Musiqa mashg‘ulotlari
“Uch ming yillikning bolasi” maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturi
davlat hujjati bo‘lib, musiqa rahbarini ta’limiy-tarbiyaviy ishi, bolalarni barkamol
tarbiyalab maktab ta’limiga tayyorlashini nazarda tutadi. Musiqa mashg‘ulotlarini
rejalashtirar ekan, pedagog bolalar aqliy, jismoniy, emotsional yuklamalarini
hisobga olish kerak va shunga ko‘ra o‘rganadigan repertuar va faoliyat turlarini
ketma-ketligini to‘g‘ri tuzish kerak. O‘quv materialini murakkabligiga ko‘ra xilma-
xildir: ko‘proq aqliy faoliyati, diqqatni talab qiladigan vazifalarni mashg‘ulotlar
41
boshida berish kerak. Kuylashdan oldin murakkab jismoniy mashqlarni berish
mumkin emas, chunki bunday mashqlar bolalarni nafas olishlarini qiyinlashtiradi.
Amaliyotga ko‘ra faoliyat turlarini quyidagicha berish maqsadga muvofiq.
Mashg‘ulot boshida kichik musiqiy-ritmik mashqlar ular birorta raqs elementlari
ham bo‘lishi mumkin. Bunday harakatlar bola diqqatini jamlaydi.
Ritmik mashqlardan so‘ng bolalar o‘tiradilar va musiqa tinglaydilar. Keyin
esa qo‘shiq kuylashga o‘tadilar. Bolalar bir mashq davomida 2-3-ta qo‘shiq
kuylashadi. Masalan, marsh, raqs, qo‘shiq jarayonida musiqa savodidan xabardor
bo‘ladilar. Bunday mashg‘ulotlar mavzuli mashg‘ulotlar deyiladi. YAna biri bu
kompleks mashg‘ulotlardir. Bunda bolalar bilan faqat musiqa, balki, adabiyot va
tasviriy san’at bilan shug‘ullanadilar. Bunday mashg‘ulotlar asosida uchta san’atni
birlashtiruvchi badiiy obraz yotadi. Masalan, “Qish zavqi”, “Kuz keldi”, “Bahor”.
Har bir bolaning musiqiy qobiliyatini va maqsadga muvofiq va har tomonlama
ta’lim-tarbiya beruvchi mashg‘ulotlardir. Ularda har xil faoliyat turlari: kuylash,
ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash, musiqa savodi bilan tanishish kabi
faoliyatlar uzviy bog‘lab olib boradilar. Musiqa faoliyatini bajarish bolalarni
faolroq bo‘lishlariga asos bo‘ladi. Tashkil etiladigan bayramlar ham qiziq va
muvaffaqiyatliroq o‘tadi. Musiqa mashg‘ulotlari butun guruh bilan bir vaqtda
o‘tkaziladi. Uning mazmuni va tuzilishi bolalar yoshi va beriladigan vazifalarga
bog‘liq. Bir yashar bolalarda mashg‘ulotlar qisqa o‘tadi. Bir yarim yashar
bolalarda 10-13 daqiqa olib boriladi. Musiqa mashg‘ulotlar 2-guruhdan boshlab
haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Musiqa mazmuni – qo‘shiq o‘rgatish, musiqa
tinglash, ritmik harakatlar bajarishni qamrab oladi. Bolalarni bilim va malakalariga
qo‘yildigan talablar har bir guruh uchun faoliyat turiga qarab tuziladi. Bunday
mashg‘ulotlarning qiyinligi shundaki, bolalarning diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga ko‘chirish kerak bo‘ladi. SHu ketma-ketlikni reja asosida amalga
oshirish murakkabdir. CHunki bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olsak
ular bugun o‘rgangan asarlarini keyingi safar unutishlari mumkin.
42
Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi “musiqa” mashg‘ulotlari
musiqiy rahbarlari ham maxsus bilimlar, ko‘nikma-malakalar, pedagogik qobiliyat
hamda pedagogik mahoratga ega bo‘lmoqlari lozim. Ma’lumki, “musiqa”
mashg‘ulotlari to‘rtta musiqiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
1. Qo‘shiq kuylash;
2. Musiqa tinglash;
3. Musiqa ostida ritmik harakatlar bajarish.
4. Bolalar musiqiy cholg‘u asboblarini chalish.
Mana shu to‘rtta jarayon bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda o‘tilishi
maqsadga muvofiqdir. Bolalarda yuqori natijalarga erishish uchun musiqa
o‘qituvchisi musiqiy bilimlarni: garmoniya, polifoniya, solfedjio, musiqa
nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili va yana birorta
musiqiy asbobni chalishni bilishi zarurdir.
Bola uchun musiqa quvnoq kechinmalar dunyosidir. Uning oldida bu
dunyoning eshigini ochish uchun unda qobiliyatlarni, eng avvalo musiqa
oxanglarini to‘g‘ri qabul qilish va emotsional iltifotlilikni o‘stirish lozim. Aks
xolda
muziqa
o‘zining
tarbiyaviy
funksiyalarni
bajara
olmaydi.
Ilk bolaligida kichkintoy bola musiqani o‘z atrofidagi tovushlar, shovqinlardan
farqlaydi. U o‘z e’tiborini tinglagan kuyga qaratadi ma’lum vaqt jim qoladi,
tinglaydi, unga jilmayish, g‘ug‘ulash ayrim harakatlar bilan javob beradi, “
jonlanishlar kompleksini” namoyon qiladi.
Katta bolalar anchagina o‘sgan, psixologik qobiliyatlarga ega bo‘ladilar.
Ular hodisalar o‘rtasidagi ba’zi aloqalarni anglaydilar, oddiy umumlashtirishlarni
amalga oshira oladilar - masalan, musiqa xarakterini, ijro etilgan kuy yoki
qo‘shiqning qaysidir belgilariga ko‘ra quvnoq, shodmon sokin yoki g‘amgin
ekanligini aytib bera oladilar. Ularning xarakteriga ko‘ra turlicha bo‘lgan
qo‘shiqlarni qanday kuylash kerakligi, tinch xorovodda yoki xarakatli raqsda
43
qanday harakat qilish kerakligi xaqidagi talablar ham tushunarlidir. Musiqa
qiziqishlari ham shakllanadi; faoliyatning u yoki bu turiga ya’ni, musiqa janriga
moyillik bildiriladi. Olti – etti yoshga kelib badiiy didning boshlang‘ich
kurtaklarining namoyon bo‘lishi - asarga va uning ijrosiga baho bera bilish
qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi- asarga va uning ijrosiga baxo bera bilish
qobiliyati kuzatiladi.
Bu yoshda ashula aytiladigan ovoz jarangdorlik, oxangdorlik, xarakatchilik
kasb etadi. Bolaning diapazoni tenglashadi, vokal intonatsiyasi ancha
barqarorlashadi. Agar to‘rt yoshli bolalar hali ham katta kishi qo‘llab – quvvatlab
turishiga muxtoj bo‘lsalar sistemali tarzda o‘qitish natijasida olti yoshli bolalarning
ko‘pchiligi musiqa asbobi jo‘rligisiz ham kuylay oladilar.
Musiqa mashg‘ulotlari davomida bolalarning hatti – xarakatlari, o‘quv va
ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo‘naltiriladi. Ular kuylash jarayonida ijrochilik
malakalarini egallaydilar va o‘zlarining sodda ohanglarini badixa qiladilar, turli
raqslarni ijro etishda, turli raqs xarakatlarni bajarishda musiqali o‘yin obrazlarini
o‘zlaricha ifodalashga urinadilar. Bog‘cha bolalariga kuy va qo‘shiqni kuylatish,
o‘yin o‘rgatish va turli o‘zbek milliy cholg‘ulari bilan tanishtirish orqali ularning
musiqaga bo‘lgan qiziqishi, xavasi ortib boradi va bu esa muxim vosita bo‘lib
xizmat qiladi.
Hozirgi rivojlanish jarayonida ko‘pchilik maktabgacha ta’lim muassasalari,
maktablar kompyuterlar, musiqiy markazlar, televizor, radio kabi bir qator yangi
axborot texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Bu texnologiyalardan musiqa
madaniyati mashg‘ulotlari, darslarida ham foydalanish yuqorida keltirilgan shaxsiy
fazilatlarni shakllantirishda juda qo‘l keladi.
1. Bolalarining musiqiy faoliyatlarini uyushtirish shakllarini;
2. “Musiqa madaniyati” dasturi mazmunini, uning g‘oyaviy-nazariy asoslarini,
didaktik usul va tamoyillarini;
44
3. Bolalarning yosh xususiyatlarini;
4. Musiqa mashg‘ulotlari (darslari)da o‘rganiladigan asarlarning badiiy
xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyatini;
5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktabda va maktabdan tashqari olib
boriladigan mashg‘ulotlarning samarali shakl va usullarini tashkil etishni;
6. Musiqa mashg‘ulotlari (darslari)ni konstruksiyalash: reja-konspekt tuzish,
kerakli musiqiy asarlarni to‘plash, musiqani o‘rgatishning unumli yo‘llarini izlash;
7. Pedagogik masalalarini formulalash va echish;
8. Bolalarning musiqiy qobiliyatlarini ochib beruvchi ijrochilik musiqiy
faoliyatlarini uyushtirish (Bayram ertaliklari tashkil etish);
9. Bolalarda mavjud bo‘lgan bilimlarni, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga
yo‘naltirish va hokazolar.
Musiqa mashg‘ulotlar (darslar)i bolalarga o‘z milliy musiqiy tarixlari,
musiqaning elementar nazariyasi, jahon musiqa san’ati namoyondalarining ijodi
haqida tushunchalar berish, ularda musiqiy madaniyatni, odobni va nafosatni
tarbiyalashga asos soladi.
Bolalarda kuylash malakalarini tarbiyalashning o‘z qiyinchiliklari bo‘ladi.
Bolalar hali asarni to‘la tahlil qila olmaydilar. SHuning uchun avvalam bor
musiqiy rahbar o‘zi qo‘shiqni namunaviy tarzda kuylab bermog‘i lozim. Agar
qo‘shiq yozuv lentasida yozilgan bo‘lsa, magnitofonda qo‘shiqni biror bir bolalar
xorlari ijrosida eshittirish ham yaxshi natija beradi. Keyin qo‘shiqni qayta-qayta
kuylab yod olinadi. Qayta kuylash usulining ikkita sharti mavjuddir:
1) Bola kuylayotganda aynan nima qilishi va nimaga erishishi mumkin bo‘lgan,
puxta, aniq bilimga ega bo‘lishi lozim.
45
2) Bola nimaga erishganini, har bir mashqning qanday natija berganini, qanday
xatolarga yo‘l qo‘yilganini bilishi kerak va keyingi mashqlarida xatolarni bartaraf
etishi lozim.
Birinchi shartning to‘g‘ri bajarilishi uchun musiqa savodxonligi jarayonini
kuylash jarayoni bilan bog‘liqligi, mantiqan bir-biriga mosligiga e’tiborni qaratish
darkor. Ikkinchi shartning bajarilishi qayta kuylash mashqining ma’lum bir
maqsadga qaratilganligiga bog‘liq. Bunda musiqa rahbari (o‘qituvchisi) har gal
qayta kuylanganda mashqni bolalar bilan o‘z vaqtida tahlil qilib borishi zarur.
Musiqa rahbari (o‘qituvchisi) kuylashda yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi
tadbirlarni o‘tkazishi tavsiya etiladi:
1) Bolalarni ohangdoshlikni his etishlariga erishish;
2) Har bir bolaning individual xususiyatini hisobga olish;
3) Iloji boricha milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish;
4) Mashg‘ulot (darslar)da faol qatnashgan, qobiliyatli bolalarni musiqa
to‘garaklariga jalb etish.
Bolalar musiqa mashg‘ulotlarida faqat qo‘shiq o‘rganish yoki musiqa ritmik
harakatlarni egallash bilan cheklanib qolmay, balki musiqa rahbari (o‘qituvchisi)
ijrosida, plastinka yoki magnit lentalari yordamida musiqa asarlarini tinglaydilar,
idrok etadilar. Musiqa asoslarini bolalarga tushuntirish va tanishtirish bolalarning
musiqiy bilim saviyasini kengaytiradi. Musiqa asarlarini eshitish mashg‘ulotlarni
mazmunan boyitadi, xilma-xilligini oshiradi, mashg‘ulotlarni hayajonli o‘tishiga
katta yordam beradi.
Bolalar bilganlaricha javob beradilar. Musiqa rahbari (o‘qituvchisi)
bolalarga ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zbek milliy cholg‘u asboblarini
ko‘rsatib, birma-bir tanishtirib chiqadi, bolalar bilan fikr almashadi. Bolalarda
cholg‘u asboblarida ijro eta olish uchun to‘garaklarga qatnashishni tavsiya etadi.
46
Ko‘rib turganimizdek, musiqa rahbari (o‘qituvchisi) faqatgina qo‘shiqkuylashni
emas, balki bir qator musiqiy-nazariy bilimlarga ega bo‘lmog‘i shart. Musiqa
mashg‘ulotlari hox u qo‘shiq kuylash bo‘lsin, xoh musiqa tinglash bo‘lsin, xoh
nazariy bilimlar bo‘lsin yosh avlodni axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy
barkamollikni mujassamlashtirgan har tamonlama etuk shaxs qilib shakllantirishga
asos solar ekan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, musiqa mashg‘ulotlari (darslari)orqali
musiqa rahbari (o‘qituvchisi) bolalarda yuksak ma’naviy, badiiy va axloqiy
madaniyatni, milliy g‘urur, vatanparvarlik tarbiyasini, nafosat vabadiiy didni
o‘stirishga, tafakkurlarini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni
tarbiyalashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |