Yuqorida aytib o`tilgan kon-shaxta ishlarining zarariga ko`pgina misollarni keltirish mumkin. Masalan, kon-shaxtalar atrofi drenaj qilinib, yer osti suvlari sathi pasatirilganda Kursk magniy anomaliyasida 100 km. dan ortiq radiusda parma quduqlari suvi juda kamayib qolgan, polshada esa buning natijasida 1215 kv.km maydondagi quduqlar umuman suv bermay quygan.
60-yillarda shaxta suvlari bilan Don daryosiga yiliga 200t. gacha tuzlar va 5000 t. sulfat kislotasi tushgani aniqlangan.
Portlatish paytida havoga ko`tarilayotgan changlar
Karyerlarning portlatishidan havoga ko`tarilgan chang shamol bilan tarqalib katta maydonlarga tushishi oqibatida yer yuzining tuproq qatlamini yemiradi. Natijada hosildor yerlar o`rnida o`simliksiz «yalong`och» landshaftlar, ya'ni «industrial sahrolar» vujudga keladi. Hozirgi vaqtda bunday yerlar AKSH da 1,5 mln. gektarni, Angliyada esa 60-70 ming gektarni tashkil qiladi. Shunday qilib, insoniyat yer osti boyliklarini o`zlashtirishi jarayonida uning katta qismini isrof qilmoqda va bu bilan tabiiy muhitni tobora ko`p ifloslamoqda.

Lekin, bu resurslarning yo`qotilishi va tabiatning ifloslanishi oldida inson qo`l qovushtirib turgan emas. Hozirgi kunda resusrlardan maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini boyitib ikkinchi marta qayta ishlashga jalb qilish va shu hisobda chiqindilar miqdorini kamaytirish, ikkilamchi xomashyolarni ya'ni ishlatilib eskirgan mahsulotlarni qayta ishlash, ba'zi turdagi boyliklarni sun'iy yo`l bilan ishlab chikarish, tog-kon sanoati faoliyatidan buzilgan yerlarning tuprog`ini qayta tiklash kabi ko`pincha ishlar amalga oshirilayapti.