Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


YETTINCHI SINF YIL MAVZUSI: «XALQ MUSIQASINING



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

YETTINCHI SINF YIL MAVZUSI: «XALQ MUSIQASINING 
MAHALLIY USLUBLARI. MAQOMLAR HAQIDA 
UMUMIY TUSHUNCHA» 
I chorak: Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro vohalarining 
musiqiy uslublari bilan tanishuv.
II chorak: Farg‘ona, Toshkent hamda Xorazm vohalarida musiqiy uslublari 
bilan tanishuv.
III chorak: «Maqom. Shashmaqom». 
IV chorak: «Xorazm maqollari. Farg‘ona, Toshkent maqom yo‘llari». 
O‘rganiladigan asarlar badiiy va g‘oyaviy yaxlit taassurot qoldirish uchun 
ularni ma’lum asosda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday mavzular bir yoki 
bir necha dars asosida musiqa qonuniyatlarining ijrochilik turlari va uning ifoda 
vositasi bo‘lgan ma’lum mazmun bilan bog‘lanishi lozim. Masalan, «Lad nima?», 


103 
«Mahalliy musiqa uslublari », «Maqom», «Katta ashula janri», «Shashmaqom» 
shular jumlasidandir. O‘qituvchi tanlagan musiqa asarlarini muayyan tartibga 
solgan holda o‘quvchilarni mutatsiya davrida ovoziga ziyon yetkazmasligi uchun 
ularni ovoz diapazoni, ishtiyoq, zavq, musiqa va ashula sohasidagi tayyorgarligi 
e’tiborga olinishi lozim. O‘quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi ashula 
aytishdir. Ashula aytganda ovozini parvarish qilish va maxsus vokal-xor mashqlari, 
ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasida kvinta 
yoki oktava miqyosidagi qismlarida jo‘rsiz mashqlar, qo‘shiqlardan parchalar 
aytib, ovozni sozlab bir maromga solish katta ahamiyatga ega. Musiqa tinglaganda 
va xor bo‘ib qo‘shiq aytganda, musiqa sohasidan olingan barcha nazariy 
ma’lumotlari mashq qilish jarayonida mustahkamlanadi. Qo‘shiq o‘rgatish 
jarayonida o‘qituvchi asarni ifodali ijro etib, asar haqida qisqa, qiziqarli obrazli 
kirish so‘zi, asarning janri, mazmuni ifoda vositalari haqida suhbatlar o‘tkazishi 
muhim rol o‘ynaydi. Yetti yillik o‘qish davrida, musiqa sohasida ish olib borish 
natijasida o‘quvchilar musiqa savodxonligiga ega bo‘lib, musiqani ongli tahlil qila 
oladigan, yirik musiqa asarlarini radio va televideniya orqali musiqa darslarida, 
konsertlarda mehr bilan tinglaydigan, badiiy havaskorlik to‘garaklarida ishtirok 
etadigan va musiqani chin dildan sevadigan insonlar bo‘lib yetishadilar. 
Yettinchi sinfda musiqa madaniyat darslarida quyidagi qo‘shiqlar 
o‘rgatiladi: «Eh orzular», R. Tolipov she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi. «Ey 
nozanin», o‘zbek xalq kuyi, Muqumiy she’ri. «Soqinomaiy safti kalon», o‘zbek 
xalq kuyi, Bobur g‘azali. «Biz tinchlikni istaymiz», B. Isroilov she’ri, K. Kenjayev 
musiqasi. Quyidagi asarlar tinglanadi: O‘zbek xalq kuyi «Farg‘onacha», «Qo‘sh 
haydash», «Baljuvon», «Kovushim», «Qashqarcha». 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin