148
vazifalar mavjud bo‘lib, ularni bajarib, bola asta-sekin notani yozish va o‘qishni,
nota bo‘yicha qo‘shiq aytish va o‘yin o‘ynashni o‘rganadi.
“Musiqani eshitamiz” keyingi kitobi esa Gollandiya va Belgiyada nashr
etildi. Bundan tashqari Gollandiyada grammplastinkalar chiqarilgan edi, ulardan
Pyer van Xauvening musiqiy tarbiya usullari va tizimini aniq tushunish mumkin.
Pyer van Xauvening “musiqa bilan o‘yinlar” nomli musiqiy tarbiya usuli nafaqat
Gollandiyada, shuningdek, Zalsburgdagi Motsarteumda, Belgiya, Norvegiya,
Fransiyada keng tarqalgan. Uning kitoblari turli tillarga tarjima qilingan va Delft
shahriga jahonning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan muallimlar musiqa
pedagogikasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminarlarda uning tizimi bilan
yaxshiroq tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘tkir qobiliyatga ega musiqachi,
mohir psixolog, olijanob va xushchaqchaq inson, o‘ta farosat sohibi bo‘lmish Pyer
van Xauve birinchi sinf o‘quvchilari bilan, turli yoshdagi bolalar bilan va
shuningdek, o‘zini o‘rab turgan hamma kishilar bilan ham til topa oladi. “Musiqa
shodlik ulashishi lozim” – bu Pyer van Xauve hayotidagi asosiy shiordir.
Dostları ilə paylaş: