Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


  VENGRIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 


144 
VENGRIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI 
Vengriyada musiqiy tarbiya sohasida erishilgan asosiy yutuqlar zamonaviy 
venger asoschilaridan biri kompozitor, xalq og‘zaki ijodi bilimdoni, musiqashunos, 
pedagog Zoltan Koday (1882–1967) nomi bilan bog‘liqdir. Bolalarning musiqiy 
tarbiya sohasidagi o‘zining faol va sermahsul faoliyatini Zoltan Koday 1920-
yillardan boshladi. Z.Kodayning bolalar musiqiy tarbiya tizimi ommaviylik 
tamoyiliga asoslangan. Buyuk alloma xor jamoasida qo‘shiq aytish hammaga ham 
mumkinligini alohida ta’kidlagan, keng ommani xor ijrochiligiga alb etib, bu ishga 
alohida diqqat va e’tiborni talab qildi. Uning butun musiqiy ta’lim jarayoni xalq 
kuylariga asoslangan. Koday ommaviy venger maktabiga “Tonika-sol-fa” usulini 
kiritdi. Uning g‘oyalari ikkinchi jahon urushidan so‘ng ommalashib ketdi. Koday 
metodi bu – yaxlit tizim bo‘lib, relyativ (nisbiy) solmizatsiya, kuylayotgan 
o‘quvchilarga qo‘l harakati yordamida beradigan ko‘rsatmalar, venger xalq 
qo‘shiqlari, musiqani chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan umumta’lim maktablari, 
xor sinflari hamda guruhli kuylashdan iborat. Unutmaslik kerakki, Koday metodi 
haqida gap ketganda so‘nggi musiqiy tarbiya konsepsiyasi haqida, uni hayotga 
tatbiq etish yo‘llari to‘g‘risida bormoqda. Bularni Z.Koday turli manbalardan olib, 
venger musiqasi xususiyatlariga moslashtirdi. Guruhli kuylash Vengriyada 
haqiqatdan, umumxalq jarayoni bo‘lib, bunga musiqa savodxonligi nota bo‘yicha 
qo‘shiq ayta olishga yordam beradi.
Z.Kodayning “2000-yilga kelib, har bir umumta’lim maktabini bitirgan 
o‘smir notani erkin o‘qiy oladi” degan orzusi amalga oshmoqda. Vengriyada 
musiqiy tarbiya yuqori darajadadir. Butun mamlakatdagi umumta’lim maktab 
tizimining asosi 8 yillik to‘liqsiz o‘rta maktab bo‘lib, uni bitirgan o‘quvchilar 4-
sinfli gimnaziyaga o‘tadilar. Birinchi sinfda bolalar haftada 2 marta 0,5 soatdan, 2–
7-sinflarda esa haftada 2 soat “Musiqa” o‘quv fani bilan shug‘ullanadilar. Bundan 
tashqari, har hafta ikki soat orkestr mashg‘ulotlariga ajratilgan. Gimnaziyaning 3–
4-sinflarida o‘quvchilar musiqa adabiyoti bilan tanishish va birorta musiqa 
cholg‘usini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umumta’lim maktablari orasida 


145 
“Musiqa qo‘shiqchiligi” to‘liqsiz o‘rta maktablari, ya’ni musiqani chuqur 
o‘rganishga qaratilgan umumta’lim maktablari keng joriy etilgan. Ularda 1–4-sinf 
o‘quvchilari haftada 6 soat, 5–7-sinflarda esa 4 soat musiqa va 2 soat xor 
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadilar. Maktablarda, shuningdek, fortepiano, 
skripka, puflama-musiqa cholg‘ulari sinflari mavjud. Bunday maktablardagi 
sinflarda o‘quvchilar soni umummaktab sinfidagi bolalar soniga nisbatan kamroq, 
ya’ni 26 o‘quvchidan ortmaydi. Bundan tashqari ularda umumta’lim yo‘nalishidagi 
o‘quv fanlarining soni ham qisqartirilgan.
Boshlang‘ich sinflarda barcha o‘quv fanlaridan bilim berayotgan o‘qituvchi 
musiqa darsini ham o‘tadi. 5–8-sinflarda bu darslarni musiqa mutaxassisi olib 
boradi. Bolalarning musiqa savodini chiqarishda ustoz tomonidan qo‘l harakatlari, 
maxsus imo-ishoralar qo‘llaniladi. Relyativ solminizatsiyani chuqur o‘rgangandan 
so‘ng o‘quvchilar mutlaq tizimga o‘tadilar. Musiqa ta’limini berish, shu jumladan 
musiqa o‘quvini rivojlantirish uslubiyoti, asosan, bolalar ongining o‘ziga xos 
tomonlarini hisobga olgan va ularga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 
Umumta’lim maktablarida fortepiano, fleyta, yog‘och simbala va ayrim urma 
cholg‘ularidan foydalaniladi. Koday tizimi, ayniqsa, musiqani chuqur o‘rganishga 
yo‘naltirilgan va umumiy ta’lim maktablarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. 
Har kungi musiqa darslari bolalarda usullarni ajrata bilish tajribasini, xotira, his- 
tuyg‘ularni rivojlantiradi. 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ta’lim oladigan 
gimnaziyalarda musiqa tarixi fani o‘rganiladi, barcha janr, uslub va davrdagi 
musiqa asarlari eshitiladi, shuningdek, sinfdan tashqari ishlaydigan xor va orkestr 
jamoalarida faoliyat ko‘rsatadilar.
Vengriyada maxsus musiqa ta’limi beradigan gimnaziyalar ham mavjud. 
Bunday gimnaziyalar bitiruvchilari, aksariyat hollarda boshlang‘ich sinf musiqa 
o‘qituvchilari bo‘lib ishlaydilar. Shuningdek, Vengriyada bir nechta musiqa bilim 
yurtlari ham mavjud. Mazkur o‘quv yurtlarida o‘quvchilar umumta’lim fanlari 
bilan birga biror musiqa cholg‘usini, solfedjio, garmoniya, guruhli kuylashni 
o‘rganishadi. Gimnaziya bitiruvchilari o‘qishni (ta’lim olish muddati 3 yildan 5 
yilgacha bo‘lgan) Ferens List nomidagi Musiqa akademiyasida davom ettirishlari 


146 
mumkin. 3 yillik kurslarda umumta’lim maktablari uchun solfedjio, qo‘shiq, biror 
musiqa cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchi tayyorlanadi. 5 yillik 
ta’lim esa oliy malakali o‘qituvchi va ijrochi artistlarni tayyorlaydi. Bundan 
tashqari Vengriyada yuqori sinf musiqa o‘qituvchilari tayyorlaydigan 4 yillik oliy 
o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib, bu yerda talabalar muayyan musiqa ixtisosligi bilan 
birga ikkinchi mutaxassislik (masalan, musiqa va tarix, musiqa, til va boshqalar)ni 
egallaydilar. Z.Koday tizimi Vengriyadagi musiqa ta’limi va tarbiyasining barcha 
bosqichlarida joriy etilmoqda. Venfiya musiqashunos pedagoglarining tajribasi 
dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jumladan, O‘zbekistonda ham musiqashunos 
va pedagogika mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. 
Z.Koday tizimi turli milliy, madaniy an’analarga muhim ravishda moslashib 
bormoqda va shuning uchun u jahonning aksariyat mamlakatlarida keng miqyosda 
ommalashib ketdi. Vengriyada butun xalq musiqiy savodini chiqarish vazifasi 
muvaffaqiyat bilan hal etilmoqda. Bunda, musiqani chuqur o‘rganishga 
yo‘naltirilgan umumta’lim mamlakatlarida xor kuni o‘tkaziladigan musiqa darslari 
katta ahamiyat kasb etmoqda. Guruhli kuylash Vengriyada chindan ham, 
umumxalq 
jarayonidir, bunga odamlarning musiqa savodxonligi, notaga qarab kuylash 
malakasi ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin