40
2.2. Maktabdan tashqari muassalarida turli musiqiy
tadbirlarni o‘tkazish uslublari.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ertaliklar va bayramlar davlatimizning
muhim voqealari bilan bog‘liq tarzda tashkil etiladi. Turli xil bayramlarga
bag‘ishlangan ertaliklarda bolalar mamlakatimizning muhim sanalari va bayramlari
bilan tanishib boradilar. Bunday eratliklarda musiqa asosiy o‘rinda turadi. Bunday
ertaliklarda bolalar qo‘shiq kuylaydilar, raqsga tushadilar, bolalar musiqiy
cholg‘ularida ijro etadilar. Bunday bayram-ertaliklar uchun ataylab ssenariylar
yoziladi. Ssenariylar mavzusi bayram ruhiga yaqin bo‘lishi, turli xil she’rlar, kuy
va qo‘shiqlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Demak, bayram ertaliklaridagi
repertuar xilma-xil bo‘lmog‘i lozim. Tanlanadigan repertuarning mazmuni bayram
mazmuni bilan hamohang bo‘lishi muhim. Davlatimiz bayramlaridan tashqari
maktabgacha ta’lim muassasalarida hayrlashuv kechalari ham tashkil etiladi.
Bunda asosan, tayyorlov guruhlari bolalari ishtirok etib, ular bog‘cha bilan
hayrlashib maktabga yo‘llanma oladilar. Bayram ertaliklaridagi ssenariy musiqiy
fon ostida namoyish etiladi. SHuning uchun musiqa rahbari har bir, hodisa va
holatlar uchun mos bo‘lgan musiqa namunalarini tanlashi o‘ta muhim
shartlardandir. Bundan tashqari kecha o‘tkaziladigan zallarni ham bayram
kayfiyatiga mos jihozlash darkor. YUqoridagi shartlarni bajarilishi bayram-
ertaliklarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: