Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo‘linadi:
1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his etish, musiqaga emotsional
munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani
tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo‘lishiga erishish kerak.
2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish.
Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati
talab etiladi. Masalan, cholg‘u asboblarning yuqori va past tembrlari (skripka —
alt, konstrabas — violonchel va boshqa asboblar).
3. Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola biror musiqiy
asarni eshitib o‘zicha badiiy tasavvur qiladi va qo‘shiqda, o‘yinlarda, raqs
elementlari bilan hissiy munosabat bildirishi mumkin. Bu bolalarda ijrochilikning
ilk namoyishlari, ya’ni ilk urug‘lari bo‘lishi mumkin.
12
I. Musiqa — bolalarning aqliy faoliyatining faollashtiruvchi omildir.
II. Musiqa — axloqiy olim bo‘lib, ma’naviyatning ajralmas qismini tarkib
toptiradi. Musiqadan an’analarga hurmat, Vatanni sevish va boshqa tarbiyaviy
axloqiy muammolarni tarbiyalaydi.
III. Musiqa — jismoniy tarbiya omili hamdir.
Endi bu omillarnin birma-bir ko‘rib chiqamiz:
I. Musiqa bolaning hissiyotiga va kayfiyatiga ta’sir qiladi. Bu bolalarga asarni
tanishtirar ekanmiz ularda musiqani his qilish, u bilan birga kechinmalarni boshdan
kechirishga o‘rgatamiz. Qardosh va chet el qo‘shiqlari va raqslarini o‘rgatar
ekanmiz bu xalqlarning an’analari, tarbiyasi bilan ham tanishtiramiz. Musiqaning
boy janrlari — qaxramonlik obrazi yoki lirik obrazlarni, yumor yoki raqsonna
kuyni eshitib tushunishga undaydi. Musiqa bolalarning ichki dunyosini boyitishga
xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiya masalalari jamoa bo‘lib kuylashda, raqs va
o‘yinlarda namoyon bo‘ladi, chunki bolalar bu jarayonlarda jamoa deb his
qiladilar. Kuylash faoliyati birgalikni, birdamlikni talab etadi. Jamoa bo‘lib
kuylash jarayonida bola o‘zini yolg‘iz his qilmaydi va asta-sekinlik bilan uning
individual rivojiga ham ta’sir qiladi. Musiqa mashg‘uloti bolaning umumiy
madaniy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli
faoliyatlarni qo‘llash (qo‘shiq kuylash, tinglash, musiqa cholg‘u asboblarida ijro
etish, musiqiy ritmik harakatlar) bolalarda diqqatni jamlash, tez reaksiya va
irodasini kuchaytiradi: qo‘shiq kuylash jarayonida birga boshlab birga tugatish;
raqs va o‘yin jarayonida musiqani tempini sezish talab etiladi. SHunday qilib,
musiqiy faoliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faoliyatini
rivojlantiradi. II. Musiqani idrok etish. Bu bolaning axloqiy va aqliy rivojining
uyg‘unligi bilan olib boriladi, ya’ni diqqatini jamlash, musiqaga nisbatan
kuzatuvchinlik, uni taqqoslash va farqlay olish talab etiladi. Bola musiqiy asarni
tinglagandan so‘ng bola musiqa haqida ilk fikrlarini bildiradi: asarning umumiy
xarakterini, qo‘shiqdagi badiiy matnini, musiqa ifoda vositalariga e’tiborini
13
qaratadi. Bu e’tiborni shakllantirish uchun albatta musiqa rahbari ko‘magi kerak.
Misol qilib M.Otajonovning bolalar uchun yozilgan «Guldasta» to‘plamidan joy
olgan «Musicha» asarini tinglab ko‘rishadi. Bolaning ilk diqqatini tortgan narsa bu
asarning kayfiyati — engil o‘yinqaroqligidir. Bu asarda musichaning obrazini
kompozitor juda yaxshi ochib bergan. Bolalar tinglash jarayonida bu asar
o‘yinqaroq va sho‘x musicha haqida ekanligini tasavvur qiladilar. Bolalar
bog‘chasida o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida ijodkorlik masalasini
o‘rtaga tashlasa, albatta bolalarda aqliy faoliyat bilan ishlashadi, ya’ni biror bir
tanish bo‘lgan qo‘shiqqa o‘zlari biror matn qo‘yishlari yoki aynan shu qo‘shiqni
improvizatsiya qilishlari. Undan tashqarii biror bir badiiy mantga o‘zlari kuy
bastalashlari, biror bir kuyga raqs elementlarini o‘ylab ko‘rishlari. Bolalar bilan
ishlash jarayonida o‘larning aqliy faolligini oshirishda ularning ijodkorligini
shakllantirishda bolalar biror kuyga raqs elementlari yoki saxnalashtirishni
sevishadi. Bu jarayon bir necha bosqichda amalga oshadi:
1. Bolalar asarni tinglashadi;
2. Uning badiiy tahlil qilishadi;
3. Badiiy obrazni o‘ylab ko‘rishadi:
4. Rollarni taqsimlashadi;
5. Ijro etishadi.
Bu bosqichlarning har birida maktabgacha yoshdagi bolalar oldida yangi-yangi
masalalar qo‘yiladi.
III. Musiqa insonning nafaqat kayfiyatiga, estetik rivojiga balki umumiy
organizmiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bola musiqa tinglaganda, kuylaganda, raqs
davomida butun organizm faoliyat olib boradi (nafas yo‘llari, mushaklar, qon
aylanishi, asab tizimi va boshqa a’zolar). Bu masala bo‘yicha ko‘plab fiziolog
olimlarimiz ish olib borishgan va o‘z izlanishlarida juda ko‘plab ma’lumotlarni
berishadi. SHulardan biri fiziolog olim P.N.Anaxin ta’kidlashicha: «Kichkina
14
gudak bola major va minor ladida yozilgan asarlarni tinglab ko‘rganida shunga
mos kayfiyatini ko‘rsatgan ekan». Bu uning ruhiy psixikasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shiq kuylashda bolalarda ovoz apparati, tovush paylari va hattoki, talafuzi
rivojlanadi. Bola to‘g‘ri o‘trib kuylaganida tanasi, ko‘krak qavasi va nafas
organlari yaxshi ishlaydi va rivojlanadi. Ritmika bolalarda musiqani has qilish,
tananing asosi (asanka), qadamlarning shaxdamligi va engil yugurishini
rivojlantiradi. SHunday qilib, bolalarning har tomonlama rivojida musiqaning o‘rni
kattadir. Bola musiqani tushunish, uni idrok etish, unga hissiy munosabat bildirish,
ijrochilik malakalarini shakllantirishga muntazam olib borilgan musiqa
mashg‘ulotlari katta ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
qo‘shiqchiligi ko‘nikmalarini tarbiyalash. Qo‘shiq kuylash — bolalrga ko‘tarinki
kayfiyat bag‘ishlaydi. U bolalarda nafaqat ruxiy balki jismonii jihatdan
rivojlantiradi. CHunki bola kuylayotganda og‘iz, burun, nafas yo‘llari, ko‘krak
qafasi, umuman olganda barcha a’zolari faoliyat olib boradi. Bola kuylash
jarayonida tik gavdasini erkin va to‘g‘ri o‘tirishi talab etiladi. Kuylash jarayonida
nafas yo‘llari ham rivojlanadi. Bu jarayonlar masalasini juda ko‘plab fiziolog-
medik-olimlar ko‘p tadqiqotlar va ishlar olib borishganlar. Bulardan Almazov,
N.A.Vetlugina, A.N.Keneman, M.A.Metlov, S.G.Tovbina, E.P.Iova, I.P.Pavlov,
A.G.Menabeni va boshqa ko‘plab fiziologlarni ta’kidlab o‘tsak bo‘ladi. Bolalarga
kuylash jarayonida matn va musiqa uyg‘unligida bo‘lganda matn va kuyga e’tibor
beriladi. Qo‘shiqda matn va musiqiy kuy birikib, tinglovchiga emotsional ta’sir
ko‘rsatib turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu ta’sirchanlik bola tarbiyasida katta
ahamiyatga ega. Bolaning kichik davridan qo‘shiqni ma’nosini tushunmasa ham,
uning mazmunini va musiqasiga tushunmasa ham unga hissiy munosabatni
bildiradi. Bolaning rivojlangani sari, nutqi va hayot davomida olgan ko‘nikmalari
qo‘shiqni umuman kuyni tushuna olishga yordam buradi. Jamoa bo‘lib kuylaganda
bolaga kuy qo‘shiq matnga nisbatan kuchliroq ta’sir qiladi. K.D.Ushinskiy
ta’kidlaganidek: «Qo‘shiqda, ayniqsa xor jamoasida qalbni tarbiyalovchi uning
jumbushga keltiruvchi hissiyotlar mavjud»
15
Ko‘pgina hollarda o‘g‘il bolaning shaxdam yurib marshni kuilayotganini,
qiz bolani esa qug‘irchoqni allalashini kuzatishimiz mumkin. Bolaning ovozi —
tabiiy cholg‘udir, chunki bu cholg‘u u yoshligidan mavjud. Mana shuning uchun
xam uning hayoti davomida hamroh bo‘ladi va turli o‘yinlarda foydalanadi. Undan
tashqari qo‘shiq bola hayotining boshqa faoliyatlarida ham qo‘llanadi. Masalan,
raqs, xorovod, bolalar cholg‘ularida ijro etganda. Qo‘shiq — bu bolaning
dunyoqarashini kengaytirib, yorqin obrazli tasavvurga ega bo‘lishga yordam
beradi. Qo‘shiqlarda tabiatga, Vatanga muhabbat, kattalarga, ajdodlarga hurmat
o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va boshqa tarbiyaviy axloqlarni o‘stirishga
yordam beradi. Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida bolalardan katta aqliy mexnat talab
etladi. U yonidagi bolani eshitishni, uning qo‘shig‘iga o‘z munosabatini bildirishni,
usiqiy jumlalarni bir-biri bilan solishtirishni, taqqoslashni, fortepiano jo‘rligini
tinglay olishi, qo‘shiqni garmonik va melodik tizimini eshita olishni va ijro sifatini
baholashni o‘rgatadi. Qo‘shiq bola organizmiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Masalan, nutqini o‘stiradi, ovoz apparatlarini rivojlantiradi, qo‘shiqchilik nafasini
shakllantiradi. Bola qo‘shiq kuylashda asosan musiqiy hissi, emotsional ta’siri,
musiqiy eshituvi (slux), ritm hissi rivojlanadi. Qo‘shiq kuylashning yana bir asosiy
xususiyatlaridan biri bu-jamoa bo‘lib ko‘ylashdir.
Bola eshituv qobiliyati (slux) va ovozini rivojlantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari. Qo‘shiq — tovush hosil qilishning murakkab jarayonlaridan biri
bo‘lib, asosan ovoz va eshituv organlarining mujassamlashuvi asosini tashkil etadi,
ya’ni eshituv apparati va qo‘shiqchilik ovozining o‘zaro bog‘liqligidir. Eshituv
qobiliyatining takomillashuvi — bolalarning kichik yoshidan rivojlanadi. Ular
musiqa raxbari yoki tarbiyachi kuylab berganda qo‘shiq, kuy yoki ohangni
sofligicha eshitadilar va shundayligicha kuylaydilar. Kichik yoshdagi bolalar 2-3 ta
nota oralig‘idagi qo‘shiqlarni ko‘ylay oladilar. Bolalar kattalar kuylarini eshitib,
keyin o‘zlari ham shu kuyni kattalardek kuylashga harakat qiladilar. Maktabgacha
yoshdagi bolalarda ovoz apparati mukammal rivojlanmagan (tovush paylari
rivojlanmagan, nozik, nafas kuchsiz va boshqalar). Bola rivojlangani sari organizm
16
va qo‘shiqchilik organlari ham takomillashadi. Maktabgacha yoshdagi bola ovozi
etarli darjada yorqinligi bo‘lmaydi. Bu muammolar ustida ko‘pgina tadqiqotchilar
ilmiy ishlar va izlanishlar olib borishadi. Bolaning ovoz xususiyatlari, ularning
diapazoni
imkoniyatlari
haqida
N.D.Orlov,
E.I.Almazov,
N.A.Metlov,
N.A.Vetlugina, A.D.Voynova, R.T.Zinichlar shular jumlasidandir. Ular o‘z ilmiy
ishlarida «bolaning tabiiy ovozi re 1 - si 1, ya’ni undan yuqori va pastki notalarni
bola kuylaganda tovush zo‘riqishi va siqib kuylashi mumkin. Bu bolalarning
tovush paylarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin». Bu muammolarga yo‘l
quymaslik uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va puxta o‘ylab chiqilgan repertuar
tanlanishi kerak. Bunda asosiy e’tibor qo‘shiqchilik diapazoniga qaratamiz.
Dostları ilə paylaş: |