Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


-rasm. Ko‘kalamzor hududdagi majnuntol daraxtlari



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə77/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

12.5-rasm. Ko‘kalamzor hududdagi majnuntol daraxtlari.



175

Ma’lumotlarga qaraganda, bir tup daraxt bir-kecha kunduzda uch kishi uchun zarur bo‘lgan kislorod zaxirasi yetkazib beradi.


Yoz faslining jazirama kunlarida daraxtlar soyasida havo harorati sezilarli darajada past bo‘ladi. Qalin daraxtzorlarda bu farq o‘n darajagacha borishi mumkin.


Agar daraxtzorlar orasidan ariqlar oqib o‘tgan bo‘lsa, suv miqdori o‘simlik dunyosi bilan uyg‘unlashib mikroiqlim barpo etadi. Ko‘kalamzor hududlar insonning ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Add tomoni manzarali daraxtlar bilan qoplangan yo‘llar, xiyobonlar, anhor bo‘ylarida, bahorgi may-sazorlar yoki ko‘rkam bog‘larda sayr qilish insonga ruhiy kuch-quwat beradi. Yashil o‘simliklaming bunday xususiyatlari, ay-niqsa, yomg‘irli kunlarda yanada yuqori bo‘ladi. Manzarali daraxtlarda yaproqlaming shitirlashi, ulaming shoxlari orasida daraxtdan-daraxtga uchib-qo‘nib yurgan sayroqi qushlaming jo‘r ovozda sayrashi, bog‘-parklarga tashrif buyuruvchilaming so‘qmoq yo‘llar bo‘ylab sayr qilishlari, yoshlarimizning turli xil o‘simlik dunyosini o‘rganib borishi insonga kuch-quvvat ato etadi va tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o‘rgatadi. Shu-ning uchun ham manzarali daraxtlaming turlari insonga ijobiy tomondan ta’sir qiladi. Masalan, qarag‘ay va kedr daraxtlari o‘sib-rivojlanish davrida insonning kuchini qayta tiklab, unga bardamlik ato etadi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Archazorlar esa havo tarkibidagi zaharli gazlami ushlab qoluvchi yirik hajm-dagi fitonsidlar ajratadi, tog‘ qiyaliklarini nurashdan asraydi, suvlaming yo‘nalishini boshqaradi va uning zaxirasini oshiradi. Eman inson ko‘nglini tinchlantiradi, unga kuch ato etadi, bardamlik bag‘ishlaydi. Emanzorda sayr qilish qon bosimini maromiga keltirib, yurak va asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jo‘ka va qayinzorlar orasida dam olish charchoqni yozadi va muvozanatni tiklaydi. Terakzor va kashtanzorlar eko-logik muhitni tozalovchi sanitar hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, yashil o‘simlik dunyosi tirik mavjudot uchun juda katta ijobiy ahamiyatga ega. Shahar istirohat bog‘lari, shifoxonalar va sanoat korxonalari, shuningdek, aholi yashash hududlari atrofida barpo


etilgan daraxtzorlar ichki muhitni tashqi shovqin-surond;in himoyalaydi, chang zarralarini o‘zida ushlab qoladi, havo tarki-bini tozalaydi va mikroiqlim hosil qiladi. Buning uchun manzarali yaproq va nina bargli daraxtlar, butalar va gullar tur-kuminining xususiyatlari oldindan o‘rganiladi, shundan so‘ng ular ekish joyiga navbatma-navbat joylashtiriladi.


Ko‘chaiar va yo‘llar chetini ko‘kalamzorlashtirish ham alo-hida e’tibor talab qiladi. Bunday joylarda manzarali daraxtlami joylashtirishda yo‘llaming o‘ziga xos xususiyatlari, ser-qatnovligi, bolalar va davolash muassasalari, turar joy mavze-lnrining qanchalik yaqinligi hisobga olinadi. Yashil o‘simliklami shahar sharoitida joylashtirishda arxitektura qurilish landshaf-lining kompozitsiyasini o‘rganish zarur. 0 ‘simlik dunyosi alohida ko‘rinishda yoki guruh holida klumbalar va gulzorlar bilan nafis ko‘rinishdagi kompozitsiyalar hosil qiladi, tashrif Iniyuruvchilar uchun ko‘rkini namoyon etadi.


Ma’lumki, o‘simliklar insonlaming hayotida juda muhim nhamiyatga ega boiib, havoni kislorod bilan boyitadi va namligini oshiradi, shamol va shovqinni pasaytiradi, chang va /.ararli gazlami kamaytiradi. Shu bois shahar va aholi yashash joylarining holatini, insonlar sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida ko'kalamzorlashtirish, yashil hududlami yanada ko‘paytirish ishlarining ko‘lamini oshirish zarur.


Toshkent shahri yurtimizning so‘lim go‘shalaridan biri ho‘lib, poytaxt shahar sifatida yanada go‘zallashib borayotgan maskan hisoblanadi. Toshkent shahrida 3 mln dan ortiq aholi yashaydi. Umumiy yer maydoni 336 kv.km ni tashkil qilib, dengiz sathidan 440-448 m balandlikka joylashgan.


Yillik o‘rtacha harorati +14,8°S, havoning nisbiy yillik mvmligi esa 56% bo‘lgan mo‘tadil-kontinental iqlimli Toshkent nhnhri o‘simliklami yetishtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ncluin juda qulay. Ayrim hollarda havo harorati 20°S dan past (yanvar), qishda ayozli kunlar davomiy bo‘lmaydi, yoz faslida csa soyada 35-40° S ga (iyul) yetadi.


Hozirgi kunda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida igna bargli va yaproq bargli o‘simliklaming manzarali turlari bo‘lajak ko‘kalamzor hududning tuproq-iqlim sharoitiga va boshqa ekologik omillariga, hudud yonida joylashgan bino va inshootlaming me’moriy xususiyatlariga, qolaversa, landshaft qurilishi ishlarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda tanlanadi (1-jadval).


1-ja d v.il



Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin