1.1 Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanish manbalari quyidagilardan iborat:
a) jamiyat hayotining amaliyoti;
b) jismoniy tarbiyaning amaliyoti;
d) shaxsni har tomonlama rivojlanishda har xil davr faylasuflari, pedagoglari va shifokorlarining ilg‘or g‘oyalari;
e) mamlakatda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda
hukumat qarorlari;
f) jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi hamda boshqa fanlarning ilmiy-izlanish natijalari.
Jismoniy madaniyat nazariyasi o‘zining rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o‘tgan.
Birinchi bosqich— odam hayotiy faoliyatida olgan harakat faoliyatining organizmga ta’sirini o‘rganuvchi empirik bilimlar (N.I.Ponamaryov, 1975). Empirik bilimlarning to‘planishi mashqlar samaradorligini“ anglash, tajribani o‘rgatish usulini yaratdi. Bu jismoniy mashqlarning vujudga kelishiga, ayni vaqtda jismoniy tarbiyaning ham vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi bosqich— jismoniy tarbiya bo‘yicha birinchi melodikaning yaratilishi — qadimgi quldorlik (Gretsiya) davlatlari va o‘rta asrlarni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974).
Bu usullar tajriba yo‘li bilan amalga oshirilgan: faylasuflar, pedagoglar, shifokorlar inson organizmi faoliyatlarining qonuniyatlarini, jismoniy mashqlarning ta’sir etish mexanizmini
bilganlar, shuning uchun jismoniy mashqlarning natijasi, samaradorligiga qarab baholaganlar (odam chidamli, kuchli, chaqqon boiib borgan). Qadimgi Gretsiyada jismoniy tarbiyaning metodikasi yaxshi ma’lum bo'lgan. Bu yerda davlat e’tiborini jismoniy mashqlarga qaratish va kuchni rivojlantirish, chidamlilik va boshqalar yagona tizimga birlashtirilgan edi. o’rta asrlarda metodikaning soni va salmog'i ortib bordi, birinchi marta gimnastika, suzish, o'yinlar, kamondan otish, chavandozlik, qilichbozlik bo‘yicha qo'Ilanmalar vujudga kcla boshladi.