Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Ma’ruza – musiqa madaniyati darslarini va uni o‘qitish metodikasini  nazariy asoslari va metodlarini o‘rgatish demakdir. Amaliy mashg‘ulotlar –



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Ma’ruza – musiqa madaniyati darslarini va uni o‘qitish metodikasini 
nazariy asoslari va metodlarini o‘rgatish demakdir.
Amaliy mashg‘ulotlar – mavzuli rejalar asosida og‘zaki so‘rov, suhbat, 
dars, seminarlarga tayyorlanadi hamda didaktik materiallar asosida amaliy dars 
faoliyatlarini o‘tkazadi.


112 
Laboratoriya mashg‘ulotlari – musiqa madaniyati darslarini oddiy faoliyat 
turlaridan boshlab, to‘garaklarda ishlash kabi murakkab ish faoliyatlarini yakka 
tartibda bajarish demakdir.
Pedagogik kollejlarda musiqa o‘qitish metodikasi fani asosiy fanlardan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, dars 
ishlanmalarini yozish, musiqiy tahlil qilish, musiqiy asarlarni biror cholg‘uda 
(pianino, rubob, dutor) ijro etish, kuylash, dirijorlik qilish, qo‘shiq o‘rgatish, 
musiqa tinglash, paqs harakatlarini o‘rgatish, ijodkorlik kabi ishlarni o‘z ichiga 
oladi.
Talabalarda musiqa san’ati borasidagi barcha nazariy hamda amaliy 
bilimlarni rivojlantirish o‘z sohasiga ijodiy yondashishni talab etadi.
Pedagogik kollej ishlarida ilg‘or o‘qituvchi bo‘lishi uchun hozirgi zamon 
pedagogik texnologiyalarni egallash va ularni amalda qo‘llay bilish maqsadga 
muvofiqdir.
Hozirgi kundagi musiqa o‘qitish metodikasi birdaniga kelib shakllangan fan 
emas, bunga qadar mazkur metodikani shakllanishi murakkab taraqqiyot yo‘lini 
bosib o‘tgan. Respublikamizda musiqa o‘qitish metodikasini shakllanishida 
mahalliy olimlar, metodistlarning qator izlanishlari, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlari, 
metodik tavsiyalarni ahamiyati katta bo‘ldi. Bu ta’lim mazmunida har bir 
hududning san’ati va musiqa madaniyati, uning badiiy an’analarida o‘z ifodasini 
topgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, hayotni va atrofdagi go‘zallikni bilmay 
turib, to‘laqonli badiiy ijodni amalga oshirib bo‘lmaydi. Musiqa san’ati estetik 
idrokning bitmas-tuganmas manbaidir, inson yuragi va aqlini zabt etuvchi 
maftunkor dunyodir. Inson doimo go‘zallikka intilishi va kundalik hayotda, shu 
go‘zallik qoidalariga amal qilishi kerak. Talaba-yoshlar uchun esa musiqa ta’limi 
juda zarurdir, chunki bo‘lajak talabalar o‘qituvchilik kasbini egallab, yosh avlodni 
har tomonlama tarbiyalab, voyaga yetkazadi. Xulosa qilib aytganda, biz yosh 
avlodni bo‘lajak mu siqa o‘qituvchilarini o‘zbek xalqining musiqa madaniyati 
bilan tanishtirib, uning nafosatli his-tuyg‘ularini rivojlantirishimiz, musiqa 
ta’limining saviyasini oshirishimiz kerak.


113 
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya ishlarini shunday yuksak 
darajada tashkil etishi zarurki, talaba-yoshlar umumiy o‘rta ma’lumot olish bilan 
birga an’anaviy musiqa madaniyatidan bahramand bo‘lsinlar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin