Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Rossiya mamlakatlarida D.Kabalevskiyning musiqa ta’limi rivojiga 
qo‘shgan hissasi.. 
2. Estoniyada xor san’atining rivojlanish tarixi. 
3. Karl Orfning musiqa darslarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanishi. 
4. Polsha davlatida musiqa ta’limini integratsiya fanlarini o‘qitilishi haqida. 


160 
GLOSSARIY 
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar 
hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan 
olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. 
Axloqiy ong – shaxga axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi 
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur 
bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, 
mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy 
faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni 
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
Bashoratlash - bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va 
ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma'qulini tanlab olish.
Baho – ta'lim oluvchilarga ularning ta'lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga 
nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta'sir ko‘rsatish vositasi. 
Bilimshaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko‘rinishida 
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui. 
Bilim olishborliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba 
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni. 
Bilish - ob'ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayoni. 


161 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin