Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Xorijiy mamlakatlarda musiqa ta’limining rivojlanishi. 
2. AQSHda musiqa ta’limini qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud? 
3. Yaponiyada qanday musiqa ta’limi tizimi mavjud? 
4. Angliya maktablarida qanday dasturlarga amal qilinadi? 
 
 
5.2. 
GERMANIYA, BOLGARIYA, VENGRIYA MAMLAKATLARI 
MUSIQA TA’LIMINING O‘ZIGA XOS TOMONLARI 
GERMANIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI 
Germaniyaning yirik nemis kompozitori va buyuk pedagogi Karl Orf (1895–
1982) jahonda keng tarqalgan bolalar musiqiy tarbiya uslubiyotining 
asoschilaridan biri hisoblanadi. Jak-Dalkrozning o‘quv tizimiga asoslanib, K.Orf 
“Oddiy musiqa” (elementar musiqa) g‘oyasini ishlab chiqdi va bu g‘oyani 
Myunxendagi (Gyunter maktabi) gimnastika va raqs maktabidagi o‘qitish uslubiga 
aylantiradi. 1953-yilda Avstriyaning Zalsburg shahrining Motsarteum deb 
nomlangan musiqa dargohida Karl Orf instituti tashkil topib, u AQSH, Angliya, 
Germaniya, Hindiston kabi 30 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan ilmiy 
muassasaga aylanib ketdi. K.Orf nomidagi institutda 400 dan ortiq o‘quvchi, 50 
dan ziyod pedagog ta’lim oladi. K.Orf kashf etgan bolalar va o‘smirlar musiqiy 
tarbiya usuli o‘quvchilarning musiqiy folklordan keng miqiyosda foydalanishi
ularning ijodiy ko‘nikma va imkoniyatlarini rivojlantirishga asoslangan. Ushbu 


140 
o‘quv usuli tamoyillari xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Shulverk” to‘plamida 
o‘zining badiiy-metodik talqinini topdi. Besh jildlik “Shulverk” uslubiy 
qo‘llanmasi, asosan umumta’lim maktablari va bolalar muassasalaridagi 4 yoshdan 
16 
yoshgacha bolgan bolalarning uzluksiz musiqiy ta’lim-tarbiyasiga 
mo‘ljallangan.
Xalq musiqa ijodiga asoslangan bu qo‘llanmadagi pyesalar bolalar ijodiy 
imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Barcha namunalarga etnografik yoki 
tarixiy manbalar asosida izoh berilgan. Bu o‘ziga xos majburiy musiqa ta’limini 
beradigan boshlangich maktabdir. K.Orfning fikriga ko‘ra, boshlangich musiqa 
tarbiyasi – bu nafaqat musiqa o‘quvi hamda ritm hissiyotini rivojlantirish, 
kuylashga 
yoki biror cholg‘uda ijro etishga o‘rgatish, balkim bolalarning ijodiy tafakkurini 
rivojlantirish, badiha malakalarini kengaytirish, yakka va jamoaviy ijro jarayonida 
musiqani ijod etish qobiliyatini rivojlantirish hamdir. Guruhdagi bolalar soni 10-12 
kishidan oshmasligi kerak. Barcha mashg‘ulotlar jamoaviy tarzda olib boriladi, 
bunda bolalar qo‘shiq ijro etib, raqsga tushadilar, navbat bilan musiqa 
cholg‘ularida 
chaladilar, turli jismoniy mashqlarni bajaradilar. Asta-sekin bolalar shu darajaga 
yetib boradiki, ular butun tomosha sahnachalarni, keyinchalik hatto spektakl, 
undagi musiqa, she’riy matn, sahna jihozini, barcha xatti-harakatlarni ham o‘zlari 
o‘ylab topadilar. K.Orf cholg‘u jo‘rnavozligiga ham katta ahamiyat beradi. 
“Shulverk”da
nazarda tutilgan jamoaviy cholg‘u ijrochiligi bolalardan maxsus tayyorgarlik va 
bilimlarni talab qilmaydi, ammo bunda ta’limning oddiyligi bilan musiqa 
yangrashining yuqori sifatlari uyg‘unlashadi. “Shulverk”dagi aksariyat namunalar 
vokal mashqlarga asoslangan. Orfning uslubi notaga qarab ijro etish (ya’ni nota 
savodi)ga bog‘liq bo‘lmasa-da, institut pedagoglari relyativ solfedjioga o‘zgacha 
yondashadilar: bolalarga tovushlarning nisbiy va mutlaq nomlarini baravar 
o‘rgatadilar. Hozirda “Shulverk” to‘plamlaridan ko‘p mamlakat larda 
foydalanilmoqda. K.Orf ta’kidlab o‘tganki, “Shulverk” kitobini har bir mamlakatda 


141 
milliy musiqa, shu jumladan bolalar folklori bilan boyitish zarur. “Shulverk”ning 
fransuz, yapon, ingliz, shved va boshqa milliy nashrlari mavjud. Mazkur kitob 
ko‘r, soqov, maxsus logopedik bolalar maktablarida joriy etilmoqda.
K.Orf institutida ertalabki darslar yosh pedagoglar, oliygoh talabalari bilan 
o‘tkaziladi. Bolalar mashg‘ulotlari kunning ikkinchi yarmida o‘tadi. K.Orfning 
didaktik konsepsiyasi jahon o‘quv amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, turli uslubiy 
yechimlarga yo‘l ochadi va ijodiy tafakkurni rag‘batlantirishga, badiha malakalari 
va musiqiy ritmik his-tuyg‘uni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin