164
Ko‘rgazmali metodlar - predmet, hodisa yoki jarayonlar
mohiyatini tabiiy holatda
namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) - o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib,
parvarish qilish, ishlov berish
ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning
faoliyati tufayli
qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy
va ma'naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta'lim (bilim olish) mazmuni)
– ta'lim jarayonida shaxs tomonidan
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda
faoliyat usullari tizimi.
Maktabdan tashqari ta'lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa
yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta'limga bo‘lgan,
yakka
tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti
va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim bosqichi.
Dostları ilə paylaş: