Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


BOLGARIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

BOLGARIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI 
Bolgariyada musiqa darslari o‘quv rejasiga muvofiq maktabni birinchi 
sinfidan to‘qqizinchi sinfiga qadar o‘tkaziladi, 10–12-sinflarda esa ixtiyoriy 
mashg‘ulotlar tarzida, haftada ikki soatdan olib boriladi. Birinchi sinfda musiqa 
darsiga 1 «shartli» soatdan iborat, chunki birinchi sinf tayyorlov sinfi bo‘lib, unda 
musiqa eshitib kuylaydilar va raqsga tushadilar. 2–4-sinflardan esa musiqa 
darslariga ikki soatdan ajratiladi. 2-sinfdan boshlab o‘quvchilar darsda musiqa 
savodini va qo‘shiq aytishni tizimli ravishda o‘rgana boshlaydilar. Bolgariyadagi 
ommaviy musiqiy tarbiyaning asosi bu – xalq qo‘shiqlaridir. 6-sinfdan boshlab 
o‘quvchilar asosiy janrlar va Bolgariya musiqa madaniyati bilan tanisha boradilar. 
Bolgar xalq musiqasi o‘ziga xos usul, ohang va boshqa xususiyatlarga ko‘ra 
hozirgi zamon yoshlarining musiqa ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga egadir. 
Bolgariyada asosan diqqat-e’tibor ommaviy havaskorlik jamoalari – folklor 
ansambllariga qaratilgan. Ularning faoliyatida xalq ijodi namunalari milliy 
ijrochilik uslubiga yaqin ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Xalqchillik ruhida 
tarbiyalashga xizmat qilayotgan bolalar va yoshlarning qo‘shiq va raqs xalq 
ansambllari ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va badiiy-emotsional ta’sirning 
vositalaridir. Bolgar xalq qo‘shig‘ining boyligini egallash, uning o‘ziga xos ohang 
ko‘lamini o‘zlashtirish, bolalarda musiqiy tasavvur hamda ijro malakalarini 
egallashga ko‘maklashadi, milliy hamda jahon mumtoz musiqa asarlarining 
go‘zallik va boyliklarini baholashga imkon beradi. Bolgariya ommaviy musiqa 


142 
ta’limining milliy uslubiyoti, uning bolalarda musiqaviy ijrochilik, ritmik 
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan usullari, musiqiy tarbiyaning dastlabki 
bosqichida o‘quvchining badiha va boshqa ijodiy harakatlarini rag‘batlantiradi. 
Bolgariya musiqa ta’limi tizimida notasiz kuylashdan, notaga qarab kuylash 
jarayoniga o‘tishda 1923-yilda Boris Trichkov tomonidan ishlab chiqilgan 
“stolbitsa” (ustun) metodi keng tarqaldi. Oddiy, ommabop, qiziqarli bo‘lgan 
“stolbitsa” usuli, ayniqsa, umumta’lim maktab bolalari bilan ishlashda katta 
yordam bermoqda. Bu uslub asosan musiqa savodi jarayonida qo‘l keladi. Biroq, 
amaliyotda qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash jarayonlarida bu metoddan faqat do 
major miqyosidagina foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsini 
barcha o‘quv fanlaridan mashg‘ulot olib boradigan pedagoglar o‘tkazadilar. Ular 
gimnaziyani bitirgach, muallimlar institutida ta’lim oladilar. Muallimlar institutida 
o‘qish muddati uch yil.
5–8-sinflarda ashula darsini ikki o‘quv fani (masalan, til va ashula) bo‘yicha 
pedagogika institutining maxsus fakultetida ta’lim olgan o‘qituvchi o‘tadi. 9–12-
sinflarda esa konservatoriyaning musiqiy pedagogika bo‘limlarining bitiruvchilari 
olib boradilar. Ularning o‘qish muddati 4 yil.
O‘quv dasturlarida ko‘rsatilganidek, musiqa darsini asosini guruhli kuylash 
va musiqa cholg‘ularida ijro etish tashkil etadi. Darslarda qo‘llaniladigan musiqa 
cholg‘ulari turli-tumandir: urib chalinadigan cholg‘ular – bolgar (milliy) va maktab 
o‘quvchilari tomonidan yasalgan havaskorlik cholg‘ulari; metallofonlar, milliy 
puflab chalinadigan (surnaycha, hushtak va hokazo), furuylar (venger xalq 
cholg‘usi); “melodika” (akkordeonga o‘xshash katta bo‘lmagan cholg‘u). Bu 
cholg‘ularda ijro etish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi va bolalarni musiqa 
darslariga faol jalb qiladi. Ko‘pchilik bolgar o‘qituvchilari musiqiy cholg‘ularni 
darslarda keng qo‘llanishiga ehtiyotkoronalik bilan qarashmoqda. Ularning 
fikrlariga ko‘ra mazkur cholg‘ularni dars jarayoniga tatbiq etish boshqa faoliyat 
turlariga kam e’tibor berilishiga sabab bo‘lmoqda. 1970-yillarda qabul qilingan 
dasturga ko‘ra musiqa tinglash jarayoniga juda kam soat ajratilgan bo‘lib, musiqa 


143 
darslarining asosiy faoliyatlari jamoa bo‘lib kuylash va musiqiy cholg‘ularda ijro 
etishdir. O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, mazkur dastur o‘zini oqlay oldi. 
Maktabdagi o‘quv jarayoni darsliklar va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan 
uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu narsa, albatta, ommaviy 
musiqiy tarbiyani amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 2–9-sinflar uchun 
yaratilgan darsliklar o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun muhim vosita bo‘lib xizmat 
qilmoqda. Bundan tashqari o‘qituvchilar uchun chiqarilgan o‘quv qo‘llanmalar 
notaga qarab kuylash, metodika masalalari, vokal-xor malakalarini shakllantirishga 
qaratilgan bir qator muammolar yechimiga qaratilgan. Bolgariyada sinfdan tashqari 
ta’lim masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, xor madaniyatini 
rivojlantirishga Sofiya o‘smirlar saroyining “Bodra smyana” bolalar xor jamoasi 
o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. Jamoa 1947-yilda tashkil topgan bo‘lib, u ko‘p 
yillar davomida bu jamoaga Bolgariya xalq artisti, professor Boncho Bochev 
rahbarlik qilgan edi. Xor jamoasi tarkibida 380 a’zosi bo‘lib, katta va kichik 
yoshdagi bolalar guruhlari, 100 kishilik konsert guruhidan iborat. Mazkur jamoa 
dasturiga murakkab ko‘povozli, turli janr va uslubdagi asarlar kirgan. Bolalar va 
o‘smirlar havaskor xor maktab – studiyasi bolalar xor jamoalarining zamonaviy 
ko‘rinishi sifatida yosh ijrochilar uchun ma’lum kasbiy istiqbollarini ochib beradi. 
Shunday jamoaning muntazam konsert faoliyati, havaskor xor jamoaning xor 
maktabiga aylanishidagi muhim shart-sharoitlaridan biridir. Yuqorida tilga olingan 
jamoadan tashqari, Bolgariyada boshqa juda ko‘p bolalar va o‘smirlar xor 
maktablari mavjud. Ushbu maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar kasbiy xor 
jamoalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xor jamoalari 
negizida turli xil repertuarga ega bo‘lgan kamer, modregal, katta konsert jamoalari 
shakl topishi mumkin. B. Bochev “Bodra smyana” 
xor jamoasining ish tajribasini har bir bolalar xor jamoasiga tatbiq etish mumkin. 
Bolalar va o‘smirlar havaskor xor maktablarini mustahkamlash zamon talablariga 
javob beradigan, mukammal tashkiliy o‘quv shakllarini vujudga keltirish mumkin. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin