47
Xulosa
Bola shaxsining har tomonlama kamol topishi estetik tarbiyaning
axloqiy aqliy va jismoniy tarbiyaning uzviy aloqasi tufayli ro‘yobga
chiqariladi. G‘oyaviy – axloqiy ta’sirini amalga oshirilishiga to‘g‘ri
ishlab chiqilgan va bolalarning yosh imkoniyatlariga muvofiq tanlangan
repertuar yordam beradi. Biroq eng asosiysi - musiqaning o‘ziga xos
xususiyati tufayli shakllanadigan “Xissiyotlar maktabi” bo‘lib
tinglovchida birgalikda xis qilish tuyg‘usini uyg‘otishdir.
Musiqa mashg‘ulotlarida bilish va aqliy faoliyatlar xam
aktivlashadi. Bolalar musiqani diqqat berib tinglar ekanlar ko‘p
narsalarni bilib oladilar. Biroq, bunda ular musiqaning eng umumiy
xususiyatlari eng yorqin obrazlarinigina idrok etadilar. Agar bolaning
oldiga musiqani e’tibor berib tinglash, uning ifoda vositalarini farqlash,
qiyoslash, ajratish vazifalari qo‘yilgan bo‘lsa emotsional munosabat o‘z
ahamiyatini yuqotmaydi. Bu aqliy xarakatlar bola xissiyoti va
kechinmalari doirasini boyitadi hamda kengaytiradi, ularga onglilikni
tarkib toptiradi .
Musiqali estetik tarbiyaning garmonikligiga musiqa faoliyatining
maktabgacha yoshdagi bolalarga tushunarli bo‘lgan barcha turlaridan,
o‘sib kelayotgan insonning barcha imkoniyatlaridan foydalanilgan
taqdirdagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. SHu bilan birga
pedagogikning vazifalari murakkablashtirilar ekan, bolalarning o‘zlariga
xos ta’sirchanliklarini suiste’mol qilmaslik lozim. Musiqa san’ati, uning
o‘ziga xos xususiyatlari pedagogning oldiga bir qator spetsifik
vazifalarni hal qilishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi:
48
- musiqaga muhabbat va qiziqishni tarbiyalash. Faqat emotsional
ta’sirchanlikni va moyillikni o‘sitirishgina musiqaning tarbiyaviy
ta’sirida keng foydalanish imkonini beradi;
- bolalarni muayyan uyushtirilgan sistema yordamida turli xildagi
musiqa asarlari hamda unda foydalaniladigan ifoda vositalari bilan
tanishtirib, ularning taassurotlarini boyitish;
- bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa
asboblarini chalish sohasida eng oddiy ijrochilik malakalarini
shakllantirib, ularni musiqa faoliyatini xilma - hil turlarida qatnashtirish.
Ularni musiqa savodining elementlari bilan tanishtirish. Bularning
barchasi bolalarga ongli, bevosita, ifodali harakat qilish imkonini beradi;
- bolalarga umumiy musiqa qobiliyatini ( sensor yuqori ladda
eshitish, ritmni his qilish qobiliyatlarini) o‘stirish, xonandalik ovozi va
harakatlarning ifodalaligini tarkib toptirish. Agar mazkur yoshda bolani
aktiv amaliy faoliyatga o‘rgatilsa va qatnashtirilsa uning barcha
qobiliyatlari shakillanadi va o‘sadi;
- bolaning musiqa didini kamol topishiga yordam berish . Musiqa
haqida olingan ta’sir va tasavvurlar asosida avvalo ijro etilayotgan
asarlarga nisbatan tanlash, so‘ngra esa baxolash munosabatlari namoyon
bo‘ladi;
- bolalarda musiqaga, eng avvalo - ularning bunday faoliyatlari
uchun qulay bo‘lgan musiqa o‘yinlari va xorovodlarga obrazlarni
ifodalash tanish raqs xarakatlarida yangi birikmalar qo‘llash, xirgoyi
qilish kabi faoliyatlarga ijodiy munosabatni o‘stirish. Bu kundalik
49
xayotda o‘rganilgan repertuardan foydalanish, musiqa asboblarini
chalish, ashula aytish, raqsga tushishlarni qo‘llashdagi mustaqillikni
tashabbus, ishtiyoqni aniqlash imkonini beradi. Bu imkoniyatlarning
namoyon bo‘lish ko‘proq o‘rta va katta maktabgacha tarbiya yoshdagi
bolalar uchun muxim vosita bo‘lib xizmat qiladi
Dostları ilə paylaş: