mavjuddir. Bolalarga qo‘shiq o‘rgatayotganda va repertuar tanlaganda nimalarga
e’tibor berilishi kerak? Har bir qo‘shiq ma’lum pedagogik maqsadlarni amalga
oshirishni ko‘zga tutib tanlanadi. Unda har bir yangi qo‘shiq oldingisidan hosil
etilgan kuylash malakalarini mustahkamlaydi va ularni rivojlantiradi. Qo‘shiq
diarazoni bolalar ovoziga mosligi, badiiy g‘oyaviy mazmuni, bolalar dunyoqarashi
va yoshiga mos bo‘lishi kerak. Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga ko‘ra tanlash
1. Qo‘shiqni tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va
17
2. Qo‘shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug‘at boyligiga
mosligi va ularning nutqini va tafakkurini o‘stirish uchun xizmat qilishi.
3. Qo‘shiq ohangi, uning xarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli,
g‘amgin, bayramona, ko‘tarinki ruxda), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni bolalar
yoshiga mos bo‘lishi.
4. Qo‘shiqning badiiy xususiyatlari va ifodaviyligi, bolalar idrokiga mosligi,
garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.
5. Qo‘shiq shakli (1, 2 qismli yoki kuplet shaklida tuzilganligi)
naqarotning mavjudligi. Qo‘shiqni tanlashdagi bolalarga qisqa, mazmunli, obrazli,
qiziqarli hikoya qilib beriladi. Qo‘shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiat, ona
Vatan, mehr-muhabbat haqidagi g‘oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda
qiziqish uyg‘otadi. Badiiy qo‘shiqlar sirasiga D.Omonullaevaning bolalar uchun
yozilgan «Diloromning qo‘shig‘i», «Buvijonim», «Aziz buston —O‘zbekiston»,
«Navzo‘zim», «O‘zbekiston
—
Vatanim
manim»;
N.Norxo‘jaevning
«O‘ynasangchi tipratikan», «Nevaralar qo‘shig‘i», «Kapalak va kamalak»,
«Kakligim», «SHaftoliga savolim», «Navo‘zim — shux sozim», «Salom bergan
bolalar», «Buvijonim yaxshisiz», «Gullar manim kulganim», «YAxshi bola», «Biz
askarmiz»; SH.YOrmatovning «Ay-yay-yay», «Islom bobo»; A.Mansurovning
«Muzqaymoq», «Vatanginam»; F.Nazarovning «Inoq o‘ynaymiz», «Paxtaoy»,
«Qish chog‘lari» va boshqa ko‘plab O‘zbekiston kompozitorlarining qo‘shiqlari
bolalar ijodiyotida so‘nmas iz qoldirib ularning badiiy tarbiyasi va didini
o‘stirishga yordam beradi. Qo‘shiqni tarbiyachi ifodali qilib ijro etib beradi.
Qo‘shiq mazmuniga mos tasviriy san’at qo‘shiq mazmuniga va tuzilishiga xos
savol-javoblar qilib, qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatadi. So‘ngra
qo‘shiq mazmunga mos musiqiy-ritmik harakatlar bilan o‘rgata boshlaydi. Matn va
ohang talaffuzning aniqligi ma’lum me’yorga tushgandan so‘ng, qo‘shiqning
badiiy ijrosiga erishildi. Qo‘shiqni vaqt-vaqti bilan sayr vaqtida, mashg‘ulotdan-
mashg‘ulotga takrorlab kuylab turish lozim, aks xolda uning matni bolalar
18
xotirasidan ko‘tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi. Har bir mashg‘ulotda
ayniqsa, yangi qo‘shiqni o‘rganishdn oldin, ilgari o‘rgatilgan qo‘shiqni takrorlab
turish, bolalar ijrosidagi aytim nuqsonlarni tuzatib borishga yordam beradi. Bolalar
toliqmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish shakllari o‘zgartirib turiladi. Masalan:
guruhlarga bo‘lib o‘rgatish; yakkaxon va guruh jo‘rligida; musiqiy harakatlar
yordamida amalga oshirilib; qo‘shiq matniga mos raqs elementlarini o‘ylab
ko‘rishga va o‘zlari uni ijro etishga undab ko‘rish yaxshi samara beradi.
Qo‘shiq mukammal o‘rganilgandan so‘ng, ularning qiziqishi yanada ortadi.
SHuningdek, mashg‘ulot shakllarini (noan’anaviy mashg‘ulotlar) o‘zgartirilib
turish ham mashg‘ulotlarda bolalarning zerikishini oldini olib, qiziqishini
kechaytiradi. Yil davomida bolalar 10-12 ta qo‘shiq o‘rganishlari ko‘zda tutiladi.
Bunga erishish uchun qo‘yiladigan vazifalar: bolalarda sof intonatsiya va
qo‘shiqchilik malakalarini shakllantirish; bolalarga yakka va tarbiyachi bilan
qo‘shiq kuylash, a’kapella tarzida ijro etish; musiqiy eshituv qobiliyatini, kuyning
balandligi, ularning uzunligi, kuyning yo‘nalishi, o‘zini eshita olishi
(kuylayotganida), ijro vaqtida o‘zining xatolarini eshita olishini rivojlantirish; ovoz
rivoji, tabiy ijroga erishish; bolalarda ijodkorlik malakalarini rivojlantirish, ular ijro
etgan qo‘shiqlarini xorovodlar va o‘yinlarda qo‘llash.
Dostları ilə paylaş: