Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

MUSIQA SAV ODI 
DINAMIK BELGILARI 
Messo forte – o‘rtacha kuchli. 
Forte – kuchli. 
Fortissimo – juda kuchli. 


107 
Piano – mayin, kuchsiz. 
Pianissimo – juda mayin, juda kuchsiz. 
Kreshchendo – tovushni asta-sekin kuchaytirish. 
Diminuendo – tovushni asta-sekin susaytirish. 
Sforsando – keskin, kuchli zarb. 
Subito piano – keskin, mayin zarb. 
Aksent – noxunning pastga qarata kuchli zarb bilan ijro etilishi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


108 
IV BOB 
SHAXSNI HAR TOMONLAMA KAMOLGA 
YETKAZISHDA TO‘GARAKLAR VA OMMAVIY 
ISHLARNI TASHKIL ETISH USLUBLARI 
Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni iloji 
boricha ko‘proq ommaviy va to‘garak ishlariga jalb etib, ularni dunyo qarashini 
har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o‘stirish, tabiatga, ona-Vatanga bo‘lgan 
mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda 
musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va to‘garak ishlari olib boriladi. Sinfdan 
tashqari musiqiy tarbiyasini ikki shakli mavjud.
1. Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli. 
2. Musiqa tarbiyasining to‘garak shakli.
Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy 
o‘quvini tekshiruvdan o‘tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga, 
qo‘shiq bayramlari, «Musiqa haftaligi», «O‘zbekiston vatanim manim», «Ilhom 
chashmalari» ko‘rik tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertalarga 
sayohat, «Alifbe» bayramlari, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. 
Ammo, 
bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab oldindan tayyorlab borilishi 
kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga oshirish 
chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim. Musiqa o‘qituvchisining 
ommaviy ishlar rejasi maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi musiqa o‘qituvchisi va maktab ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning yoshiga, 
qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda 
tuziladi. 
Bunda o‘quvchilarning musiqiy o‘quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy 
musiqa mashg‘ulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga 
oshirilmog‘i lozim. Bunda har bir mashg‘ulot turiga qarab, uni asosiy maqsadi, 


109 
xususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar 
hisobga olinib, o‘quvchilarni jalb etiladi. To‘garak ishlarini esa ish rejasini musiqa 
o‘qituvchisining o‘zi o‘z cho‘qqisi va imkoniyatlariga qarab mustaqil tarzda 
tuzadi. O‘qituvchi to‘garak ishlariga o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, xohish-
istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli to‘garaklar tuzadi. Haftasiga 2-
3 bor to‘garakni guruhlarga bo‘lib ishlaydi. To‘garak ishlarining asosi musiqa 
darsidir. To‘garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv 
qatnashadigan o‘quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, 
qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to‘garagiga jalb etiladi. To‘garak 
faoliyatini faollashtiradigan narsa bu maktab sahnasidir. O‘quvchilar tadbirlarda 
qo‘shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, tuman, shahar, 
Respublika ko‘rik-tanlovlarida qatnashadilar. Bu ularni o‘z mehnatidan 
zavqlanishi, his-tuyg‘ularini ona-Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, 
do‘stlari orasida mehr-muhabbat tuyg‘usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari 
tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish 
mumkin:
1. Xor. 
2. VIA. 
3. Ashula va raqs ansambllari. 
4. Vokal ansambllari. 
5. Cholg‘uchilar ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar). 
6. Raqs ansambli. 
7. Orkestr (duxovoy, xalq cholg‘u asboblari orkestri). 
8. Yakkaxon qo‘shiqchilar. 
9. Folklor dastasi. 
Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, 
bolalar ijodiyot markazlari, o‘quvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. 
Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, 
maktab hayotiga, ularning faol qatnashuvlarini ta’min etishi lozim. Maktab 
hayotida 


110 
boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan 
tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o‘quvchilarda san’atga 
bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishi lozim.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin