Musiqiy ta`lim” kafedrasi kurs ishi tasdiqlayman Fakultet dekani M. T. Mirsolieva



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/16
tarix25.01.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#80727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Musiqiy ta`lim” kafedrasi kurs ishi tasdiqlayman Fakultet dekani

Saraxbori Buzruk kuy tuzilishi jihatidan juda ham murakkab hamda bir necha kuy bo`laklaridan tarkib topgan. Bu asar cholg`u muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin bir bayt she’r bilan aytiladigan birinchi xati - daromad qismi a ytiladi. Saraxbori Buzrukning ikkinchi xati - miyonxat, uchinchi xati-dunasr, to`rtikchi xati-Uzzol namudi, beshinchi xati, oltinchi va ettinchi xatlar Muxayyara Chorgoh namudi va sakkizinchi xat – Furovard qismlaridan tarkib topgan I-II-III va oxirgi xatlar undov so`zlar bilan aytilarkan, xang va ohanglar bilan ijro etiladi. (Saraxbori Buzrukni tahlil etib eshitib ko`rish tavsiya etiladi.)
Saraxbori Buzruk kuy harakati jarayonida tertsiya, kvarta, kvinta, oktava darajasida sakrama harakatlar hamda turli pardalarga chekinishlar tez-tez sodir bo`lib turadi. Shu sababli uning lad qiyofasini ajratib olish qiyinroqdir. Tonallikning o`zgarishi holatlarini Saraxbori Buzrukdan keyin aytiladigan oltita uning taronalarida ham kuzatish mumkin. Bu taronalarning kuy tuzilishi lad qiyofasi, doira usuli, ularga aytiladigan she’r o`lchovlari bir-biridan tubdan farq etadi. Bunday hol ashula turkumining rang-barangligini, jozibadorligini ta’minlaydi. Binobarin Saraxbordek yirik ashula yo`lini tinglashdagi jiddiy va og`ir holatni engillashtiradi, hamda eshituv hissiyotiga dam beradi. Saraxbori Buzruk taronalari kichik shakldagi engil ashula yo`llaridir. Sarahbori Buzrukning VI-taronasi keyingi sho`’baga ulovchi vazifasini bajaradigan – suporish qismi deb hisoblanadi. Buzrukning ikkinchi sho`’basi Talqini Uzzoldir. Bu erda "Talqin"
(asl ma’nosi-tushuntirish, nasihat) iborasi doyra usulining nomi bo`lib, "Uzzol" esa ma’lum kuy tuzilmasini ifodalaydi.
"Uzzol" qadimiy musiqa risrlalarida ko`rsatilishicha o`n ikki maqomga kirgan ma'lum sho`’baning nomi. Shashmaqomda esa Buzruk maqomi tarkibiga kiritalgan. Uzzol iborasi esa X asrdan boshlab ma’lum.
"Uzzol" arabcha so`z bo`lib, "tushish", "pastga sakrash" ma’nolarni bildiradi. Bunday ma’noni «Uzzol» nomli sho`’ba va uning qismlarining kuy harakatlaridan ham bilib olsa bo`ladi. Bunday kuy, masalan, "sol" notasidan boshlansa, kvarta darajasida pastga ya’ni "re" notasiga to`satdan sakraydi (fikrimizning dalili uchun, Nasri Uzzolning boshlanish qismini tinglab ko`rish kifoya). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buzrukdagi "Uzzol" nomi bilan bog`liq sho`’ba va qismlarda, ya’ni Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol kuy mavzulari va ohanglari jihatidan deyarli farq etmaydi. Bular orasadagi asosiy farq - doira usulining turlicha bo`lishidadir. Uzzol yo`li turli doira usuliga tushirilganda, ba`zi o`zgarishlarga uchraydi va bir-birining o`zgacha nusxasi bo`lib, yangicha tus oladi va yangicha ta’sir kuchini kasb etadi.
Masalan: Talqini Uzzol, Nasri Uzzol (nasrlar usulida) boshqacha tusga kiradi, Ufar usulida esa quvnoq va sho`xchan ashulaga aylanadi. Uzzol sho`balari va Ufar qismi quyidagi kuy bo`laklaridan tarkib topgan: Cholg` muqaddima, I - xat - daromad; II va III xatlar - miyonxat; to`rtinchi va beshinchi xatlar – Ushshoq - namudi; oltinchi xat - Muxayyari Chorgoh namudi; ettinchi xat - furovard, ya’ni tushurish qismlaridan iborat. Bu yerda Ushshoq namudi ya’ni Ushshoqning – Rost maqomining Ushshoq nomli sho`’balari asosida, Muhayyari Chorgoh namudi – Iroq maqomlarining shu nomli sho`’basi asosida yaratilgan.
Uzzol sho`balari xalq orasida mashhur ashula yo`llari bo`lib o`ziga xos ohangdor va jozibalidir. Ularning mashhurligini shundan ham bilish mumkinki "Uzzol" ohanglari asosida boshqa ashula va kuy yo`llari avjida keng foydalaniladigan Uzzol namudi yuzaga kelgan edi.
Uzzol namudi Shashmaqomda Buzruk, Rost maqomlari sho`’balari avjida keng foydalanilgan. Talqini Uzzolning bittagina taronasi bo`lib, u ham bo`lsa suporish, ya’ni keyingi sho`baga o`tishda ulovchi vazifasini bajaradi.
Buzruk maqomining Nasr - deyilgan sho`’balaridan biri Nasrulloyidir. Nasrullo - shu nomli kuy va ashulani yaratgan bastakorning taxallusidir. Uzoq o`htmishda bu cholg`u va ashula yo`llari maxsus maqom hisoblangan, hamda "Rohaviy" nomi bilan mashhur bo`lgan.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin