Oq qayin (Betula pendula Roth..)
Birinchi kattalikdagi daraxt bo‘yi 24-28 metrgacha o‘sadi. Anosiy tanasi oq rangda bo‘lib, juda manzarali ko‘rinishga ega. Оч g‘ayin nihollari birinchi yillari juda sekin o‘sishi bilan ajralib
167
turadi. 50 yoshlarida 25m balandlikka, 24 sm diametrga ega bo‘ladi.
11.28-tasm. Yashil kompozitsiyada qatnashgan manzarali gullar kompozitsiyasi.
Oq qayin erta hosilga kiradi, ochiq yerlarda 10-15 yoshla rida, qayinzor o‘rmonida 20-30 yoshlarida hosilga kiradi. Qayin urug‘larinining unuvchanligi yuqori - 80%. Qayin yog‘ochidan oliy sifatli faner tayyorlanadi. Bu qayin turi Rossiya o‘rmon-larida keng tarqalgan. Ko‘kalamzorlashtirishda ahamiyati juda yuqori, oq tanasi va chiroyli barglari manzarali hisoblanadi. Daraxt tanasidan qayin sharbati olinadi. Bulardan tashqari daur qayini (Betula daurica Pall.) momiq qayin (Betula pubescens Ehrh), yermann qayini (Betula yermanii Cham.) kabi muhim turlari bor. Shimoliy Amerikada qog‘oz qayini (Betula papyrifyera Marsh.) keng tarqalgan. Barcha qayin turlari manzarali daraxtlar hisoblanadi, ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.
168
Marjon daraxt (Sambucs)
Bu turkunming vakillari buta yoki kichik daraxt bo‘lib, bo‘yi 8 m ga yetadi, shox-shabbasi tarvaqaylab o‘sadi, po‘stlog'i kulrang, bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Kurtaklari yirik, tuxumsimon, uchi o‘tkir. Poyasining o‘zagi yumaloq, g‘ovak bo‘ladi. Barglari murakkab, toq patsimon tuzilgan bo'lib, har bir barg qarama-qarshi joylashgan 3-7 ta bargchadan iborat bo‘ladi. Bargchalari tuxumsimon, cheti tishchali, yonbargchalari bor. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari mayda, to‘g‘ri tuzilgan, oq, xushbo‘y bo‘lib, shoxchalaming yuqori qismida 90 - 100 tadan to‘planib, ro'vak hosil qiladi. Ular ikki jinsli, besh a’zoli tipda. Mevasi 3 -
(a mayda danakchali rezavor meva, avgustda yetiladi, qizil-binafsha rangda. Barglari to‘kilib ketsa ham, yetilgan mevalari butada saqlanadi, ular qushlar uchun ozuqa hisoblanadi, o‘z navbatida, qushlar ham urug‘larining tabiatda tarqalishiga yordam beradi. Urug‘i mayda, yonidan ezik. Bu turkumning qariyb 25 ta turi bo‘lib, ular mo‘tadil va subtropik iqlimli liududlarda tarqalgan.
Quyida eng ko‘p tarqalgan qora va qizil marjon daraxti uslida to‘xtalib o‘tamiz.
Qora marjondaraxt (Sambucus nigra L.) ning guli oq yoki sariq rangda. U aprel-may oylarida gullaydi. Ular yig‘ilib uovdaning uchida ko‘p gulli to‘pgul hosil qiladi. Mevasi iyul-nvgust oylarida yetiladi, qora, eti qora-qizg‘ish bo‘lib, uchta urug'i bor. Urug‘i mayda. tuxumsimon. Bahorda sepiladigan bo'Isa, albatta, stratifikatsiya qilinishi zarur, aks holda, unib chiqniaydi. Qora marjondaraxt to‘nkasidan ko‘karadi, parxish yo'li bilan, qalamchasidan ko‘paytiriladi. U o‘rmonzorlarda, yo‘l bo‘ylarida. turli tashlandiq yerlarda o‘sadi.
Marjondaraxtning bu turi MDHning Yevropa qismida, Kav-ka/.da va Qrimda yovvoyi holda o‘sadi. U Kichik Osiyoda ham lurqalgan. Soyaga, qurg‘oqchilikka chidamli buta, nam ycrda yaxshi o‘sadi.
Dostları ilə paylaş: |