O`yin qoidalari va reglament To`rtinchi hakam tomonidan o`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish
7 – Qoida: O`yining davomiyligi. Vaqt qo`shib berish.
O`yinning har bir bo`limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo`qotilishi tufayli qo`shimcha vaqt qo`shib beriladi:
kuzatib qo`yish (o`yinchiga yordam ko`rsatilishi uchun maydondan tashqariga chiqarish),
o`yinni cho`zish,
boshqa biror sabab.
Vaqtni qo`shish bosh hakam ko`rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o`yin vaqtida stadionlardagi soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo`lim, ya`ni 45 va 90 daqiqa tugagach, soatlar to`xtatiladi. Ushbu shart final o`yinlarining qo`shimcha bo`limlari uchun ham taalluqli. (Ya`ni, soatlar 15 va 30 daqiqa o`tgach, to`xtatiladi).
O`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish Agar o`yin tugamagan bo`lsa, bosh hakam o`yindagi to`xtalishlar uchun qo`shimcha vaqt ajratsa, unga juda katta bosim o`tkaziladi. O`yinchilar, murabbiylar, jamoalar rahbarlari va axborot vositalari qancha vaqt qo`shilganidan bexabar bo`lishadi va bosh hakam tomonidan qo`shib berilgan vaqtda gol urilsa, bu holat bosh hakamga e`tirozlarni kuchaytirib yuboradi.
Hakamlar Qo`mitasi qiziqayotgan tomonlar o`yindagi to`xtalishlar uchun qancha vaqt qo`shib berilayotgani to`g`risida ogohlantirilsa, bosh hakamga bosim keskin kamayadi degan to`xtamga keldi.
Bosh hakam va to`rtinchi hakam o`yindagi to`xtalishlar hisobiga vaqt yo`qotilishiga ko`proq e`tibor berishlariga to`g`ri keladi. Hakamlar Qo`mitasi oddiy holatlarda o`yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan o`yinchini maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo`shib berishni tavsiya etadi. Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o`laroq, vaqt yo`qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo`ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga yordam ko`rsatilganda).
Italiyada keyingi yillarda to`plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar Qo`mitasi UEFA musobaqalarining barcha o`yinlarida e`lon qilishning quyidagi qoidalariga asosan, to`rtinchi hakam tomonidan qo`shib berilayotgan vaqtni e`lon qilishni tavsiya etadi:
Har bir bo`limda asosiy o`yin vaqti tugagandan so`ng (45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach) bosh hakam to`rtinchi hakamga imo-ishora yoki ovoz chiqarib, qancha vaqt qo`shishga qaror qilganini bildiradi. O`yinga yarim daqiqa yoki soniyalar emas, to`liq daqiqalar qo`shib beriladi. Ushbu qoida qo`shimcha bo`limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so`ng).
To`rtchi hakam o`yinchilar, murabbiylar, tomoshabinalar va axborot vositalariga eng kamida qo`shib berilayotgan daqiqalarni o`yinchi almashtirishda foydalaniladigan raqamlangan (oddiy yoki elektron) tablichkalar yordamida ko`rsatadi.
Bir marta va tomoshabinlar uchun ushbu axborot stadionning retranslyatsion tizimi yordamida e`lon qilinishi mumkin, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida stadiondagi gigant monitorda ham ko`rsatilishiga ruxsat beriladi.
O`yinning asosiy vaqti tugagach, ya`ni 45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach, stadiondagi soat to`xtatiladi, agar qo`shimcha bo`limlar o`tkazilsa, 15- va 30-daqiqalardan so`ng soat yana to`xtatilishi kerak.
O`yinga qo`shib berilgan daqiqalarda biror holat yuz bersa va bu holat o`z-o`zidan yana vaqt qo`shishni talab qilsa, na bosh hakam, na to`rtinchi hakam yana qancha vaqt qo`shilishini ko`rsatmaydi. O`yin qoidalariga muvofiq, qo`shib berilgan vaqtda o`yin to`xtalishlari uchun, shubhasiz, yana bir qancha vaqt qo`shib beriladi.