151
harakatlarini his etgan holda mashqlarni takrorlash va ritmik harakatlar bajarish
yaxshi natija beradi. Jak-Dalkroz, Zoltan Koday, Karl Orf tomonidan ishlab
chiqilgan musiqiy tarbiyaning yaxlit tizimlari turli mamlakatlardagi musiqa tarbiya
nazariyasi va amaliyoti ishlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Gollandiyada musiqa ta’limini rivojlanish tarixi.
2. Ruminiyada nafosat tarbiyasini shakllanishida xalq an’analarining
ahamiyati.
3. Chexiyada musiqa o‘qitishning o‘ziga xos tomonlari.
4. Shveytsariyada musiqa ritmik harakatlarni musiqa madaniyati darslarida
tutgan o‘rni.
5.4. ROSSIYA, ESTONIYA, LITVA, POLSHA
MAMLAKATLARIDA MUSIQA TA’LIMINING RIVOJLANISHI.
ROSSIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI
Rossiyada musiqa pedagogikasi katta muvaffaqiyatlarga erishdi va jahon
musiqa jamoatchiligining hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Shu jumladan, taniqli
kompozitor, pedagog, musiqa va jamoat arbobi D.B.Kabalevskiy (1909–1982)
hozirgi zamon musiqiy tarbiyasiga katta hissa qo‘shdi. D.B.Kabalevskiy ishlab
chiqqan tarbiya tizimida ichki aloqalar birligi mezoni asosiy o‘rin tutadi. Uning
fikricha, darsning tarkibiy mushtarakligi mashg‘ulotlar izchilligining asosini
tashkil etishi kerak. Birlik mezoni bilan bir qatorda, dasturda umumlashtirish
qoidasiga o‘rin ajratilgan. Ta’kidlash lozimki, bolalar bilim egallashida
“xususiylikdan umumiylikka” formulasi “umumiylikdan xususiylikka” qoidasi
bilan almashtirilgan. D.B.Kabalevskiy tizimining asosida “uch kit” ya’ni
qo‘shiq,
Dostları ilə paylaş: