Ilova O`yin g`olibini aniqlash yoki o`yinlar natijasi mehmonda va uyda O`yin durang natija bilan yakunlangan paytda, turnir reglamentida ishtirokni davom ettirish uchun keyingi bosqichga jamoalardan biri chiqishi talab qilinsa, 11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar g`olibni aniqlash uchun yagona yo`l hisoblanadi.
Bosh hakam zarbalar yo`llanadigan davrozani aniqlaydi.
Bosh hakam qur`a tashlaydi va qaysi jamoa sardori qur`ada yutib chiqsa o`sha jamoa birinchi bo`lib zarbani ijro etish huquqini qo`lga kiritadi.
Bosh hakam ijro etilgan zarbalarni yozma ravishda qayd etib boradi.
Quyida keltirilgan shartlarga asosan jamoalar 5 marotabadan zarba ijro etadi.
Har bir jamoa o`yinchisi navbat bilan zarbani ijro etadi.
Agar penaltilar seriyasiga tugaguncha jamoalardan biri 5 ta zarbadan kiritgan gollari soni, ikkinchi jamoa ham xuddi shuncha zarba ijro etib kiritgan gollari soniga amaliy jihatdan yeta olmasa, unda 11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar to`xtatiladi.
Agar ikkala jamoa ham 5 ta zarbadan urgan gollari soni teng bo`lsa yoki umuman urilmagan bo`lsa, unda jamoalardan biri 1 tadan zarba ijro etishda raqibidan bitta gol ko`p urguncha o`sha tartibda davom etaveradi.
Darvozabon, penaltilar seriyasi davomida darvozaga tura olmaydigan darajada jarohat olsa, unda musobaqa reglamentiga ko`ra maksimal darajada o`yinchilarni almashtirmagan bo`lsa, zahiradagi futbolchi bilan almashtirishlishi mumkin.
Ikkinchi bo`limning asosiy vaqti yoki qo`shimcha vaqti (agar qo`shimcha taym musobaqa reglamentida mavjud bo`lsa) tugagan mahalida maydonda harakat qilgan o`yinchilar 11 mertlik nuqtadan zarba ijro etish huquqiga ega.
Futbolchilar bir marotabadan zarba berishadi, agar barcha o`yinchilar bir martadan zarba ijro etib bo`lishsagina, ularga yana tepish huquqi beriladi.
11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar vaqtida, har bir o`yinchi hakam ruxsati asosida o`zi darvozabon bilan zarba berishda almashishi mumkin.
11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbadan oldin faqatgina zarba beruvchi futbolchi bilan hakamga jarima maydoni ichida turish huquqi beriladi.
Ikkala jamoa darvozaboni va zarba ijro etuvchi futbolchidan tashqari barcha o`yinchilar markaziy aylana ichida turishlari shart.
Zarba ijro etayotgan futbolchi jamoasi darvozaboni zarba ijro etilayotgan vaqtda jarima maydonidan tashqarida, ya`ni darvoza chizig`i bilan jarima maydoni chizig`i kesishgan nuqtada turishi lozim.
11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar jarayonida O`yin qoidalariga va HK qaroriga amal qilishlari talab etiladi.