Musiqa o‘qitish metodikasi fani qanday faoliyat turlaridan iborat?
4. Bo‘lajak musiqa pedagoglari oldiga qanday vazifalar qo‘yiladi?
Tayanch tushunchalar
Sahna – teatr va konsertlar qo‘yish uchun tomosha zalining ko‘tarilgan joyi.
Orkestr – yunoncha so‘z bo‘lib, turli cholg‘u asboblarida chaluvchi
sozandalardan tuzilgan jamoa deyiladi.
Seminar
1. Talaba-yoshlarni zamon talablariga javob beradigan kadrlar qilib
tayyorlashning maqsadi va mazmuni.
2. Pedagogik kollejlarda musiqa fanini o‘qitishning mazmuni.
3. Musiqa fanini o‘rganish bo‘yicha talabalarda bilim va malakalariga
qo‘yiladigan talablar.
4. Talaba-yoshlarni zamonaviy kadrlar qilib tayyorlashning tarbiyaviy
ahamiyati.
4.2. 1920–1990-YILLARDA MUSIQA O‘QITISH
METODIKASINING QISQACHA TARIXI
O‘zbek xalqi ko‘p asrlik taraqqiyot tarixiga ega bo‘lgan an’analar sohibidir.
O‘zbek musiqa san’atining ildizlari qadim zamonga borib taqaladi. Qadim
114
madaniyatining ko‘pdan-ko‘p obidalari buyuk o‘zbek mutafakkiri, shoirlari,
yozuvchilari, ulug‘ daholalari Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Navoiy, Jomiy,
Nizomiylar lirikasida, keyinchalik esa o‘zbek shoirlari va ma’rifatparvarlari
Muqimiy, Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish borasida
talaygina qiziqarli fikrlar bildirganlar.
Musiqa ta’limining rivojlanishiga nihoyatda katta ahamiyat bergan, o‘rta
Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Muhammad Forobiy yosh avlodni
tarbiyalash va o‘qitish masalalariga, etika va estetika masalalariga ko‘plab ilmiy va
amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschilaridir.
Taniqli tojik olimi, musiqachisi, faylasufi Jomiyning «Risola idarnami musiqa»
nomli kitobida kompozitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan.
O‘zbek shoiri, mutafakkiri Alisher Navoiy musiqa san’ati sohasida
nihoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy – estetik qarashlari
«Sabbai sayyor», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlarida aks etgan.
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati xalq va professional ijod mahsuli
bo‘lgan musiqa asarlari, og‘izdan-og‘izga o‘tishi asosida asrlar davomida
to‘plangan an’ana zamirida rivojlangan. U bizgacha hofizlar, musiqachilar,
baxshilar orqali yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi namunalari hamda
professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan. So‘nggi
yillarda olib borilgan
tadqiqotlarning natijalari XVIII asrda o‘ziga xos nota yozuvi bo‘lgan bo‘lsa ham
faqat musiqa folklori emas, balki o‘zbek xalqining professional musiqasi ham
1920-yillariga qadar asosan og‘izdan-og‘izga o‘tish yo‘li bilan tarqalgan. Shunga
qaramasdan, musiqa o‘zbek xalqi hayotida muhim va katta o‘rin egallagan. Xalq
ommasining madaniyatini yaratishdagi ishtiroki turlicha xarakterda edi. Avvalo
savod chiqarish harakati keng quloch yoydi, chunki, aholi yoppasiga savodsiz
bo‘lgan. Xalqning savodsizligini tugatish hamda xalq maorifining yangi tizimini
yaratish, jamiyatni ma’naviy qayta qurish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ishi xalq maorifi tizimida asos qilib
olingan edi. Tarbiyaviy va ta’lim ishlari, diniy muassasalarni ajratish ishlari yo‘lga
115
qo‘yilda. Shuningdek, 7 yillik majburiy bepul o‘qitish joriy qilindi. Ishchi va
o‘quvchi yoshlar orasida havaskor «duxovoy» orkestrlar keng tarqaldi. Bu
orkestrlar birinchi marta 1918-yilda o‘zbek umumta’lim maktablari qoshida tashkil
etila boshladi. Keyinchalik esa musiqa jamiyatlari va xususiy tarzdagi musiqa
darslari Turkistonning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘la boshladi. Qo‘qondagi
maktablarda o‘zbek musiqasining mashhur targ‘ibotchisi H.H. Niyoziy,
Toshkentda Abdulla Avloniy, Samarqandda Abduqodir Shakuriylar bo‘lishgan. A.
Avloniy faoliyati alohida diqqatga sazovordir. 1908-yilda Toshkentning Mirobod,
Degrez mahallalarida bolalarni ona tilida o‘qitish uchun mo‘ljallangan maktab
ochgan, keyinroq 1919-yilning sentabrida Turkiston respublikasida Xalq maorifi
Komissarligi tuzilgan bo‘lib, u bir qancha bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. Bular
ichida san’at bo‘limi alohida e’tiborga sazovor edi. O‘z navbatida uning ichki
bo‘limiga – musiqa (Muzo), teatr (Teo), tasviriy san’at (izo) bo‘limlariga ajralgan.
Musiqa bilimiga Turkiston respublikasida ta’limi-tarbiyani shakllantirish
yosh avlodni musiqa madaniyati durdonalari bilan tanishtirish masalalari qo‘yilgan
edi.
1921–22-yillarda maorif institutlari qoshida fabrika va zavod to‘garaklari
hamda maktablar qoshida havaskorlik to‘garaklari tashkil etila boshlagan edi.
Shuning uchun yoshlar orasida havaskor «duxovoy » (puflab chalinadigan mis
cholg‘u asboblari) orkestrlar keng tarqalgan. Chunki urush yillari duxovoy musiqa
maxsus ramziy ma’no kasb etgan edi. Bu davrda Hamza juda faol qatnashib,
Farg‘onadagi maktablarning birida ashuladan dars beradi. Bo‘sh vaqtlarida
otaonalar bilan ishlab, savod chiqarish va musiqa haqida tushuntirish ishlarini olib
bordi. Aholining keng qatlami orasida musiqa ta’limiga qiziqish kuchaya boshladi.
O‘rta Osiyoda dastlabki, musiqa o‘quv yurti 1917-yili Turkiston xalq
konservatoriyasi ochildi. 1919-yili Samarqandda konservatoriya tashkil etildi.
Keyinroq xalq konservatoriyalari maxsus o‘quv yurtlari musiqa texnikumlariga
aylantirildi. 1936-yili Toshkentda Xalq konservatoriyalari qayta tashkil etildi.
Maxsus o‘quv yurtlari bilan bir qatorda musiqa maktablari, musiqa o‘qituvchilari
tayyorlaydigan instruktor kurslari ochildi. Turkiston maktablari uchun dastlabki
116
o‘quv dasturlari va rejalari yaratildi. Yetti yillik o‘rta va uch yillik boshlang‘ich
maktablari o‘quv dasturlari yaratildi.
Musiqa darslari majburiy dars tariqasida kiritilgan bo‘lsa ham ba’zi hollarda
«bo‘sh» soat bo‘lib, undan maktab ma’muriyati o‘z bilganicha foydalangan edi.
Ko‘p joylarda maxsus darsliklar, metodik ko‘rgazmalar yo‘qligi sababli musiqa
dars soatlari ancha kamaytirildi. Musiqa tarbiyasini tashkil etishning samarali
yo‘llarini izlash lozim edi. Buning uchun 40-yillarning oxirida musiqa dasturini
maktablarga
moslab qayta ishlash va o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ishlari bosh vazifa qilib
qo‘yildi. Musiqa maorifini yanada rivojlanishi hamda professional musiqa
ta’limining shakllanishi uchun zamin yaratildi
O‘zbekistonda 1941-yilning 7-ll-yanvar kunlari respublikamizda tarbiyaviy
ishlarga bog‘langan birinchi pedagogik konferensiya o‘tkazildi. Unda maktablarga
yetarli miqdorda musiqa o‘qituvchilari yo‘qligi, bolalar xori kamligi haqida
o‘qituvchilarning malakasini oshirishga jiddiy e’tibor berish kerakligi haqida
ta’kidlab o‘tildi. Shundan keyin musiqa ta’limi sohasida jadal ishlar olib borildi.
Musiqa maktablari yuzaga keldi. Texnika va maorif institutlari, texnika bilim
yurtlari tashkil etildi. Bolalar musiqa maktablari, o‘quvchilar saroylari, havaskorlik
to‘garaklari, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va qayta o‘qitish institutlari, ilmiy
tekshirish institutlari ochildi. Musiqa ta’limi tizimida jiddiy qayta qurish ishlari
amalga oshirildi.
1960–61-o‘quv yillari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutida
«Musiqa nazariyasi va cholg‘u asboblarini chalish» kafedrasi tashkil etilgan. Shu
yilning o‘zida musiqa o‘qituvchilari tayyorlaydigan maxsus «musiqa fakulteti»
ochildi.
Shuningdek, viloyat pedagogika institutlar huzurida musiqa pedagogika
kafedralari tarmoqlari ko‘paya boshlandi. 60–70-yillarda va 80-yillar boshida xalq
maorifi tizimida musiqa o‘quv yurtlar soni yanada ortib bordi. Yosh musiqachilar
«San’at bayrami», «Yosh ijrochilar konkurslari», «Bolalar musiqa haftaligi», «Do,
re, mi, fa, sol» teleko‘rsatuvlari, O‘zbekiston Televideniyasi va radiosi orqali
117
bolalar musiqiy ko‘rsatuvlari musiqa ta’limi va tarbiyasini targ‘ibot qilishda
muntazam ishlar olib borildi.
Xalq maorifi ministrligi o‘quvchi va talabalarga estetik tarbiya berish
sohasida katta ishlarni amalga oshirdi. Yangi dasturga o‘tish munosabati bilan
to‘plamlar, tavsiyanomalar, umumiy ta’lim maktab lari uchun «Musiqa alifbosi»,
«Musiqa darsligi» va boshqalar Respublika umumiy ta’lim makablarida «Musiqa
madaniyati» fanidan 1-7 sinflar uchun darsliklar chop etish bosh vazifa qilib
qo‘yiladi. Jumladan, «Musiqa alifbosi», «Musiqa darsligi» va boshqalar
Respublika umumiy ta’lim maktablarini malakali kadrlar bilan ta’minlash asosiy
masala bo‘lib qoldi. Yangi dastur bo‘yicha darslarni olib borish uchun umumiy
ta’lim maktablarida malakali o‘qituvchilar rahbarlik qila boshladilar. 1985–86-
o‘quv yillarida musiqa xonalari tashkil etildi, ular texnik vositalari hamda cholg‘u
asboblari bilan ta’minlandilar. Maxsus musiqa ma’lumotiga ega bo‘lganlar
amaliyotchi – student bo‘lib tayyorgarlik ko‘rdilar. Sinflar uskunalar va musiqali
cholg‘u asboblari bilan ta’minlansin, degan qaror qabul qilindi. 1986–87-yillarda
musiqa o‘qitish metodikasi bo‘yicha respublika seminari o‘tkazildi. Shuningdek,
yangi dastur, darsliklar nashr etildi. Ushbu ma’lumotlar musiqa madaniyati
markaziga uzoq viloyatlarda, shaharlarda musiqa ta’limotini targ‘ib qilish
vositalariga aylandi.
Ularning ijodi tufayli o‘zbek bolalar musiqasi rivojlandi, musiqa orqali
o‘quvchilarning ma’naviy dunyosi shakllandi. Respublikamizda har yili
«O‘zbekiston – Vatanim, manim», «Ilhom chashmalari », «Qo‘shiq bayram»larini
o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. O‘zbekistonda musiqa o‘tish metodikasini
rivojlantirishda yangi dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratishda ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilmoqda. D. Omonullayeva, H. Nurmatov, O. Ibragimov, O.
Fayziyev, Sh. Yormatov, A. Mansurov, Q. Mamirov, N. Norxo‘jayev kabi olimlar,
kompozitorlar va tajribali o‘qituvchilar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Hozirgi kunda
musiqa madaniyati yosh avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.
|