O‘quvchilardan:
– o‘z fikrlarini tushunarli qilib, shoshilmasdan ifodalash;
– munozara paytida suhbatdoshlariga nisbatan hurmatda bo‘lish;
– odobni saqlash (qo‘l ko‘tarib navbat bilan javob berish);
123
– boshqa o‘quvchilar gapirganda halal bermaslik;
– suhbatdoshlarini fikrlarini diqqat bilan tinglash;
– mavzudan chetga chiqmaslik;
– fikri noto‘g‘ri bo‘lsa ham munozarada ishtirok etishga intilish;
– o‘z fikrini dalillar bilan isbotlash.
O‘qituvchidan:
– o‘quvchilarni munozaraga tortish;
– o‘quvchilarni qiziqtira olish;
– o‘quvchilar xatolarini tushuntirib, to‘g‘rilab turish;
– o‘quvchilar fikrlarini bir tizimga solib turish;
– faol ishtirok etganlarni rag‘batlantirish.
Quvnoqlar va zukkolar darsining asosiy maqsadi o‘quvchilarning darslarda
olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazish, ularni mustahkamlash, darsdan tashqari olgan
bilimlarini nazorat qilish, ularni aniq bir maqsad sari yo‘naltirish, o‘quvchilarni
musiqiy asarlar bilan muloqotda bo‘lishlarini shakllantirishdan iborat. Darsning
musobaqa tarzida tashkil etilishi o‘rganilayotgan kompozitor ijodi yoki musiqiy
asarning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Bunday
darslarda kompozitorlarning mahoratlari, ular yaratgan asarlar zamiriga
singdirilgan musiqiy vositalarni anglatish, ularni o‘zlashtirishga qiziqtirish,
mustaqil
mushohada
yuritishga
odatlantirish
ham
muhim
hisoblanadi.
O‘quvchilarda faollik, topqirlik, zukkolik, hushyorlik fazilatlarini shakllantirish
dars maqsadining tarkibiy qismidir.
Quvnoqlar va zukkolar darsi – musiqiy mashg‘ulotlarning qiziqarli o‘tishini va
o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlovchi noan’anaviy dars shakllaridan
biridir. Quvnoqlar va zukkolar darsini bir necha yo‘nalishda o‘tkazish mumkin.
O‘tilgan mavzularni takrorlash, qo‘shiq kuylash, savol-javob, musiqa vositalarini
aniqlash, tinglangan musiqiy asarlarni mazmun-mohiyatini izohlash, asarlarni
yodga olish bo‘yicha turli xil didaktik o‘yinlar tarzida uyushtirish bunday dars
yo‘nalishlariga usul bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi quvnoqlar va zukkolar darsiga
alohida tayyorgarlik qilishi kerak. U savollarni avvaldan tayyorlashi, darsda
124
qanday ta’limiytarbiyaviy usullar qo‘llanishini avvaldan rejalashtirishi kerak.
Bunday darslarda musiqiy o‘yinlarni uyushtirishning boy imkoniyati mavjud.
Masalan, televideniya orqali namoyish etiladigan musiqiy ko‘rsatuvlarga taqlid
qilgan holda «Kuyni top!», «Mo‘jizalar maydoni», «Ohanrabo», «Balli qizlar!»,
«Balli yigitlar!» kabi darslarni tashkil etish orqali darslarning samaradorligini
oshirish mumkin. Quvnoqlar va zukkolar darslari o‘quv yilininng yakunida, chorak
oxirida, rejadagi har bir bo‘lim yakunida uyushtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunday darslarda sinfdagi o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi, qizlar va bolalar,
qatorlararo, parallel sinflararo bo‘lishi mumkin. Har bir jamoaga sardor saylanadi.
Ikki raqib jamoalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishadi. Faol qatnashgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladilar. Bunday darslarda maktab rahbariyati, boshqa fan usullari
qo‘llanishini avvaldan rejalashtirishi kerak. Quvnoqlar va zukkolar darsi
o‘quvchilarga uni tashkil etishdan bir hafta oldin ma’lum qilingan bo‘lishi kerak.
Musobaqaning shartlari avval o‘tilgan darslarga asoslangan bo‘lmog‘i darkor.
O‘quvchilar bir hafta davomida bilishlari kerak bo‘lgan ma’lumotlarni takrorlab,
mustahkamlab, o‘z ustilarida ishlaydilar. Musiqiy sahnalar, qo‘shiqlar va boshqa
musiqa savodiga oid bilimlar, ma’lumotlar umumlashtiriladi. O‘quvchilarning har
bir shart uchun to‘plagan ballari doskaga va juri a’zolarining maxsus daftarlariga
yozib boriladi. Dars oxirida ballar umumlashtiriladi va e’lon qilinadi hamda g‘olib
jamoa rag‘batlantiriladi. Bunday darslarga tayyorgarlik jarayoni o‘quvchilar uchun
o‘ziga xos o‘quv – biluv, takrorlash va mustahkamlash, izlanish va boshqotirish,
umuman olganda musiqiy nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga aylanadi.
Quvnoqlar va zukkolar darsidagi ta’limiy o‘yinlar, mitti boshqotirmalar, sirli
topshiriqlar, har xil faoliyatlarning almashib turishi o‘quvchilarni fikrlashga,
o‘ylashga odatlantiradi, zerikish, zo‘riqish va toliqishdan saqlaydi. Shuningdek, bu
darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarni har tomonlama: o‘rtoqlariga nisbatan
munosabati, muomala madaniyati, o‘zlarini har xil vaziyatda qanday tuta
olishlarini va boshqa xildagi xatti-harakatlarini, odatlarini yaqindan bilib, sinab
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Quvnoqlar va zukkolar darsini tashkil etishda
o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi kerak: o‘rganilgan mavzuning mazmun va
125
mohiyati, undan kutilgan maqsad va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar,
o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda «Quvnoqlar
va zukkolar» darsini rejalashtirish,
quvnoqlar va zukkolar darsining mavzusini va dars o‘tkaziladigan kun haqida
o‘quvchilarga bir hafta oldin xabar berish; quvnoqlar va zukkolar darsida
beriladigan savol va topshiriqlarni oldindan tayyorlash, javoblarni sir tutish,
dasturga muvofiq o‘tilayotgan mavzuga mos bo‘lishiga erishish, musobaqa
shartlarini hamma bilan kelishilgan holda belgilab, tasdiqlab olish, quvnoqlar va
zukkolar darsida qo‘llaniladigan ta’limiy o‘yinlarning, har bir sharti uchun berilgan
vaqt, ishtirokchilar sonini kelishib olish, quvnoqlar va zukkolar darsidagi o‘yinlar
va faoliyatlarning o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligiga ahamiyat berish,
shartlarning xolisona, haqqoniy va odil baholanishiga erishish, mag‘lub jamoani
kamsitmagan holda rag‘batlantirish. Tahlil darsi – musiqa savodi, musiqa tinglash,
qo‘shiq kuylash jarayonlarida o‘tilgan asarlarni mukammal tahlil qilishga e’tibor
beriladi. Zotan asarlarni batafsil tahlil qilish, ya’ni uning mualliflari haqida
ma’lumotlar keltirish, asarning tempi, ritmi, o‘lchovi, ladi, tonligi, dinamikasi,
shakli, qanday jamoa yoki orkestr uchun yozilganligini aniqlash, janrini aniqlash,
uning g‘oyaviy mohiyati, badiiy qiyofasini o‘rganish asar orqali musiqiy-nazariy bi
limlarni o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Tahlil darsini qanday tashkil etish va qay
yo‘sinda o‘tkazish o‘qituvchining ijodkorligiga bog‘liq. Bunday darslardan,
avvalambor amaliy maqsad ko‘zlanadi. Tahlil darslari o‘quvchilarni erkin
fikrlashga
o‘rgatadi, o‘ylashga majbur qiladi, turli muammolarga duch kelib ularni yechishga
undaydi. Suhbat darslari musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini jonli
va qiziqarli o‘tkazishning muhim vositalaridan biridir. Darslarni suhbat shaklida
uyushtirish va o‘tkazish o‘qituvchidan ijodiy izlanishni talab qiladi. Suhbatni aniq
tuzilgan reja asosida, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan tarzda olib borish o‘qituvchi
mahoratini belgilovchi omili hisoblanadi. Suhbat dars jarayonida o‘quvchi
mustaqil fikrlashga va o‘z fikrini bayon eta olishga o‘rganadi. Suhbatning
samarali, qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lishi o‘qituvchining mahoratiga, savollar
126
tuzish va ularni to‘g‘ri tanlay olishi kerak. Suhbat darslari o‘zlashtirilgan musiqiy-
nazariy bilimlarni tekshirishning eng samarali yo‘llaridan biridir. Suhbat
darslarining yana ham samaraliroq bo‘lishi suhbatdoshlarning mavzuni aniq va
yaxshi tushunishlariga, suhbat paytida beriladigan savollar aniq va lo‘nda
bo‘lishiga bog‘liq. Savollar og‘zaki tarzda berilib, xuddi shu tarzda javob olinadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar javoblaridagi xatolarni kuzatib boradi va kerak bo‘lgan
hollarda tuzatib turadi. Suhbatda mustaqil o‘rganilgan qo‘shiq, tinglangan musiqiy
asar, ko‘rilgan konsert yoki musiqiy ko‘rsatuv haqida so‘zlashish mumkin.
O‘qituvchi dars mavzusini avvaldan aytib qo‘ygan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi
tayyorlab qo‘ygan savollarini beradi va o‘quvchilar javob bera boshlaydilar. To‘liq
berilmagan javoblarni boshqa o‘quvchilar to‘ldiradilar. O‘qituvchi suhbatni
boshqarib boradi va o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi. Suhbat
darslarida o‘qituvchining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Tuziladigan suhbat uchun qiziqarli va hayotiy savollar tayyorlash.
2. Savollar mavzuni to‘la qamrab olishiga ahamiyat berish.
3. O‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifodalashlariga sharoit yaratish.
4. Savollar tizimli va izchil bo‘lishiga erishish.
5. Barcha o‘quvchilarni suhbatga jalb etish.
6. Suhbat davomida bir-birlariga hurmat ko‘zi bilan qarashga erishish.
7. Muomalada o‘quvchilarga namuna bo‘lish.
8. Fikrlarni umumlashtirish va xulosa chiqarish.
Musiqiy sayohat darslari – musiqashunoslik manbalarini o‘rganish, biror-bir
kompozitorning ijodini kengroq o‘rganish uchun kompozitorning uy muzeylariga,
konsertlarga, musiqiy festivallarga, musiqiy tanlovlarga sayohat qilish orqali yoki
videotasma yordamida biror mavzuga oid musiqiy sayohat qilish orqali
uyushtiriladi. Sayohat obyektlari dars mavzusiga bevosita aloqador bo‘lishi muhim
shartlardandir. Bu o‘z navbatida sinfda o‘tilgan darslardan ancha samaraliroq
bo‘lib, o‘quvchilar ongida uzoq saqlanib qoladi. Ularning musiqiy
dunyoqarashlarini, musiqiy tafakkurlarini shakllantiradi hamda musiqiy-estetik his-
tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bunday darslar o‘quvchilarda shu fanga va o‘qituvchiga
127
nisbatan hurmat va muhabbatni oshiradi. O‘qituvchi bilan o‘quvchilar bir-birlarini
yaxshiroq tushuna boshlaydilar, bir-birlariga ruhan yaqinlashadilar. Musiqiy
sayohat darslari ayrim shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda tashkil etiladi. Buning
uchun shahar yoki viloyatda biror-bir konsert yoki tanlov bo‘lishi, sinfda
videotasma yoki kompyuter mavjud bo‘lishi bilan bog‘liqdir. O‘qituvchi maxsus
tayyorlangan konvertlarda savollarni qator qilib terib qo‘yadi. Jamoa sardorlari
galma-gal konvertlarni tanlaydilar va jamoalari bilan kelishgan holda javob
beradilar. Har bir savolga tayyorlanish uchun belgilangan vaqt beriladi. Dars
oxirida eng ko‘p ball yiqqan jamoa reyting tizimining eng yuqori ballari bilan
baholanadilar. Qolgan jamoa ishtirokchilari javoblariga muvofiq kamroq ballar
bilan baholanadilar va hokazo. Bunday darslar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishlarini orttiradi, ularni faollashtiradi. Stol atrofida darslari «Zakovat»
televizion o‘yiniga juda o‘xshab ketadi. O‘qituvchi savollar tuzishda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, dars mavzusini hisobga olgan holda
tanlashlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |