160
GLOSSARIY
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar
hamda shaxs xatti-harakatini
tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan
olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong – shaxga axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur
bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro
munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish
asosida ularda axloqiy ong, axloqiy
faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi
bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Bashoratlash - bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va
ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma'qulini tanlab olish.
Baho – ta'lim oluvchilarga ularning ta'lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga
nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta'sir ko‘rsatish vositasi.
Bilim –
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko‘rinishida
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui.
Bilim olish –
borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma,
malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Bilish - ob'ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli;
ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni.