Musiqiy ta`lim” kafedrasi kurs ishi tasdiqlayman Fakultet dekani M. T. Mirsolieva


Xulosa................................................................................................................... 33



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/16
tarix25.01.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#80727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Musiqiy ta`lim” kafedrasi kurs ishi tasdiqlayman Fakultet dekani

Xulosa................................................................................................................... 33
Foydalangan adabiyotlar.................................................................................... 35
Kirish

Mavzu dolzarbligi: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maqom san’ati anjumani ochilishida nutqida «Agar biz asl, haqiqiy san’`atni bilmoqchi, o`rganmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini bilishimiz, o`rganishimiz kerak. Agar biz san`atni, madaniyatni ko`tarmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini ko‘tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o`sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur».

Maqom san`ati haqida so`zlar ekan, prezident bu noyob boylikni ko`z qorachig`idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish turli qit`a va mamlakatlar vakillarini bu go`zal maskanda mujassam etgan anjumanning asosiy maqsadi ekanini ta`kidlab o`tdilar.


Yoshlar ta`lim-tarbiyasida milliy g`oyalarning aks ettishi xalqimizning asriy orzularining amalgam oshish inikosi hisoblanadi. Shu bois ham hozirgi kunda madaniyat va ma`naviyat, ta`lim va tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda. Kelajak taraqqiyoti va uni qanday kechishi ko`p jihatdan uning bunyodkorlari tarbiyasiga bog`liq. Ta`lim va tarbiyani milliy negizini mustahkamlash, uni jahon ilm-fanining eng so`ngi yutuqlariga tayangan holda takomillashtirib borish, ilm fanni rivojlantirish, ijtimoiy faol, ma`naviy yetuk, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va uni chuqur his etuvchi, ijodiy, erkin va mustaqil fikr yuritaoladigan shaxsni kamolga yetkazish davlatimiz siyosatida asosiy o`rinni egallaganligi bejis emas.
Donishmand xalqimizda “Musiqaga oshno kishidan yomonlik chiqmaydi”,- degan qarashlar mavjud. Shuning uchun bo‘lsa kerak Markaziy Osiyo xalqlarida uyning to‘riga musiqa asbobini osib qo`yish yoki oila a`zolaridan biror kishi biror bir musiqa asbobida kuy chalish yohud ashula aytishi zarurligi xalqimizning ziyoli oilalariga qo`yilgan minimal talablaridan biri bo`lgan. Xalqimizning boy musiqa merosi, maqomlarimiz Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining yuzaga kelishida, shakllanishida asosiy manba vazifasini o`tadi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki uning noyob ohanglari, dilkash navolari va chuqur mazmunli she`riy matnlari inson ruhiyatiga ozuqa beruvchi manba ekanligini qayta-qayta ta`kidlash mumkin. XX asrda maqomchilik san`ati rivoji milliy negiz bilan uyg`unlashgan holda yanada taraqqiy topdi. O`zbekistonda «Shashmaqom»ning yangi milliy udumlari paydo bo`lishi ham serqirra maqom an`analarini nafaqat saqlanishi va himoya qilinishi, balki yanada yuksalishiga olib keldi. O`zbek mumtoz musiqasi, birinchi navbatda, kishiga ruhiy engillik baxsh etish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi dunyoga estetik munosabatda bo'lishini shakllantiradi; uchinchi tomondan esa tarbiyaviy ta`sir vazifasini ham bajaradi. har bir musiqa asarining kishi ruhiyatiga ta`sirini qadim davrlarda yashab o'tgan olimlarning asarlari ham, hozirgi texnika taraqqiyoti davri samaralari ham isbotlab turibdi. Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqaning inson ruhiyatiga ta'siri, turli his-tuyg'ular uyg'ota olish xususiyatlarini batafsil tahlil qilganlar. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Safmddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abdulqodir Marog`iy, Abdurahmon Jomiy, Darvish Ali Changiylar maqomlar va umuman, mumtoz musiqaning kishilarga ta`sirini o`rganishgan. Maqom, uning sho`balari va qismlari insonga turlicha ta`sir qilishini uqtirib o`tishgan.1 Ushshoq, Navo, Husayniy, Iroq, Dugoh, Buzruk kabi jozibador va ohangdor maqom yo'llari nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Yaqin va O`rta Sharq xalqlari musiqa madaniyatidan o'rin olib, mashhur bo'lgan. Shu bois, o'zbek mumtoz musiqasi minglab yillar davomida shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pog`onalarga ko`tarilgan va xalqning madaniy - ma`naviy boyligiga aylangan.
Shuni ham aytish kerakki, an`anaviy musiqa namunalariga ega bo'lmish o`zbek xalqi o`zining «Alpomish», «Go`ro`g`li» dostonlari, «Shashmaqom» va minglab musiqa folklor qo`shiqlari bilan dunyodagi badiiy merosga boy xalqlar qatoridan munosib o`rin olgan. 2001-yil may oyida Boysun madaniy muhiti va 2003-yil noyabr oyida O'zbek va tojik xalqlari mumtoz musiqasining nodir xazinasi bo`lmish «Shashmaqom» YUNESKO tomonidan «Insoniyatning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi» deb tan olindi. Shu tufayli asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan Boysun an'anaviy madaniyatiga, «Shashmaqom» turkumiga qiziqish dunyo miqyosida tobora oshib bormoqda. Bunda bu noyob merosimiz jahonning turli mamlakatlarida «Boysun» folklor ansambli, Turg`un Alimatov, Abduhoshim Ismoilov, Munojot Yo`lchiyeva, Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambli va boshqa jamoalar hamda san`atkorlar tomonidan ijro etilishi; 1997-yildan har ikki yilda Samarqand shahrida o`tkazish an`anaga aylanib qolgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali va 2002-yildan buyon o`tkazilayotgan «Boysun bahori» ochiq folklor festivaliga o`zimiz shohid bo`lmoqdamiz. Bu nufuzli musiqa anjumanlariga san`atkorlar bilan bir qatorda xalqimizning folklor va mumtoz musiqasi bilan shug`ullanuvchi ijodkorlar - olimlar ham tashrif buyurib, o`zlarining festival doirasidagi ilmiy-amaliy yig`ilishlarida xalq ijodi va maqomchilik san`atining tarixi, buguni va kelajagi haqida fikr yuritmoqdalar.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin