Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Yettinchi sinfda musiqa darslarining yil, chorak, dars mavzularining nomlari
qanday va ularning ahamiyati nimada?
2. Yettinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik tomondan organizmlarida
qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi va unga musiqa o‘qituvchisining roli?
104
3. Yettinchi sinf o‘quvchilari musiqa o‘qitishni yakunlovchi davrida qanday
dunyoqarashga, bilim va malakaga ega bo‘lishlari kerak?
4. Yettinchi sinf o‘quvchilarida mutatsiya davri qanday o‘tadi va uning o‘ziga xos
xususiyatlari nimada?
Tayanch tushunchalari Dinamik belgilari – tovuslarning qattiq, sekin ijro qilinishi.
Musiqa shakli – musiqa asarining tuzilishi.
Maqom – musiqa cholg‘u asboblarida parda va tovushlar o‘rnini
bildiradigan yetuk asar.
Shashmaqom– o‘zbek va tojik xalqlari musiqa merosining yetuk
mukammal asari.
Seminar 1. Kadrlar tayyorlash milliy modelini tuzilishi va maqsadi.
2. Beshinchi sinfda o‘quvchilarni sahnaviy asarlari bilan tanishtirish
uslublari.
3. Oltinchi sinfda mumtoz musiqa bilan tanishtirishning ahamiyati.
4. Yettinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni va metodikasi.
5. O‘quvchilarda mutatsiya davrida ovozini asrash va tarbiyalash yo‘llari.
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 7-SINF UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI MAVZU : XORAZM MAQOMLARI Darsning mavzusi: “Xorazm maqomlari”.
1. Qo‘shiq: «Ey nozanin» O‘zbek xalq kuyi, Muqumiy g‘azali.
2. Musiqa savodi: Intervallar haqida bilimlarni mustahkamlash.
3. Musiqa tinglash: Xorazm Dugoh maqomidan “Peshrav”kuyini tinglash
Darsning maqsadi: Ta’limiy: O‘quvchilarga Xorazm maqomi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Milliy musiqaga qiziqish uyg‘otish.
105
Rivojlantiruvchi: Intervallar haqida ma’lumot berish. Bilimlarni
mustahkamlash.