Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

raqs, marsh turadi. Bu ishda oddiy janrlar bolalar uchun musiqa haqida 


152 
tushunchalarning shakllanishida birinchi qadamdir. Musiqiy asar orqali ya’ni, 
qo‘shiq, raqs, marsh janrida yozilgan asarlarni eshitib, ularni farqlash, aniqlash, 
tinglaganda fahmlay olishini maqsad qilib qo‘ygan. Keyingi bosqichda ushbu 
tushunchalar chuqurlashtiriladi, ya’ni raqssimon, marshsimon, qo‘shiqsimon 
asarlar bolalarga eshittirilib, ular haqida yorqin fikr yuritish malakalari 
rivojlantirilishi maqsad qilib qo‘yiladi.
Umuman D.B.Kabalevskiyning ishlab chiqqan musiqiy o‘qitish tizimi 
musiqiy asarlar orqali hamma bilim va malakalarni bolalarga taqdim etish asosida 
tuzilgan. 
Shu 
bilan 
birga 
pedagogikaning 
muammoli o‘qitish tizimi 
Kabalevskiyning tizimida asosiy vositalardan biri bo‘lib qolgan. Ya’ni bolalar 
o‘zlari fikr yuritib, muhokama qilib, o‘qituvchining rahbarligida ma’lum bir bilim 
malakalarga ega bo‘lishligi nazarda tutiladi.
 
ESTONIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI 
Estoniyadagi musiqa tarbiya tizimi qo‘shiq bayramlarining ko‘p yillik xalq 
an’analari asosida shakllanadi hamda eston xalqining yuksak xor san’atini saqlab 
qolishga intilgan musiqa o‘qituvchilarining, musiqachilarning ulkan tashabbuslari 
hisobiga rivojlanib bordi. Hozirgi zamon musiqiy tarbiyasining ildizlari XIX asrga 
qarab o‘tilgan. Sankt-Peterburg konservatoriyasida musiqa ta’limini olgan birinchi 
eston kompozitorlari bolalarga beradigan musiqiy tarbiyaning zarurligini angladilar 
va bolalar uchun xor pyesalari hamda qo‘shiqlarini shuningdek, maktablar uchun 
ko‘plab to‘plamlarni yaratishga e’tiborlarini qaratdilar. Estoniya musiqa hayotida 
qo‘shiq bayramlarini o‘tkazish katta voqeadir. Bu bayramlarni o‘tkazishdan oldin 
har bir tumanda qo‘shiq kunlari o‘tadi. Birinchi ommaviy qo‘shiqlar bayrami 
1869-yili Tartu shahrida o‘tkazilgan. Bunda hamma vohalardan erkaklar xor 
jamoalari (sakkiz yuz kishidan iborat) ommaviy ravishda qatnashish uchun 
to‘planadilar. Ushbu bayram bugungi kunga yetib kelgan an’analarga asos soldi. 
Bolalar xor jamoalari 1870-yildan boshlab (doimiy ravishda bo‘lmasa ham) 
qo‘shiqlar bayramida ishtirok etmoqdalar. Qo‘shiqlar bayrami birinchi kundan 


153 
boshlab, aholining hamma qatlamlarini san’atga jalb etishga asoslangan edi. 1947-
yildagi umumrespublika qo‘shiq bayrami 25000 dan oshiq qatnashchilarni yig‘ini 
va umumxalq ommaviy bayramiga aylandi. 1947-yildan boshlab maktab xor 
jamoalari hamma qo‘shiq bayramlarida ishtirok eta boshlaydilar. Dastlab, 
bayramlarda maktab bolalar xor jamoalari, aralash va ayollar xor jamoalari 
shunindek, damli cholg‘ular jamoalari ishtirok etdilar. 1960-yildan boshlab o‘g‘il 
bolalar xor jamoalari ham ishtirok eta boshladilar. V.Laul boshchiligidagi o‘g‘il 
bolalar qo‘shma xorini alohida ko‘rsatish lozim. 1965-yili birinchi marta 
respublika yosh skripkachilar ansambli ishtirok etib, qo‘shiq bayramini 
an’analariga yangilik kiritdilar. Maktab xor jamoalari qatnashchilarining soni oshib 
borayotganligi, shu munosabat bilan qo‘shiq bayramlarini tashkil etishda paydo 
bo‘lgan qiyinchiliklarni hisobga olib, umumrespublika qo‘shiqlar bayrami orasida 
maktab o‘quvchilari xor jamoalarining ko‘riklarini o‘tkazishga qaror qilindi. 
Bayramning birinchi kechasi 1962-yilning yozida Tallin shahrida o‘tkazildi. 
Qatnashchilarning umumiy soni 20000ga yaqin edi. Xor ishida eng muhim va 
qiziqarli shakllardan biri 1963-yildan boshlab o‘tkazilayotgan yozgi qo‘shiq 
oromgohlaridir. Ikki soatlik qo‘shiq mashg‘ulotlari bolalarning kayfiyatlariga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sport va boshqa o‘yinlar esa kunning qolgan vaqtini 
to‘ldiradi. Estoniyadagi qo‘shiqlar bayramiga tayyorgarlik jarayonida seminar va 
yozgi yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Seminarning alohida shakli – dirijorlarning 
respublika qo‘shma xori bo‘lib uning tarkibiga 200 dan ortiq musiqa o‘qituvchilari 
va xor dirijorlari kiradi. Bu xor jamoasini respublikaning eng yaxshi dirijorlari, shu 
qatorda Gustav Emesaks, Yuriy Variste edi. Ularning xorni boshqarishi mamlakat 
xormeysterlarining malakasini oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar va yoshlarning 
musiqa madaniyatini rivojlanishiga maktabdan tashqari musiqiy tarbiya ham katta 
ahamiyatga ega. 1951-yili Yu.Variste rahbarligi ostida Tallindagi o‘smirlar saroyi 
qoshida bolalar xor jamoasi tashkil qilindi. Bugungi kunga kelib bu jamoa xor 
maktabiga aylanib, hamma sinf o‘quvchilarini qamrab olgan. Xor jamoasi bitta 
asosiy va uchta tayyorlov xor jamoalaridan iborat. 1964-yildan boshlab xor 
maktabi o‘quvchilari nota o‘qishning yangi “Yo-LYE-MI” tizimiga o‘tdi, yangi 


154 
repertuarni muvaffaqiyat bilan egallab, notani juda yaxshi o‘qib, musiqa 
ohanglarini to‘g‘ri kuylamoqda. 1964-yili respublikada bolalar musiqa maktablari 
o‘quvchilaridan iborat yosh skripkachilar ansambli tashkil etildi. Orkestr 
repertuarini bolalar o‘zining turar joylarida o‘rganadilar va har yili 3-4 marta 
konsertlar uchun repetitsiyaga yig‘iladilar. Orkestr qatnashchilarining yoshi 7 dan 
17 gachadir, ya’ni o‘qishni boshlayotgan va uni tugatayotgan o‘quvchilar bir 
jamoaga birlashgan. Orkestr konsertlari doimo muvaffaqiyat bilan o‘tmoqda. O‘sib 
kelayotgan yosh avlodga musiqa-xorni o‘rgatish respublikadagi eng yaxshi bolalar 
xor jamoalaridan biri ‘‘Ellerxeyne”ning rahbari X.Kalyustening hissasi kattadir. 
Bu jamoadagi ijrochilik madaniyatining yuqori saviyada ekanligi bolalar bilan 
yaxshi tashkil etilgan ishning bevosita natijasidir. Xor jamoasidagi mashg‘ulotlar 
natijalari faqat qo‘shiq ijro etish bilan chegaralanib qolmagan. Xor jamoasida 
qo‘shiq aytish bolalarning his-tuyg‘ulari va salohiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, 
ularning ma’naviy kamolotiga turtki bo‘ladi. Musiqa bilan shug‘ullanish 
bolalarning badiiy bilim darajasini kengaytiradi, ularning dunyoni tasavvur 
qilishlariga yordam beradi. Shaxsga beriladigan estetik tarbiyaning muhim tarkibiy 
qismlaridan hisoblangan xor qo‘shiqchiligini buyuk mazmuni ana shundadir.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin