Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining


Bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyati



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#45362
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining

Bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyati 

Musiqa mashg‘ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli jarayonlardan biridir. 

Bu  faoliyat  bolalarni  ijodkorlikka  undaydi.  Bolalar  cholg‘u  asboblarida  jonli 

tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi. CHapak va bolalar cholg‘u 

asboblarida  ritmik  jo‘r  bo‘lish,  musiqaning  xarakter  va  obrazlarni  chuqurroq  his 

etishda,  ularga  mos  emotsional  tuyg‘ular  hosil  qilish,  ayniqsa,  bolalarning  ijodiy 

qobiliyatlarini 

rivojlantirishda 

muxim 

ahamiyat 



kasb 

etadi. 


Musiqa 

mashg‘ulotlarida  bolalar  cholg‘u  asboblaridan  foydalanish  ijobiy  natijalar  berish 

bilan birga bolalarning mashg‘ulotga intiluvchanligi, qiziqishi va musiqiy o‘quvini 

(xotirasi,  ritmni  his  qilish  tuyg‘usini,  nutqini)  o‘stiradi.  Bu  borada  ko‘plab 

pedagogik  olimlar  metodik  qo‘llanmalar  yaratganlar.  Ilmiy  ishlar  va  tadqiqotlar 

olib 


borganlar. 

Misol 


qilib, 

N.A.Vetluginananing 

«Musiqiy 

alifbo», 

N.G.Kononova  «Obuchenie  doshkolnikov  igr

ы  na  detskix  muzыkalnыx 

instrumentax»  kitoblarini  ta’kiblab  o‘tish  mumkin.  Undan  tashqari  Mustaqillikka 

erishilgandan  so‘ng  o‘zbek  xalq  cholg‘ularida  ijroga  katta  e’tibor  qaratildi.  Va 

aynan  bolalar  yoshiga  mos  keladigan  o‘zbek  xalq  cholg‘ulari  yasatildi.  Bu 

asboblarning kattalar ijro etadigan asboblardan farqi — bu asboblar shakl jihatdan 

kichkina. Bolalarning qo‘liga to‘g‘ri keladi, ya’ni ijro vaqtida bolalarga qiyinchilik 

tug‘dirmaydi.  Endi  bu  asarlarni  hayotga  tadbiq  etish  uchun  ma’lum  bir  o‘quv 

qo‘llanma talab etilardi. Bu borada O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-

o‘qituvchisi  A.Leviev  «O‘zbek  xalq  cholg‘ularida  ijrochilik»  nomli  kitobini 




29 

 

hayotga  tadbiq  etdi.  Bu  kitobning  o‘ziga  xosligi  shundaki,  birinchidan,  o‘zbek 



kompozitorlarining  bolalar  uchun  yozgan  qo‘shiqlaridan  foydalanilgan.  Bu 

bolalarda  tanish  bo‘lgan  qo‘shiqlarni  cholg‘ularda  ijro  etib  kuylashlariga  katta 

turtki bo‘ladi.  

Ikkinchidan,  aynan  o‘zbek  xalq  kuylaridan  namunalar  keltirilganligidir.  Bu 

bog‘cha  bolalarida  yoshligidan  o‘zbek  xalq  kuylarida  mehr-muhabbat  hissini, 

ularga  hurmatini  uyg‘otadi.  Bolalar  o‘zlari  o‘zbek  xalq  kuylarini  cholg‘uda  ijro 

etishsa,  anchagacha  eslarida  qoladi.  Uchinchidan,  bu  cholg‘ular  tafsifi,  uni  ijro 

etish  malakalari  va  ko‘nikmalari  batafsil  yoritib  beriladi.  Lekin  bu  kitobning 

murakkab  jihati  —  bolalarda  mashg‘uloti  jarayonida  qo‘llash  qiyinchilik 

tug‘diradi.  Bu  masalani  bartaraf  etish  uchun  mashg‘ulotdan  tashqari  vaqtda 

qo‘llash  kerak.  YOd  bo‘lgan  kuy  va  qo‘shiqlada  bayram  ertaliklardan  va 

tantanalarda  bolalar  ijro  etishsa  o‘zlarini  kichkina  sozandalar  deb  his  qiladilar. 

Turli  tantanalarda  ijro  etilgan  kuy  va  qo‘shiqlar  anchagacha  xotirada  muxrlanib 

qoladi.  Bolalar  cholg‘u  asboblarda  jo‘r  bo‘lishda,  avval,  bolalar  chapak  chalib, 

ritmik jo‘r bo‘ladilar.  

Musiqa  rahbari  bolalar  kuy  ritmini  to‘g‘ri  his  etib  ijro  etishlari  uchun, 

bolalarga  stol  ustida  terib  qo‘yilgan  cholg‘u  asboblarida  chalib,  musiqaga  jo‘r 

bo‘lishi xaqida batafsil so‘zlab berishi lozim. So‘ng biror cholg‘uda kuyni o‘zi ijro 

etib  chapak  bilan  jo‘r  bo‘lishini  ko‘rsatadi.  Keyin  barchani  kuyga  chapak  chalib, 

jo‘r  bo‘lishni  taklif  etadi  va  ijro  jarayonini  diqqat  bilan  kuzatib,  bolalar  cholg‘u 

asboblarini  tarqatish  uchun  ilg‘or  va  zehnli  bolalardan  birini  tayinlaydi  (birinchi 

marta  ilg‘or  bolalarni  tanlashdan  maqsad  kuy  chiroyli  va  to‘g‘ri  bo‘lib  ijro  etilsa 

keyin  qolgan  bolalar  ham  o‘z  tengdoshlari  ijro  etganlaridek  chalishadi).  Birinchi 

ijrodagi  yutuq  va  kamchiliklarni  bartaraf  qilish  uchun  yana  bir  takrorlab  chiroyli, 

to‘g‘ri  ijro  etilishi  kerak.  So‘ngra  musiqa  raxbari  ijro  etmagan  bolalarga 

cholg‘uasboblarida jo‘r bo‘lishni taklif etadi. SHu tarzda guruhdagi barcha bolalar 

galma-gal  cholg‘u  asboblarida  jo‘r  bo‘lishga  undab,  ularning  qiziqishini  oshiradi. 

CHolg‘ularda  chalishga  hamma  intiladi,  albatta.  SHuning  uchun  berilgan  asarni 




30 

 

bolalar  xato  qilmay  musiqani  his  etishga  va  xotirada  saqlashga  harakat  qiladilar. 



Keyinchalik  ijrochilik  turlari  murakkablashtiriladi.  Ayni  shu  holda  guruhni  2 

jamoaga  bo‘lib, 1-jamoa  chapak  chalib, 2-jamoa  esa  ovozda  uchul  berish  bilan 

yoki cholg‘u asbobida xam jo‘r bo‘lishlari  mumkin. Bu usulning yana bir foydali 

tomoni  shundaki,  bolalarda  jamoa  bo‘lib  kuylash  malakalarini,  ko‘povozli 

kuylashning  ilk  malakalarini  rivojlantiradi.  Ijro  etishning  yana  bir  turi  —  bolalar 

doyrada usulni aniq va tekis chalib turadi. «Bum»ga 1-jamoa bolalari, «bak»ka esa 

2-jamoa  bolalari  jo‘r  bo‘lishadi.  Buni  iloji  bo‘lsa  magnitofon  tasmasiga  yoki 

yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‘ladi. SHuningdek, kuyni dinamik belgilari va 

ifoda  vositalarini  ko‘rsatib  turish  uchun  kartochkalardan  foydalansa  ham  bo‘ladi. 

Bunday  mashg‘ulotlar  —  qiziqarli  o‘tadi,  bolalar  bilim  va  ko‘nikmalari 

mustahkamlanadi va musiqiy qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishni ta’minlaidi. 

Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblarini qo‘llashi, tarbiyachidan katta 

mas’uliyat,  ijodkorlik  va  topqirlikni  talab  etadi.  Bolalar  musiqa  cholg‘ulari 

xarakteristikasi  Bolalar  musiqiy  o‘yinchoqlari  va  musiqiy  cholg‘ularda  tovush 

hosil bo‘lishi va tovush sifatiga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linadi. Bolalar musiqa 

cholg‘ulari asosan ikkita guruhga, ya’ni tovush balandligiga ega bo‘lgan (melodik) 

hamda  urib  chalinadigan  (melodik  bulmagan)  cholg‘ularga  bo‘linadi. 1. Urib 

chalinadigan (melodik bo‘lmagan) ritmik cholg‘ular: doyra, nog‘orachalar, kayrok, 

klaves,  bloklar,  tamburin,  baraban,  marokas,  uchburchak,  rumba,  yog‘och 

koshiklar, tarelkalar. SHu cholg‘ularning ba’zilarining tavsifini keltiramiz: Klaves 

–  palisandr  daraxtidan  tayyorlangan  ikkita  tayoqcha,  bir  biriga  urib  ovoz 

chiqariladi. Ularni ushlaganda (bosh va ko‘rsatkich barmoqlar yordamida) yog‘och 

uchalri bush bulishi kerak. Baraban – ikki tarafi teri bilan koplangan temir silindr. 

Tovush  yog‘och  tayoqchalar  yordamida  markaziga  urish  orqali  hosil  kilinadi. 

Marakas  –  ikkita  plastmass  shar,  ularning  ichida  toshchalar  harakatlanadi.  Bu 

cholg‘uning  tovushi  og‘irroq  bo‘lgani  uchun  bolani  tez  charchatadi.  SHuning 

uchun extiyot bo‘lib foydalanish zarur. Qo‘lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib 

tovush  hosil  qilinadi.  Uchburchaklar  –  chalish  paytida  osib  qo‘yiladi  yoki  chap 

qo‘lda tasmachasidan ushlab turiladi va o‘ng qo‘lda metall tayyoqcha bilan uriladi. 



31 

 

Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib «tremalo» ijro etish 



mumkin. «Nozik», «yaltiroq»,  qisqa  tovushga  ega.  Tarelkalar  –  barabanchaga 

mustahkamlanadi yoki chap qo‘lda ushlab turiladi. Ikkita yog‘och tayyoqcha bilan 

barobar  yoki  alohida-alohida  chalish  mumkin. 2. Melodik  cholg‘ular:  tovush 

balandligiga ega bo‘lgan metallofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alt (S1-S2), 

metallofon  va  ksilofon  soprano  (S2-S3),  ko‘ng‘iroqchalardan  iborat:  Bu 

cholg‘ularning  asosiy  sozlanish  tonalligi  –  Do  major.  Almashtiriladigan 

plastinkalar  yaqin  tonalliklarda  ijro  etish  imkoniyatini  beradi.  Eng  pastki  tovush 

doimo  tonika bo‘ladi. Ijro paytida  cholg‘ular o‘quvchining  bel qismi  balandligida 

bulishi  lozim.  Tayoqchalarni  bosh  va  ko‘rsatkich barmoqlar  orasida  engil  ushlash 

kerak.  Bunda  qo‘llar  tirsakdan  bilaklargacha  erkin  holatda  bulishiga  e’tibor 

tortiladi. Avval bolalarga tovushni ikki qo‘l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda 

ikkala  qo‘lning  balandligi  bir  xil  bo‘lishi  lozim.  Har  bir  cholg‘uning  o‘z 

tayoqchalari  bor:  -  ksilofonda  –  qattiq  probkali  tayoqchalar  bilan  chalinadi.  - 

metallofonda  rezina  tayoqchalar  bilan  ijro  etiladi. -  ko‘ng‘iroqchalarda  –  yog‘och 

tayoqchalar bilan ijro etiladi. Bulardan tashqari cholg‘ularning boshqa turlari ham 

mavjud. 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin