Fanning asosiy mazmuni va tuzilishi
Jismoniy madaniyat nazariyasi fanida jismoniy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni, bu fanning maqsadi, umumiy vazifasi va tamoyillarini o ‘rganamiz. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va uslubiyatida asosiy o‘rinni didaktikmasalalar oladi:
a) jismoniy tarbiyaning manbalari;
b) harakat, faoliyatlarga o‘rgatish tamoyillari va uslublari;
d) harakat sifatlarini rivojlantirish;
e) o‘rgatish jarayonining tuzilishi; mashg‘ulotlarni tashkil qilish usullari;
g) hisob-kitob va rejalashtirish;
h) aholining har xil toifalarini sog‘lomlashtirish; jismoniy mashqlarning xususiyatlari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o‘quv fani sifatida ikki qismdan iborat: birinchi qism, jismoniy tarbiya nazariyasi va jismoniy tarbiya uslubiyati deb atalsa, ikkinchi
qismi, umumiy va kasb jismoniy tayyorgarlik uslubiyati va sport tayyorgarlik metodikasidir.
Sport trenovkasi
Jismoniy tarbiya tizimi yutuqlari, jismoniy tarbiya tizimini millSport trenirovkasi – sportchini yuqori muvaffaqiyatga erishtiruvchi tayyorgarlikning asosiy shaklidir. Sport trenirovkasi musobaqa tizimi bilan birgalikda tuziladi va uning samaradorligini optimpllpshtiruvchi omillar bilan to‘ldiriladi. Bunday omillar
qatoriga sport faoliyati talablari asosida tashkil qilingan tarzi, maxsuslashtirilgan ovqatlanish, tiklanish va reabilitatsiya, shu bilan birga o‘z-o‘zini tarbiyalash.
Sport trenirovkasi pedagogik mohiyatga ko‘ra, tanlangan sport turida yuqori natidalarga erishishga qaratilgan va sport faoliyatidagi konkret vazifalarni hisoga olish asosida tuzilgan, sportchini tarbiyalashdagi amaliy-maxsuslashtirilgan jarayondir. Sportchilarning trenirovkasi insonnni ko‘p tomonlama tematik tarbiyalash tizimiga kiradi. Trenirovkaga qaratilgan sport muvaffaqiyatlari, bunga erishishda shaxsning mavjud boyliklari: maqsadga intilish, jasorat, jasurlik va boshqalar orqali erishishda katta ahamiyatga ega.
Sport trenirovkasini tashkil qilishda: g‘oyaviylik prinsipi, shaxsning har tomonlama rivojlanish prinsipi, faqat jismoniy tarbiya shakliga xos spetsifik qonuniyatlarni va sog‘loilashtirishga qaratilganligini hisobga olish prinsipi kabi zarurdir. O‘rgatish va tarbiyalashni umumiy va uslubiy aniqlash, trenirovka xususiyatlari munosabatlari bilan alohida holatlarini birinchi darajalilar sifatida ajratishga yo‘l beradi.
Dostları ilə paylaş: |