11.26-rasm. To‘liq gulga kirgan oddiy siren.
Kuzda mevalari pishib yetiladi, qanotsimon urug‘lar ajralib chiqadi, uzunligi 1 sm, 1000 tasining og‘irligi 5-9 g, urug‘idan ko‘payadi, sergul navlari payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Shaharlami ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.
Bundan tashqari fors sireni (Syringa pyersica L.) paxmoq siren (Syringa villosa Vahl.) venger sireni (Syringa josikaeae Jacg.) kabi turlari ko‘kalamzorlashtirishda keng qo‘llaniladi.
164
Forzitsiya (forsythia)
Bu turkumga 8 ta tur kiradi. Ulardan 7 tasi Sharqiy Osiyoda,
tasi Yevropada uchraydi. Ulaming orasida keng tarqalgani oddiy forzitsiya (Forsythia europae Led.et.Bald.) turi bilan tiinishamiz. Bo‘yi 1,5-2 m ga yetadigan buta bo‘lib, novdalari lik o‘sadi. Barglari to‘q yashil.
11.27-rasm. Manzarali forzitsiyaning ajoyib gullari.
Erta bahorda barg yozishdan oldin gullaydi, guli sariq, bahor sovuqlariga chidamli. Urug‘dan ham, parxish yo'li bilan ham ko'payadi, yozgi qalamchasidan ham ko‘paytirish mumkin. Bu lur mart-aprel oylarida gullaydi. Gullari uzoq saqlanadi. U Noyaga chidamli, biroq ochiq yerlarda yaxshi o‘sadi, yer tanla-mnydi. Qurg‘oqchilikka, turli zararkunanda va kasalliklarga ham chidamli. Ko‘kalamzorlashtirishda egiluvchan forzitsiya (I'orsythia suspense Vahl.) turidan ham keng foydalaniladi.
Qayin (Betula)
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. IJlarning tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrang bo‘lib, yupqa po‘st tashlab turadi. Tanasining tubidagi po‘stlog‘i
165
bo‘yiga, ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va barglari navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to‘kiladigan yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi. Barg plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. Erkak gullari kuzda hosil bo‘ladi, ular silindrsimon kuchala bo‘lib, shoxining uchida bittadan joylashadi. Urg‘ochi gulli kuchalalari erta bahorda kalta novdalar qo‘ltig‘ida 2 ta yoki 4 tadan bo‘lib rivojlanadi.
Qayin erta bahorda gullaydi va shu paytda barg ham yozadi. Shamol vositasida changlanadi. Mevasi yetilganda o‘rama tangachasi dag‘allashadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oqcha bo‘lib, bo‘yi 1-5 mm keladi, yassi, ikki qanotchali. Kuchalasi yetilganda mevasi sochilib ketadi va shamol vositasida tarqaladi. Ildizi yuzaki joylashadi. To‘nkasidan ko‘karadi, katta yoshida bu xususiyati yo‘qoladi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi, so‘ng o‘sishi susayadi. U 100-120 yil yashaydi. Turkumning 100 dan ortiq turi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi MDH da uchraydi. Ular tundra zonasidan dasht zonasigacha tarqalib, katta-katta o‘rmonzorlar hosil qiladi.
Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, mexanikaviy xususiyatiga ko‘ra emanning yog‘ochidan qolishmaydi. Yog‘ochining tevaragi oq-sariq yoki oq-qizg‘ish rangda, mexanikaviy xususiyatlari yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan. Undan faner, miltiq qo‘ndog‘i tayyorlanadi, bochka, g‘ildirak kegayi, shoti va boshqalar yasaladi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligida, mebel ishlab chiqarishda ham keng qo‘llaniladi. Undan pista ko‘mir tayyorlanadi va o‘tin sifatida foydalaniladi.
U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli da raxt. 0 ‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. 0 ‘zbekistonda ikkita qayin turi tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |