Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#45362
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining

 

 


20 

 

Qo‘shiq kuylashga o‘rgatishning metodlari va yo‘llari 

Musiqa  rahbari  bolalarga  qo‘shiqni  o‘rgatishdan  oldin  qo‘shiqni  tanishtirishi, 

kompozitori haqida, asarning matni, mazmuni haqida gapirib berishi kerak, bir so‘z 

bilan aytganda bolalarda bu qo‘shiqni o‘rganish uchun qiziqishlarini uyg‘otishdir. 

Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida yosh davrlar bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.  



Kichik guruh bolalarini kuylashga o‘rgatish metodlari 3 yoshda ovoz apparati endi 

shakllana  boshlaydi.  Qo‘shiqchilik  ovozi  hali  yo‘q,  nafas  qisqa,  lekin  bolalar  shu 

davrda  juda  qiziquvchan  bo‘lib,  kattalar  ijrochiga  bajonudil  qo‘shiladilar, 

jumlalarning  ba’zi  tovushlarini  kuylay  olishadilar.  Asosiy  vazifa.  Boshlang‘ich 

kuylash  malakalarini  rivojlantirish  va  mustahkamlash.  Bu  yoshdagi  bolalar 

qo‘shiqni  butun  yaxlitligicha  kuylay  olishmaydilar,  faqat  ba’zi  qismlarinigina 

kuylay olishadi. 4 yoshga kelib ovoz kuchayadi, ular eng oddiy qo‘shiqlarni kuylay 

olishadi.  Bunda  qo‘yiladigan  vazifa  —  bolalarda  tabiiy  tovushda  kuylashga, 

zo‘riqmasdan, tovushni siqmasdan kuylashga o‘rgatish. Bu yoshda muhim ishlardn 

biri  bu  talaffuz  ustida  ishlash.  Bolalar  bu  yoshda  hali  ko‘p  so‘zlarni  ma’nosini 

tushunmaydilar.  Ularga  so‘zlarning  mazmunini  va  to‘g‘ri  talaffuzini  tushuntirish 

kerak.  Bu  yoshdagi  bolalar  umumiy  bir  tempda  kuylashi  qiyin  kechadi.  Bu  narsa 

tarbiyachining  doimiy  e’tiborida  bo‘lishi  va  bolalarning  birgalikda  kuylashga 

o‘tgatishi  kerak.  5  yoshli  bolalar  murakkab  bo‘lmagan  qo‘shiqlarni  musiqiy 

rahbariga ergashib kuylaydilar.  

Metodik usullar: 

1. Musiqa rahbari tomonidan qo‘shiqni ifodali emotsional ijroda ko‘rsatish;  

2. Qo‘shiqni birinchi bor tanishtirish jarayonida rasm, o‘yinchoqlar bilan qo‘shiqni 

mazmunini ochib berishga yordam beradi. 

3. O‘yin shakllarini qo‘llash. 

4. Ta’limiy usul — musiqa rahbari asarni 2-3 marta fortepianoda chalib beradi va 

bolalar bilan birgalikda kuylaydilar. 



21 

 

5. Qo‘shiq matnini kuy bilan birgalikda o‘rganiladi. 



O‘rta  guruh  bolalarini  kuylashga  o‘rgatish  metodlari  5  yoshdagi  bolalar 

ma’lum  darajadagi  umumiy  musiqiy  tayyorgarlikka  ega.  Ovozi  ancha 

mustahkamlangan  bo‘lib  diapazon  (re  1  —  si  1)  kengaygan.  Nafas  biroz 

mustahkamlangan,  chuqqurlashgan,  so‘zlarni  to‘g‘ri  to‘laffuz  qilish  malakalariga 

egadir. 

Asosiy vazifa: 

1.  Tabiiy  tovushda  zo‘riqmasdan  kuylash.  Bu  malaka  ustida  muntazam  ravishda 

ish olib boriladi. 

2. To‘g‘ri nafas olish, ya’ni bir jumlani bir nafasda kuylash. 

3. To‘g‘ri talaffuzga e’tibor berish 

4. Artikulyasiya ustida ishlash (qo‘shiq ijrosi vaqtida og‘izni to‘liq ochishga, past 

jag‘ni zo‘riqtirmasdan, siqmasdan ochib kuylash). 

5.  Ansambl  malakalari  —  qo‘shiqni  birga  boshlab,  birga  tugatishga  erishish.  Bu 

yoshdagi  bolalarni  jo‘rsiz  ijroga  o‘rgatish  (yaxshi  o‘rganilgan  va  mustahkam 

biladigan qo‘shiqni jo‘rsiz aytishi mumkin) kerak. 

Metodik usullar: 

1. Qo‘shiqni o‘rgatish jarayonida fortepiano jo‘rligida yoki jo‘rsiz olib boriladi. 

2. Musiqa rahbarining ovozidan kuylashga o‘rgatish bolalar uchun osonlashadi. 

3.  Qo‘shiq  o‘rgatish  jarayonida  musiqiy  jumlalarni  bolalarni  guruhlarga  bo‘lib, 

navbatma-navbat  ayttirish  (bunday  metodni  qo‘llashdan  maqsad  bolalarning 

eshituv jarayonini va diqqatini rivojlantiradi). 

4.  CHo‘zib  kuylash  malakasini  o‘stirish  (kontelenno  ijrosi).  Bu  yoshda  kuylash 

oldidan  ovoz  sozlash  mashqlariga  katta  e’tibor  beriladi.  Mashqlar  bolalarda 

qo‘shiqchilik ovozini va qo‘shiqchilik nafasi rivojiga olib keladi. 




22 

 

Katta guruhda kuylashga o‘rgatish metodlari 

Tovush  hosil  qilish  ustida  ishlaganda  zo‘riqmasdan  kuylashga  e’tiborini  qaratadi, 

ammo  ovoz  jaranglash  turli-tuman  bo‘lishini,  ya’ni  tabiiy,  jarangdor,  chaqqon, 

engil, mayin kuylashga erishish kerak. Qo‘shiqchilikda diksiya va qo‘shiqchilikni 

rivojlantirib  o‘z-o‘zini  eshitishga  ovoz  kuchini  boshqarishga,  so‘zlarni  aniq 

talaffuz  etishga  o‘rgatish.Musiqa  rahbari  doim  bolalar  sof  kuylashiga  e’tibor 

berishi  kerak.  Kuylashning  sifati  kuylash  holatiga  bog‘liqdir.Ifodali  kuylashga 

erishishda dinamiz tuslar, ansambl malakalari to‘g‘ri bajarilishi muximdir. 

Metodik usullar: 

1. Aks-sado usuli. 

2. Qiyoslash-taqqoslash metodlaridan foydalaniladi. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin