158
1-mashqlar va ritmik o‘yinlar bo‘lib, ularda muayyan vazifalar
rejalashtiriladi, masalan, musiqa sur’ati, dinamikasi, ritmikasi o‘zgarishiga
bolalarning sezgirligini oshirish;
2-usul va jismoniy harakatlardan iborat musiqa shakllari (uch qismli,
variatsiya va boshqa)ni yaratish;
3-tinglagan musiqa asarlariga izoh berish;
4-ashula va raqs o‘yinlari.
Barcha sinflarda bir necha daqiqalar davomida
musiqani eshitish joriy
etilgan.
Sakkiz yillik maktablar uchun fonotekalar tuzilib, unga maxsus ishlab
chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalar ilova qilingan. Mazkur qo‘llanmalarda turli
yoshdagi bolalarning ijodiy tasavvurni rivojlantirish, diqqat va xotirani
faollashtirish usullari ta’riflanadi, yozib olingan musiqa asarlarining tahlili beriladi,
kompozitor va ijrochilar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Musiqani tinglash jarayoni
boshlang‘ich sinflarda polyak tili dasturidagi muayyan musiqa mavzusiga, yuqori
sinflarda
esa tarix, geografiya, badiiy va fuqorolik tarbiyasi fanlari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Polyak maktablari musiqiy tarbiya darslarida musiqa bilan tasviriy
san’atning uyg‘unlashuviga e’tibor beriladi. Shu maqsadda darslarda musiqa va
tasviriy san’atning uyg‘unlashgan shakllari, shu jumladan, audiovisual jihozlari
yordamida kino, televideniya kabi turlari qo‘llaniladi. Xor qo‘shiqchiligi bolalarda
tasavvur va ijodiy
tafakkurni rivojlantirish, qo‘shiq orqali tashqi olamni idrok
etish, dunyo haqidagi bilimlarni egallash va boyitishning manbalaridan biri
insonparvarlik tarbiyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ta’riflanadi. Xor
jamoasida qo‘shiq aytish zamonaviy inson uchun zaruriyat hisoblanadi. Yevropa,
Amerika va Osiyo mamlakatlaridagi musiqiy tarbiya shakl va tizimlarini tahlil
qilib ham ijobiy, ham salbiy tomonlari haqida xulosa chiqarish mumkin.
Ijobiy tomonlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: musiqa materialining
asosi sifatida xalq musiqasidan keng foydalanish; musiqa o‘quvi, ritm, xotirani
rivojlantirish, musiqa savodxondigini oshirish yuzasidan ommabop usullarni tatbiq
etish, musiqa o‘qituvchilarining pedagogik tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish,
159
o‘qituvchilar musiqiy tayyorgarligining maqsadga
muvofiq usullarini qidirib
topish, ta’limda texnik vositalaridan keng miqyosda foydalanish. Xorijdagi
musiqiy tarbiya sohasidagi salbiy holatlar, ziddiyatlar, asosan, musiqa
o‘qituvchilarining tayyorlash jarayonida, shuningdek, umumta’lim
maktablarda
yagona o‘quv rejalari va dasturlarining yo‘qligida namoyon bo‘lmoqda.
Jahon musiqiy tarbiya tizimi bugun izlanishlar bosqichidadir. Unda mavjud
bo‘lgan turli maqsad va vazifalariga qaramasdan musiqiy tarbiyaning umumiy
tomonlarini ham ko‘rsatish mumkinki, uning asosini ijodiy va asosan jamoaviy
(ommaviy) musiqa ijrosi tashkil qilish kerak. Bolalar musiqiy tarbiyaning eng
yangi usullari bilan tanishish, tajriba almashish,
uchrashuv, seminar, anjumanlar,
bolalar xor jamoalari ko‘riklarini o‘tkazish va boshqa chora-tadbirlar bolalar
musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasida jadal rivojlanishga olib boradi.
Hozirda, ISMYEdan tashqari, konservatoriya va musiqa akademiyalarining
Yevropa Assotsiatsiyasi va Umumjahon xor federatsiyasi tashkil qilingan. Ushbu
xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish yurtimizning musiqa pedagogikasi,
musiqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining bundan
keyingi rivojlanishi va
mukammallashuvi uchun zarur bo‘lgan ilg‘or uslubiyotning egallashda muhim
o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: