Musiqa o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari


MUSIQA DARSINING UMUMDIDAKTIK TAMOYILLARI



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə2/4
tarix05.03.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#86677
1   2   3   4
MUSIQA

MUSIQA DARSINING UMUMDIDAKTIK TAMOYILLARI
Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiilik printsipi har bir darsda o‘zi.ning tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosida tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy omiiidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o z aksini topgan. Ularni o‘zlashtirish-musiqa amaliyoti yo‘lida bilimva ko‘nikmalar hosil kilish demakdir. Dars jarayonida o‘quv materiallarini bolalaming bilim tajribasiga mosligi. Bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatiarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalaming fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsining ilmiylik printsiilarini tashkil etadi. Ilmiylikni, sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o‘quv faoliyati hamda keyingi darslarning o‘zaro mantiliy bogManishi sistemalik asosini tashkil etadi. Kuylash va tishlash uchun asarlarni bilim va malakadarajasiga ko‘tarib, soddadan murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o‘zlashtirib borish printsiplari muayyan tartibga mos bo‘lib, sistemalilik demakdir. Darsning har bir faoliyati o‘z navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagogik maqsadllmi tobora amalga oshirishi davomiilik printsipi demakdir.
Darsda o‘quvchilarni onglilik va aktivligi printsipi.
Mazkur printsipdidaktikaning etakchi printsiplaridandir. Chunki, bilimni o‘zlashtirish o‘quvchining aqiiy faoliyatiga asos bo‘lgan bilish jarayoniga bogiiqdir. Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real voqealami badiiy his etib, bilish, fikrlash qobiliyatini ustiradi. Mazkur malaka va ko‘nikmanmg shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. Buning uchun, bolaning o‘quv materiallami ongli ravishda bilib o‘zlashtirishi, bilim jarayonini aktivligini vujudga keltiradi. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o‘zlashtirish va undan badiiy - estetik, zavqlanib, idrok etishda, bolaning eng avvalo, aiqqat e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg'ota bilish, onglilik va aktivlikni vujudga keltiradi. Musiqani ongli idrok etish va navbatida badiiy ohang va mantikiy jixatdan xotirada turg‘un saqlanishni talab etadi. Musiqa dars lari da onglilik va aktivlik ayniqsa, vokal - xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, faoliyatlarida ham, onglilik va aktivliq musiqani nazariy va amaliy jixatlarini to‘g‘ri bilish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin