167
boshqalar) va sub'ektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va
faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta'lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida
tashkil etiluvchi hamda
ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta'lim metodlari – ta'lim jarayonidaqo‘llanilib, uning samarasini ta'minlovchi
usullar majmui.
Ta'lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta'limning aniq yo‘nalishini
belgilab beruvchi yetakchi g‘oya.
Ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) – ta'lim yakunining
mohiyatini qayd etuvchi
tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan
maqsadni amalga oshirish
darajasi.
Ta'limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o‘quvchilar
guruhi bilan
o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo‘yicha olib boriladigan ta'lim
jarayoni.
Ta'lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-
tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta'lim muassasalari
majmui.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini
sifat va miqdoriy
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Dostları ilə paylaş: