(ish joyining nomlanishi)
Qaysi tashkilotga (tumanga) qaraydi__________________
(tashkilot nomi)
Shahar, posyolka
Ish joyida quyidagilar mavjud:
№
|
Reja
|
Nomlanishi
|
0 ‘lchov
|
Miqdori
|
Izoh
|
|
bo'yicha №
|
birligi
|
|
|
|
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
|
Manzarali bog‘dorchilikka oid atamalar
Abris - uchastkalar loyihalarini qog‘ozga tushirishda to-monlar chiziqlarining uzunligi, bog‘-parklardagi yo‘llaming kesishgan to‘g‘ri chiziqlari, yer maydonlarining joylashishi, yer maydonlarining rejada chiziq uzunliklari asosida tasvirlanishi va hokazolar.
Absolyutniy (mutloq) - ko‘kalamzorlashtirishda foydala-niladigan manzarali daraxt va butalar urug‘ining mutloq og‘irligi (1000 dona hisobida).
Agrotexnika - manzarali bog‘dorchilikda o‘simliklaming urug‘idan boshlab to ular o‘sib-rivojlanguncha olib boriladigan ilmiy asoslangan parvarishlash chora-tadbirlari.
Adaptatsiya - biror-bir o‘simlik turning yangi sharoitga moslashuvi.
Ajurniy - bog‘-parklar va xiyobonlardagi yashil o‘simlik-laming shox-shabbalari orasida yorug‘likni bemalol o‘tkazib, nafis ko‘rinish namoyon qilishi.
Alleya - yo‘lovchilar yoki texnika vositalari harakatlanadi-gan, ikki tomoniga qator qilib ekilgan yashil o‘simliklar majmuasidan iborat yo‘llar.
Amfiteatr - qadimgi Rim arxitekturasida yarim doira yoki ellips ko‘rinishidagi sport inshootlari va bog‘-parklarda tomoshabinlar o‘tiradigan inshoot.
Arabeski - bog‘-park hududida har xil gul turlaridan kapa-laklar yoki arab yozuvlarini eslatuvchi manzarali ko‘rinish hosil qilish. Ular sharsharalar, maysazorlar va yodgorliklar atroflarida tashkil etiladi.
Arka - bog‘-park qurilishida yarim oy yoki yarim doira shaklida toshlardan, g‘ishtdan, yog‘ochdan va sim bo‘laklaridan qurilgan bog‘-park inshooti.
Basseyn - ko‘kalamzorlashtirish hududlarida manzarali ko‘-rinishda sun’iy usulda qurilgan, bolalaming yoz faslida cho‘mi-lishi uchun tashkil etilgan dam olish maskani.
Besedka —tashrif buyuruvchilar bemalol dam olishi, kitob, gazetalar o‘qishi uchun bog‘-parklarda har xil ko‘rinishda (ochiq yoki yopiq) barpo qilingan inshoot.
Bonsay —past bo‘yli manzarali daraxt va butalardan alohida kompozitsion va miniatyurali ko‘rinish yaratish. Bu, aslida, Yaponiyada milliy san’at darajasida yaratiladi.
Bordyurlar - eni (10-30 sm), balandligi ba’zan 50 sm ga cha bo lgan doim yashil, gullovchi o‘simlik turlaridan yoki har
xil qattiq jismlardan uchastkalar atrofida yaratilgan manzarali ko‘rinish.
Dostları ilə paylaş: |