Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə90/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

yarim ochiq;

yopiq.


kesishga tayyorlangan daraxt


ko'chirib ekishga tayyorlangan daraxt
Shundan so‘ng o‘simlik turlarini joylashtirish uchun maxsus dendro tuziladi. Ushbu reja asosida o‘simlik dunyosini joylashti­ rishda Bosh rejada ko‘rsatilgan arxitektura qurilish obyektlari o‘rniga qattiq rioya qilgan holda, manzarali o‘simliklar joylash­ tiriladi. Rejani tuzishda belgilangan masshtab asosida yer maydonlari uchastkalar bo‘yicha qog‘ozga tushiriladi. So‘ng yo‘llar, so‘qmoqlar, ko‘priklar, inshootlar va eng asosiysi manzarali yaproq va nina bargli daraxt hamda butalar qog‘ozda maxsus shartli belgilar bilan dendrorejada aks ettiriladi. Bugungi rivojlanish davrida dendrorejalami mutaxassislar tomonidan tuzishda uning elektron varianti kompyutyerda tayyorlanmoqda. Bu usul juda qulay bo‘lib, unda shartli raqamlar asosida manzarali o‘simlik lurlarini belgilangan ekish joylariga ekish sxemalari asosida joylashtirilib boriladi.

216

Dendroreja belgilatigan masshtab asosida tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng shu rejani tayyorlagan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanadi.


Rejalashtirilgan hududda bog‘-parklar barpo qilish uchun oldindan tuzilgan maxsus Bosh reja ishlab chiqiladi. Bosh va dendrorejani tayyorlashda talabalar birdaniga rejani chizishni boshlamaydi, oldin ular kichik format qog‘ozlarda bog'-park chegaralarini belgilash, masshtablardan foydalanish, yashil o‘simliklami qog‘ozlarda tasvirlash belgilarini o‘rganish, kichik-kichik klumbalar va gulzorlami qog‘ozda tasvirlash ishlarini bajaradi. Ushbu rejada bog‘dagi asosiy inshootlar, temir yo'llar, vagonlar, oshxonalar, kafelar, gul do‘konlari va matbuot burchagi ko‘rsatiladi. Ushbu rejani tayyorlashda bog‘dorchilik bo‘yicha va uning manzarali landshaftini ko‘rsata oladigan muhandis xodimlar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi xodimlar qatnashadi. Rejaning mazmuni obdon o‘ylab ko‘rilgandan so‘ng ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Rejada yer osti kommunikatsion tizimlar majmui ko‘rsatiladi. Bog‘dagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda maxsus masshtab asosida ushbu reja oxiriga yetkaziladi. Rejaga javobgar shaxslar imzo qo‘yadi va uning vaqti ko‘rsatiladi. Ushbu Bosh rejada yangidan ekiladigan manzarali o‘simlik turlari ko‘rsatilmaydi, faqat o‘sib rivojlanib turgan, o‘zining manzarali ko‘rimshini yo‘qotmagan, saqlab qolinadi-gan daraxt va buta turlari ko‘rsatiladi. Bosh rejada avtomobil yo‘llari, odamlar harakatlanadigan doimiy va so‘qmoq yo‘llar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ko‘rsatiladi. Reja muhandis xodimlar tomonidan chizib tayyorlanadi. Reja arxitektura qurilish boshqarmasining maxsus mutaxassislari bilan kelishil-gan holda tayyorlaniladi.


Yuqorida barpo etilgan Bosh reja asosida bog‘-park xo‘ja-ligining dendrorejasi tuziladi.



217

17.1-rasm. Peyzaj ko‘rinishida tayyorlangan dendroreja.


218


Rejada bog‘da barpo etiladigan manzarali daraxt, buta va gul ko‘chatlarining turlari va miqdori ko‘rsatiladi. Bog‘da man­ zarali ko‘rinishdagi ko‘rkam fasad barpo qilish uchun o‘rmon-chi-bog‘bonlar manzarali daraxt ko‘chatlarini to‘g‘ri tanlay bilishi zarur. Ko‘chatlar qayerdan, qaysi vaqtda va qanday ho-latda olib kelinishi oldindan belgilanadi va zarur bo‘lgan ish qurollari tayyorlanadi. Ко‘chat ekiladigan maydonlar, qoidaga muvofiq, oldindan tayyorlanadi. Ко‘chat ekishda nina va yaproq bargli daraxtlardan kompozitsion ko‘rinish yaratishga e’tibor beriladi.

Kompozitsion ko‘rinishlami qog‘ozda tasvirlashda bog‘-park qurilishi va ko‘kalamzorlashtirishning o‘simlik dunyosi shakllarini, shuningdek, qurilish inshootlari tasvirini maxsus shartli belgilarda tushirib ish joyining dendrorejasi tayyorlanadi. Tayyorlangan ushbu dendroreja uzoq saqlanadi, mutaxassislar tomonidan doimo o'rganib boriladi. Agar bog‘-parkning biror-bir hududida qo‘shimcha o‘zgartirishlar va ekish ishlari bajariladigan bo‘lsa, rejaga o‘z vaqtida kiritib boriladi.


v
17.3-rasm. Bog‘-park obyektlari va o‘simlik turlari ko‘rsatilgan reja.



219


Shuningdek, bog£da respublikamizda oxirgi yillarda bog‘-dorchilikda, sayilgohlarda foydalaniladigan ajoyib gul ko‘chatlaridan ko‘rkam ko‘rinishdagi fasad bemvchi gulzorlar, xiyobonlar va rabatkalar tashkillashtirish ham rejalashtiriladi. Gulzorlar bilan yonma-yon, ko‘rkam ko‘rinishdagi maysazorlar barpo etish ham dendrorejaga kiritiladi.

17.4-rasm. Bog‘-parklarda ochiq va yopiq drenaj tizimi.


Ushbu rejaga bog‘-park xo‘jaligi uchun sug‘orish ishlarini bajarishda va tashrif buyuruvchilarga foydalanish uchun suv manbalari izlab topiladi va bunday dolzarb yo‘nalishdagi ishlar rejaga kiritiladi.


Bog‘-park xo‘jaligidagi bajarilayotgan barcha ishlar uchun texnika-xavfsizligi qoidalariga rioya etish va buning uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari bilan ta’minlash, manzarali daraxt, buta va gul ko‘chatlarini kasallik va zararkunandalardan saqlashdek muhim tadbirlar oldindan rejaga kiritiladi, mas’ul xodimlar tomonidan uzluksiz nazoratda bo‘ladi. Bog‘-park xo‘jaligining tashqi ta’sirlardan himoyalash vositalari oldindan



220

o‘ylab ko‘riladi. Bog‘-parkda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qattiq rioya qilinadi. Zarur bo‘lgan inventarlar bilan ta’min-lanadi.

Bog‘-park xo‘jaligida respublikamiz miqyosida o‘tkazila-digan barcha bayram va bayramoldi tadbirlarini olib borishda oldindan xo‘jalik bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya bilan kelishib olinadi. Bu tadbirlarda ishlami oqilona o‘tkazish, zarur bo‘lgan savdo-sotiq mahsulotlari bilan ta’minlanish, bog‘ga tashrif buyurgan bolalar guruhlarining har xil turdagi o‘yin-choqlar va shirinliklar bilan ta’minlanishida xo‘jalik ma’mu-riyati oldindan tayyorgarlik ko‘rib boradi.


Loyiha ishlarini bajarishda mutaxassis tomonidan maxsus ish daftari yuritiladi. Daflarda kunlik bajariladigan asosiy ish turlari va ulaming hajmi qayd qilib boriladi. Shu asosda maxsus qaydnomalar, shakllar(forma) to‘ldiriladi. Ulaming mazmuni quyidagicha:


221


1-shakl



Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin