Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#45362
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining

Katta  guruh  bolalariga  ijro  etishni  o‘rgatar  ekanmiz  ular  oldiga  yanada 

murakkabroq  masalani  qo‘yamiz.  Ularga  tanish  bo‘lgan  qo‘shiqlarni  va  kuylarni 

yakka va orkestrda ijro etishga o‘rgatamiz. Bu davrda bolalar musiqa asboblarining 

barchasini  qo‘llasak  bo‘ladi.  Aynan  shu  davrda  bolalarga  ijodkorlik  malakalarini 

ham  shakllantirish  mumkin,  chunki  bolalar  cholg‘u  asbob  haqida  etarli  darajada 

malaka  va  ko‘nikmalarga  ega.  Ular  faqat  ritm  yoki  jamoa  bo‘lib  bir  notani  ijro 

etardilar.  Endi  bu  davrda  har  bir  cholg‘uning  individual  partiyasini  ijro  etishlari 



35 

 

talab  qilinadi.  Bu  bolalarda  o‘zlarini  partiyalarini  ijro  etish  bilan  bir  qatorda 



yonidagi  o‘rtog‘ini  ham  ijrosini  tinglay  olish  maqsadda  tutiladi.  Maktabga 

tayyorlov  guruhi  Maktabgacha  tayyorlov  guruhi  bolalari  ijrosiga  alohida  e’tibor 

beriladi.  Bu  davrga  kelib  bolalar  cholg‘u  asboblari  bilan  batafsil  tanishadilar. 

Uning  imkoniyatlarini  to‘liq  o‘rganib  chiqadilar.  Bolalar  nafaqat  musiqa  rahbari, 

balki o‘zlari musiqiy ansambl tuza oladilar. Bu davrda ijroga har bir mashg‘ulotda 

5-10  daqiqa  sarflash  kerak.  Bu  jarayon  tizimiylikni  va  izchillikni  talab  qiladi. 

Qo‘lanilayotgan asarlar murakkablashib boradi. 

O‘rgatish vazifalari. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  tarbiya  dasturiga  ko‘ra  cholg‘ularda 

ijrochilikka  o‘rgatish  ishlarini  katta,  o‘rta  va  maktabgacha  tayyorlov  guruhlarida 

olib  borish  ko‘zda  tutiladi.  Dastur  mazmuniga  ko‘ra  quyidagi  vazifalar 

belgilangan: 

1. Bolalarda kattalar ijro etgan asarlarni idrok etishi; 

2. Bolalarda cholg‘u malakalarini oshirish. 

Bolalar quyidagilarni bilishlari lozim. 

1. CHolg‘ular nom iva ularning ko‘rinishlari. 

2. CHolg‘ularning jaranglash xarakteri. 

3. CHolg‘ulardan foydalanish yo‘llari. 

4. Turli cholg‘ularda baland va past joylashuvi. 

5. Notalar nomlarini va ularni asboblarda joylashuvini. 

Bolalar quyidagilarni o‘rganishlari lozim: 

a) Turli cholg‘u asboblarida ijro etishning oddiy usullarini; 

b) Puflab chalinadigan asboblarda nafasni to‘g‘ri sarflash; 



36 

 

v) Uchburchak va tarelkalar (shu jumladan barcha urma-zarbli cholg‘ular)ni 



chalganda tovushni pasaytira olish; 

g) Ansamblni his qilish, ansambl tempiga e’tibor berish va shu tempda 

ijro eta olish; 

d) Ritmik va melodik mashqlarni erkin ijro etish va improvizatsiya qila 

olish. 

Bolalarga  cholg‘u  asboblarida  ijro  etishga  o‘rgatishda  bir  qancha  bosqichlardan 

olib boriladi. Bulardan: 

1) cholg‘u asbobini tashki ko‘rinishi bilan tanishtirish; 

2) bir necha mashg‘ulotlar davomida ijro asari bolalarga tanishtiriladi; 

3) cholg‘u guruhlarga bo‘lib o‘rgatiladi; 

4) umumiy mashg‘ulotlarda boshqa cholg‘ular bilan tanishtiriladi. 

5) urib chalinadigan cholg‘ularga kamroq mehnat talab etiladi. SHuning uchun 1-

mashg‘ulotda  2-3  ta  cholg‘u  asbobini  tanishtirish  kerak.  Bolalar  cholg‘ularida 

ijroga  o‘rgatish  metodlari  Asboblar  turli  guruhlarga  bo‘linganligi  uchun  ularning 

har biriga 

individual yondoshmoq lozimdir. Musiqa cholg‘ularida ijro etish 

metodikasida puxta o‘ylab chiqilgan dastur asosida olib boriladi. Ulardan: 

— asarning ifodali ijrosi, ijro usullarini ko‘rsatish va tushuntirish; 

— bolalarga asboblarni mustaqil ushlab ko‘rish, uni ko‘zdan kechirishga 

berish; 


— ular oldiga murakkab bo‘lmagan ijro vazifalarini ko‘yish; 


37 

 

Bu metodlarni uyg‘unlikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 



Asarga qo‘yilaligan talablar. 

1. Bolalar yoshiga va bilim darajasiga mosligi. 

2. Badiiy va tasavvurga boyligi. 

3. Tarbiyaviy ahamiyatga egaligi. 

4. Ijroning qulayligi, engilligi va ravonligi. 

5. Ritm jihatdan aniqligi. 

Endi 2ta asarni ijro metodini ko‘rib chiqamiz. 

1. N.Norxo‘jaevning «Navro‘zim —sho‘x sozim» 

2. O‘zbek xalq kuyi «YAllama — yorim» 

«Navro‘zim — sho‘x sozim» 

X.Raxmat  she’ri  N.Norxo‘jaev  musiqasi.  Asar  qo‘shiq  bo‘lib,  katta  guruh 

bolalariga mo‘ljallangan.Asarda barcha asboblar (rubob, soz, tanbur, qonun, doyra, 

nog‘ora, safoyil,quticha) ishtirok etadi. 

1.  Asarning  kirish  qismini  fortepiano  jo‘rligida  doyra  va  nog‘ora  ijro  etishadi. 

Qolgan  asboblar  ijro  etishmaydi.  Bunda  bolalarga  o‘zlari  ijro  etgunlariga  qadar 

do‘stlarini ijrosini diqqat bilan tinglashga undaydi. 

2.  Asosiy  qismda  barcha  cholg‘ular  o‘z  partiyalarini  ijro  etishadi.  Bu  jarayonda 

bolalarda birga boshlashni va tempdan oldin shoshib yoqi orqaga cho‘zib qolishni 

bartaraf  etishga  qaratilshgan,  ya’ni  bolalar  o‘zlari  ijro  etatgan  asbobdan  tashqari 

yonida  turgan  o‘rtog‘ining  chalishini  eshita  olishi  va  kamchiliklarini  ayta  olishga 

erishish kerak. 

3. Asarda berilgan uzun va qisqa cho‘zimli notalarni tekis ijro etishlari. 

4. Bu asarada safoyil va quticha fundament, ya’ni asos vazifasini bajaradi. 



38 

 

5.  Asar  qo‘shiq  bo‘lganligi  uchun  guruhning  bir  qism  bolalari  cholg‘ularda  ijro 



etishsa, bir qismi esa ko‘ylashlari mumkin. 

Bu qo‘shiq bayram tadbirlari repertuaridan keng joy olishi mumkin. 

«YAllama yorim» (O‘zbek xalq kuyi) 

Kuy  maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalari  ijrosiga  mo‘ljallangan.  Asarni 

faktura jihatdan murakkabligi uchun 4-5 mashg‘ulot darayonida o‘rganiladi. Asarni 

o‘rganish  jarayonida  musiqa  rahbari  asboblarni  guruhlarini  mashg‘ulotdan 

tashqarii  yig‘ib  tayyorlashi  kerak,  chunki  mashg‘ulot  davomida  bolalar  bilan  ijro 

ustida  ishlasa  qolganlari  zerikadi  va  kutishdan  charchashadi.  Bu  o‘rganish 

jarayonini va bolalar qiziqishini sustlashtiradi. Asarni o‘rganishda mashg‘ulotlarni 

aniq vazifalarga yo‘naltirib o‘tiladi:    

1-mashg‘ulot.  Musiqa  rahbari  asarni  ifodali  va  qiziqarli  qilib  ijro  etadi. 

Musiqa rahbari bolalardan: «Bu asarni ijro etishda qanday asboblardan foydalansa 

bo‘ladi  yoki  «Bu  asar  qanday  janrga  mansub?» -  degan savolni  o‘rtaga tashlaydi. 

Bu bolalarda raqs janri haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. 

2-mashg‘ulot.  Musiqani  yana  bir  bor  ijro  etgandan  keyin  baxs  boshlanadi. 

Bolalar  o‘z  tasavvurlari  va  fikrlash  qobiliyatlaridan  va  dunyoqarashlaridan  kelib 

chiqib  turli  javoblarni  berishlari  mumkin.  SHunda  musiqa  rahbari  bolalar  fikrini 

jamlab yakuniy bir fikrga, ya’ni bu «xalq» kuyi ekanligiga keltiradi. 

3-mashg‘ulot.  Musiqa  rahbari  fortepiano  jo‘rligida  doyrada  ijro  etishga 

harakat qiladi. Unda usul hissi kuchli bo‘lgan bolani ijroga taklif qiladi. Asar 2-3 

marta  ijro  etilgandan  keyin  bolalar  xotirasida  qoladi.  Kuyni  ovozda  taxminiy  ijro 

eta olganlaridan keyin qolgan zarbli urma cholg‘ularni ijroga qo‘shsa bo‘ladi. 

4-mashg‘ulot.  Mashg‘ulotdan  oldin  asboblarni  sozlab  bolalarga  o‘rgatish 

kerak.  CHunki  bolalar  hayajonlanib,  ijro  etishlari  qiyinlashadi. 2-3  marta  orkestr 

cholg‘ulari  (rubob,  soz  tanbir,  dutor,  tanbur,  qonun)  birgalikda  ijro  etishlari 

yaxshilangandan  keyingina  urma  zarbli  cholg‘ularni  birlashtirsa  bo‘ladi. 




39 

 

Mashg‘ulot  davomida  yaxshi  ijro  etishganidan  so‘ng  biror  bir  cholg‘uga  boshqa 



bolalarni  ishtirok  ettirsa  bo‘ladi.  CHunki  har  bir  bola  ijro  etib  ko‘rishga  o‘zini 

orkestr cholg‘uchisi sifatida ko‘rishni xoxlaydi. 

5-mashg‘ulot.  Orkestr  jo‘rligida  qolgan  bolalarga  raqs  elementlarini 

o‘rgatilsa,  ular  raqsga  tushishadi,  ya’ni  bayram  tadbirida  bir  guruh  bolalar  ijro 

etishsa,  ikkinchi  guruh  bolalari  raqsga  tushishadi.  Bunda  bolalar  bayram  vaqtida 

zerikishni his qilishmaydi va hammalari ishtirok etadilar. 

Xulosa  qilib  aytganda,  bolalar  cholg‘ularida  ijro  etishga  o‘rgatish,  va  uni  

hayoti  davomida  qo‘llash  bolalarga  katta  zavq  ulashadi.  Ular  o‘zlarini  sozanda 

sifatida ko‘radilar. Bu ularda ijrochilik iqtidorini shakllantirishga bir turtki bo‘lishi 

ham mumkin. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin