Qo‘shiqchilik malakalarini oshirish yo‘llari
1. Tovush hosil qilish ustida ishlash (engil, yuqori, jarangdor, kuychan). Musiqa
rahbari qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘zi yoki yaxshi kuylaydigan bola misolida
ko‘rsatadi.
2. Unli tovushlar (a, o, u, e, i)ni to‘g‘ri talaffuz qilish. Bunda musiqa rahbari
kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlarida (lya-le-li bo‘g‘inlari) qo‘llashi
maqsadga muvofiqdir.
3. Qo‘shiqchilik nafasi ustida ishlash.
4. Diksiya rivoji. Bola matnni mazmunini tushungan holda to‘g‘ri kuylashi kerak.
5. Intonatsiya (stroy) ning sofligi va to‘g‘riligiga erishish.
Metodik usullar:
1. Qo‘shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash.
2. Qo‘shiqni yuqori va past tonalliklarda transportda kuylash.
3. Kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
4. Kuyni qo‘l xaraktida ko‘rsatish (dirijyorlik elementlari).
Musiqiy asar tahliliga namuna:
«YAngi yil archasi» M.Abdushukurova she’ri A. Berlin musiqasi Asar maktabga
tayyorlov yosh bolalarga mo‘ljallangan. Bu qo‘shiqning murakkab joylari ko‘p
bo‘lib, bolalarda kuylash faoliyatini takomillashtiradi. Qo‘shiq diapazoni mi 1 – do
2. Bu qo‘shiqda qishning ziynati, quyoncha, tulkicha, qorbobo va boshqa
mexmonlarni kutayotganlari haqida, umuman olganda, bolalarning hayotida yangi
24
yil xotiralari o‘chmas iz qoldiradi. Uning yorqinligi, bolalar ertak qahramonlari
bilan hamnafaslikda bo‘lganligi bolalarni o‘ziga jalb etadi. Qo‘shiq qiyinchiliklari
va ularni bartaraf etish yo‘llari:
1. Qo‘shiqda sakrama harakatlar ko‘p. Bular bolalar kuylashi uchun murakkablir.
SHuning uchun sof kuylashga alohida e’tibor qaratish kerak.
2. Qo‘shiqda punktir ritmlaridan ham keng foylanilgan va ularni aniq talaffuz etish
kerak.
3. Ligali notalar. Bunday notalar asosan jumlalar oxirida uchraydi va buni to‘g‘ri
va sof kuylashga erishish kerak.
Musiqa tarbiyasidagi faoliyatlardan bolalar bog‘chasi uchun eng muhimi
hisoblangan musiqiy ritmik faoliyatdir. Bolalar bog‘chasida bu faoliyat ertalabki
badantarbiya mashqlari sifatida amalga oshiriladi. Bolalar mashqlarni havosi toza
xonalarda yoki ochiq havoda o‘tkaziladi. Buning uchun bola kiyimi engil va qulay
bo‘lishi kerak. Muntazam mashq bajarish bolalarni elka, qorin va boshqa a’zolarini
mustahkamlaydi. Oyoq uchi va tavon uchun bajariladigan mashqlar yassi oyoqlikni
oldini oladi. Bundan tashqari bunday mashqlar bolalarni qon aylanish tizimiga
ta’sir ko‘rsatadi. Musiqiy rahbar mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida bolalarga musiqa
ostida harakat qilishlariga yordam beradi va ularga raqs elementlarini o‘rgatib
boradi. Musiqiy mashg‘ulotlarni boshlashdan avval bolalarni musiqa bilan
yugurish va sakrashga o‘rgatish lozim.
YUrish – har xil bo‘ladi. Oddiy qadamlarni keng tashlash, turgan joyida tizzalarni
ko‘tarib, yumshoq, cho‘zilib oyoqni uchini yurish turlari mavjud. YUgurish – bu
oddiy, engil, oyoq uchida qo‘lni yuqoriga ko‘tarib yugurish va keng qadamlar bilan
yugurish.
Sakrash – bunda ikki oyoqda sakrash, oyoqni juftlab, oyoqlarni almashtirib, bir
oyoqni oldinga ikkinchi orqaga qilib sakrash, obruchlar orasidan arqon bilan
sakrash turlari mavjud.
25
Nafas
Musiqiy ritmik harakat bajarayotganda toza havodan nafas olish kerak. Buning
uchun bolalarga to‘liq nafas va burundan to‘liq olishga o‘rgatish kerak. Bolalarga
mashqlar jarayonida nafasni uzuq ushlab turmaslik kerakligini uqtirish lozim. Ana
shu vazifalar qo‘shiq kuylab raqsga tushganda ham katta yordam beradi. 1 yoshli
bola – musiqa tovushiga impulsiv reaksiya qiladilar va ular taqlid qiladilar.
Kattalar musiqaga mos qanday harakat qilsalar yosh bolalar ham xuddi shunday
qiladilar. 2-3 yoshli bolalar – musiqani ritmik anglashga etarli ravishda tayyor
bo‘ladilar. 4 yoshli bolalar – o‘yin haqida fikr ayta oladilar va qiyin asarlarga mos
harakatni qila oladilar. 5 yoshli bolalar – ritmik harakat va mashqlar haqida
bemalol o‘z fikrlarini harakatda ifoda eta oladilar. Lekin, musiqa tempini
o‘zgarishi ular uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. 6 yoshli bolalar – musiqa
bilan harakatni bir-biriga mosligini his etadilar. O‘yin jarayonida harakat ketma-
ketligini his etadilar. 7 yoshli bolalar – musiqani faol idrok etadilar. Musiqani
harakat bilan bog‘liqligini ifodasini his etadilar. Ular raqs, o‘yin jarayonida
mustaqil harakatlana oladilar. Boshlang‘ich guruhlarda ritmik harakatlarni bajarish,
bolalarni jismoniy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich
guruh bolalarining ovoz apparatlari nozik, diqqat e’tibori tarqoq, serharakat,
o‘yinga beriluvchi, xotirasi, nutqi to‘liq rivojlanmagan bo‘lganligi sababli musiqa
mashg‘ulotlarida faoliyat turlari tez-tez almashib turishi lozim.
Musiqaga mos raqs, o‘yin harakatlarini bajarish, bolalar diqqatini jamlashda,
xotirasini mustahkamlashda va jismonan o‘sishiga yordam beradi. Mashg‘ulotlar
davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: marsh
musiqalariga qadam tashlash, yugurish raqsi elementlarini bajarish, mustaqil
o‘yinlar o‘tkazish, musiqali harakatlarni, turli qo‘l va tana harakatlari bilan
ifodalash.
Ma’lumki, milliy musiqa madaniyatida raqs muhim o‘rin tutadi va unga har
bir bola qiziqadi. Raqs harakatlari musiqa mashg‘ulotlarida bolalar faollashuvini
oshiradi. Eng muhimi shundaki, raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarning
26
musiqiy iqtidori, ritm tuyg‘usi faol rivojlanadi. Har bir harakat turini musiqa
rahbari oldindan belgilaydi va o‘zi uni aniq, go‘zal va ifodali qilib ko‘rsatib beradi.
Har bir harakatni bajarishdan oldin, unga doir musiqa mazmunini avval ongli
ravishda tinglab yoki kuylab, so‘ngra harakatlar bajarish yaxshi natija beradi.
Bolalar musiqali o‘yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko‘p musiqiy asarlar mazmunida
o‘yin metodlaridan foydalanish mumkin. Mashg‘ulotlar jarayonida bajarilgan har
bir musiqiy harakat turi, musiqali o‘yinlar, bolalarni xotirasini mustahkamlaydi,
nutqini o‘stiradi, jismoniy sog‘lom bo‘lishga ko‘maklashadi va ularni ruhlantirib,
musiqa mashg‘ulotlariga qiziqishini oshiradi. CHunki, kichik guruh bolalarining
diqqat-e’tiborining tarqoq, ovoz apparatlari kuchsiz, musiqiy o‘quv qobiliyatlari
to‘la
shakllanmagan,
serharakat,
o‘yinga
moyil
bo‘ladilar.
Bunda
mashg‘ulotlarning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab mashg‘ulotlarni
xohlagan mashg‘ulotlar faoliyatidan boshlashi mumkin. Bundan maqsad, bolalarni
musiqaga qiziqtira olish, musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, mashg‘ulotlar
faoliyatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab mazmun jihatdan mantiqiy bir
butunlikka erishishdir. Demak, yangi dastur mazmunida mashg‘ulotlar o‘tish
uchun, musiqa musiqa rahbarisi ijodkor bo‘lishi, musiqadan zarur bilimlarga
hamda ashulachilik malakalariga va musiqiy ritmik harakatlarni o‘rgatish
metodikasiga va unga kerak bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |