53
Buxoro davlat universiteti
Musiqiy ta’lim yo‘nalishi 4- kurs talabasi Jabborova Sitoraning
«Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiyaning maqsad va
vazifalari guruh va faoliyatlar misolida»
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z.
Musiqa darslari jarayonida musiqaviy ritmik harakatlarni bajarish
faoliyati tarbiyalanuvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul
tuyg‘usi va asar badiyatini harakatlarda ifodalash malakalarini
rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham
muhimdir. Bu, ayniqsa, boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilari uchun
nihoyatda zarurdir. CHunki yosh bolalarning me’yoriy rivojlanishlarida
har qanday harakat turlari muhim rol o‘ynaydi. Bu borada musiqa
darslari mazmunida katta imkoniyatlari mavjud va musiqa darslari
o‘zining mazkur xususiyatlari bilan ham boshqa fanlardan ijobiy farq
qiladi.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya darsidan tashqari boshqa fanlar darslari
davomida tarbiyalanuvchi vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchilarning
ruhiyatini hisobga olib, dars mazmuni va bolalarning fikrlash jarayonini
to‘xtatib harakatli maruzalar o‘tkazadilar.
Musiqa darslari bundan nafaqatistisnodir, balki musiqali harakat
turlari o‘rganayotgan asarning xarakteri, badiiy obrazlari, ifodaviy va
ijro xususiyatlarini chuqur his etish hamda ularni ma’lum darajada
ijodkorona ifodalash uchun ham muhimdir. Ana shunda dars boshidan
oxirigacha uzilmaydi va mantiqdan bir butunlikni tashkil etadi.
54
Muallif malakaviy bitiruv ishini bajarishga ilmiy nuqtai-nazardan
to‘g‘ri yondoshgan. Bu uning rejalashtirilish, maqsad va vazifalarni
belgilanishida ko‘rinadi. Ish bilan tanishish davomida shunga ishonch
hosil qildikki, tadqiqotchi mavzuni yoritishda mos manbalarga tayanib
tavsiya etadi.
Tadqiqot ishi uni bajarish bo‘yicha nizom talablari darajasida yozilgan.
Mazkur malakaviy bitiruv ishini ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: